O‘quv maqsadlari
Fanning o‘quv maqsadlari tarmoq standartining har bir ixtisoslik bo‘yicha kasbiy tavsifnomada keltirilgan kasb faoliyat turlari, maxsus talablar, ko‘nikma va bilimlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim, ya’ni tarmoq standarti bilan standartlashtirilgan o‘quv dasturlari to‘la mos kelishi kerak. O‘qitish da o‘quv maqsadlarini qo‘yish uslubi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan natijalar orqali belgilanadi. O‘quv maqsadlarini aniqlash, o‘qitish ni qayta takrorlash imkoniga ega bo‘lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo‘llanishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin.
Maqsadlarning qo‘yilishi...
Umumiy maqsadlar - DTS, o‘quv dasturidan o‘tiladigan mavzu yuzasidan o‘quvchilar qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg‘ulot maqsadlari belgilab olinadi.
pedagog maqsadi;
1-ta’limiy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ma’lum ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
2-tarbiyaviy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarda mustaqillik, o‘zaro munosabat, axloqiy yo‘nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo‘luvchi motivlarni shakllantirish;
3-rivojlantiruvchi mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq yechimlarni izlab topish ko‘nikmalarini, mashg‘ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi.
O‘quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati
O‘quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o‘quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o‘quv maqsadlari tizimi yaratilib, o‘zaro bog‘liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O‘quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo‘lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. “Taksonomiya” tushunchasi grekcha - tartib bilan joylashtirish bo‘lib, biologiya fanidan olingan. U obektlarni, ularning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo‘llash, o‘qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o‘quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |