#IIV#mashq
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” doirasida Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida FVV hududiy boshqarmasi boshchiligida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashqi davomida shartli sodir etilgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sharoitida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar xodimlarining barcha harakatlari qayta sinovdan o‘tkazildi. Rejaga ko‘ra, harakatlar yong‘in sodir bo‘lgan binodan odamlarni evakuasiya qilish, yong‘inni o‘chirish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shoshilinch tiklash ishlarini tashkil etish va boshqa tadbirlardan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot yakunida mutaxassislar tomonidan tadbir qatnashchilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Kppkĺ
Do'stlaringiz bilan baham: |