Ijtimoiy xodimning majburiyatlari:
Mijoz shaxsining sha'ni va noyobligini hurmat qilib uni harakatga, ijodga undash;
Mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko‘rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o‘rniga o‘zini qo‘ya bilish, nazokat va odob ko‘rsata bilish;
Muloqotmand bo‘lish, ochiq bo‘lish, mijozni gapirtira bilish, birgalikda muammolarning yechimini aniqlash, atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo‘lish;
Mijoz va uning atrofidagilar o‘rtasida vosita, bog‘lovchi halqa bo‘lish, mijozga ko‘rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha'ni pastga urilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Mijoz bilan ishlashda norasmiy bo‘la bilish, mijozning o‘z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko‘makchi vazifasini bajarish, o‘zaro munosabatlarni tenglik asosida qurish;
Doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtai nazaridan yondashish. Mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik; shaxs yoki odamlar guruhiga g‘ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish; mijozni jismoniy yoki ruhiy o‘ng‘aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va hatarlardan himoya qilish;
O‘z hulq-atvorining yuksak ahloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok hatti-harakatlarni istisno qilish. Doimo faqatgina mijoz manfaatlarini yo‘lida harakat qilish;
O‘ziga ko‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko‘magini ta'minlash;
Faqatgina o‘zi vakolatli bo‘lgan doirada ish yuritish, o‘z ishining sifati uchun shaxsan mas'ul bo‘lish; tashqi ta'sir va bosimlarga berilmasdan, mijozni qo‘llanilayotgan tadbirlar, unga ko‘rsatayotgan yordam harakteri, yozuvlar, to‘planayotgan ma'lumotlar haqida xabardor qilish;
O‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo‘lida foydalanmaslik, vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish, mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish. Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik;
Kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish. O‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;
Kasbning obro‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. Kasbiy o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta'sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bo‘lishidan qat'iy nazar hamkasbi ahloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish (V.G.Bocharova).
Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me'yorlarni buzish yoki hatolar «beg‘amlik, malakasizlik yoki oldindan o‘ylangan niyat tufayli kasbiy me'yorlarni buzish» sifatida baholanadi. Ijtimoiy soha xodimlari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo‘linayotgani haqidagi shubha to‘g‘risida habar bermaganlari, suistemolliklar, so‘z bilan haqoratlar yoki jismoniy zo‘ravonlik tahdid singari holatlarga befarqlik, hatti-harakatlar yordamida haqoratlash, davolash yoki ahloq tuzatish muassasasiga hatar natijasida yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta'qib qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |