O‘quv maqsadlarini belgilash me’zonlari ning zarurati va a


O‘quv maqsadlari sohalari



Download 33,49 Kb.
bet3/6
Sana25.02.2022
Hajmi33,49 Kb.
#462357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Эзоза4

O‘quv maqsadlari sohalari
Kognitiv - bilishga oid soha. O‘rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to‘la anglash, ularni oldin o‘rganilgan uslub, usullar bilan uyg‘unlashtirilib tasavvur etishgacha bo‘lgan muammolarni hal etilishini o‘z ichiga oladi.
Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo‘nalish va munosabatlarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish, o‘quvchilarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo‘lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda o‘quv fani o‘qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so‘ng, o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o‘tish metodi, usuli tanlanadi.
Interfaol yondashuv. O‘qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim to‘adilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir- birlariga namoyish etadilar.
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi-o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy to‘shiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir. Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, shart hisoblanadi.

2. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIM VA UNING O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Kompetensiya - fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
Kompetenlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim - o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Tayanch kompetensiyalar:
1. Kommunikativ kompetensiya
– jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z ‘ozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
2. Axborot bilan ishlash
– mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv) telefon, kompyuter, elektron ‘ochta va boshq.) foydalana olish;
– media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab to‘a olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatiga rioya qilish;
– ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
– kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi
– shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
– hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
– o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
– o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish;
– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
– mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;
– kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.
5. Umummadaniy kompetensiyalar
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
– badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
– orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
– umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
– o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
– xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
– aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
– shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
– kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
– inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq qilish imkoniyatlarining eng asosiysi dars jarayoni sifatli tashkil qilishdir.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida ta’lim- tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun yangi innavatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish keng joriy qilinmoqda. Bunday o‘qitish metodi interfaol deb nomlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanlarida bu metodlar yoshlar dunyoqarashining shakllanishida, og‘zaki va yozma nutqining rivojlanishi va ravon bo‘lishiga, darsda barcha o‘quvchilar faol qatnashishiga, ularning o‘zaro hamkorlikda bilim olishlariga yo‘l ochib bermoqda.
Darsda turli o‘yin va og‘zaki so‘rovlar, “Klaster” va “Idrok xaritasi”ni yaratish, rasmlarga qarab ga’ tuzish, test savollarining turli darajalarini bajarish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish dars samaradorligini oshiribgina qolmay, balki mashg‘ulotning qiziqarli kechishiga sabab bo‘ladi. Biz bu jarayonda nafaqat dars samaradorligini oshiramiz, balki o‘quvchilarda tayanch va xususiy kompetensiyalarni shakllantirib boramiz.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ayniqsa, ona tili ta’limining oldiga qo‘yilgan bosh maqsad - o‘quvchining mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ona tili fanida “Ma’nodosh so‘zlar” mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga “Klaster” metodi asosida Vatan so‘zining ma’nodoshlarini topish to‘shirig‘i beriladi. O‘quvchilar o‘lka, yurt, diyor, maskan kabi bir necha ma’nodosh so‘zlarni to‘adilar va ularga ga’ tuzadilar. Ma’nodosh so‘zlarni topish va ga’ tuzish jarayonida kommunikativ kompetensiya shakllanadi. O‘quvchilar bu ma’lumotlarni boshqasidan ajrata olishi axborot bilan ishlash kompetensiyasining bir elementi shakllanganligidan darak beradi. Vatanini asrab-avaylash, uning yuksalishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlari haqida ga’lar tuzishdi, bunda shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompetensiyalarning elementlari shakllanadi.
Adabiyot darslarida ham kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq qilish imkoniyatlari juda keng. Masalan, Xudoyberdi To‘xtaboevning “Sariq devni minib” romani obrazlarini “T-chizmasi” metodi orqali tahlil qilish mumkin. Buning natijasida axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlanish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompetensiyasining elementlari shakllanadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS da o‘quvchilarga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumiy o‘rta fanlari bo‘yicha malaka talablari qo‘yilgan. DTSning maqsadi- umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Endilikda o‘quvchilar yoshi, o‘zlashtirish qobiliyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar belgilanadi. Ya’ni, majburiy minimal ta’lim mazmuni har bir ta’lim bosqichi uchun uzviylik, uzluksizlik asosida taqsimlandi.

  • Jumladan, umumiy o‘rta tizimida fanlarni o‘rganish bosqichlari shunday tartibda belgilandi:

  • umumiy o‘rta maktablarining boshlang‘ich ta’limi, ya’ni 4-sinf bitiruvchilari A1 daraja;

umumiy o‘rta fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+daraja;

  • umumiy o‘rta maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 daraja;

umumiy o‘rta fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9- sinf bitiruvchilari A2+ daraja;

  • umumiy umumiy o‘rta fanlariga ixtisoslashtirilmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari B1 daraja;

  • umumiy o‘rta maktablarining 9-10-sinflari hamda umumta’lim fanlariga ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

V1 darajada bilimga ega bo‘lishi zarur.
Ayni ‘aytda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti, o‘qituvchi va o‘quvchilar talabiga to‘liq javob bera oladigan zamonaviy darsliklar yaratmoqda.



Download 33,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish