O’quv maqsadi: Ta’limiy maqsad


Dars tafsiloti va texnologik xarita



Download 211,5 Kb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi211,5 Kb.
#78267
1   2   3
Bog'liq
fan

Dars tafsiloti va texnologik xarita

T/r

Dars bosqichlari

Qisqacha tasnifi

Qo’llanilgan usullar

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

  1. Salomlashish

  2. Davomatni tekshirish.

  3. Navbatchi hisoboti.

  4. Ma’naviyat daqiqasi: hafta davomida yurtimizda sodir bo’lgan yangiliklar haqida ma’lumotlar tahlil qilinadi.

Darsning shiori e’lon qilinib, uning ma’nosi muhokama qilinadi.

Tanishish

2

2

O’tilgan mavzu va uy vazifasining tahlil

1-savol: Yopiq sistemaga ta’rif bering va uni misollar bilan tushuntiring.

2-savol: Impulsning saqlanish qonuni formulasini tushuntiring.

3-savol: Massasi va tezliklari bir xil jismlar impulsi nimaga teng?

4-savol: Massasi va tezliklar har xil jismlar impuls nimaga teng?



FSMU usuli asosida

10

3.

Motivatsiya

Kosmik apparatlarning fazoga uchirilishi qanday qonun asosida amalga oshiriladi?

Aqliy hujum

2

4

Yangi mavzuning qisqacha bayoni, asosiy tushunchalar

Reaktiv harakat haqida ma’lumot beriladi. Reaktiv harakat qilayotgan uskunalar ko’rsatib o’tiladi va raketa tuzilishi hamda harakati haqida ma’lumot berish orqali o’quvchilarda kosmonavtikaning rivojlanish tarixini yoritib beriladi..

Aqliy hujum

15

5

Mavzuni mustahkamlash

Har bir guruhga reaktiv harakat haqida g’ya yaratish uchun imkoniyat beriladi va ularning g’oyalari taqdimoti tinglanadi.

Qarorlar shajarasi usulida

12

6

O’quvchilar bilimini baholash

“5” ballik tizimda rag’batlantirish orqali rag’batlantiriladi va rag’bat kartochkalari taqdim etiladi.

Rag’batlantirish

2

7

Uy vazifasini tushutirish va berish

38-mavzuni o’qish, savollarga javob topish, reaktiv harakatni kundalik turmushda kuzatish.

Tushuntirish

2

8

Darsni yakunlash va dars maqsadidan zulosa chiqarish

Dars yakunida o’quvchilarning g’oyalari asosida qabul qilingan asosiy qaror qabul qilinadi va umumlashtiriladi.

Muloqot

2

  • Dars shiori: Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal – mangu yashar.

    Avesto

    1. Asosiy tushunchalar: reaktiv harakat, raketa, kosmonavtika.




    1. Mavzuning yoritilishi

    1. O’tilgan mavzu bo’yicha savol javob o’tkaziladi.

    1-savol: Yopiq sistemaga ta’rif bering va uni misollar bilan tushuntiring.

    2-savol: Impulsning saqlanish qonuni formulasini tushuntiring.

    3-savol: Massasi va tezliklari bir xil jismlar impulsi nimaga teng?

    4-savol: Massasi va tezliklar har xil jismlar impulse nimaga teng?




    1. Yangi mavzu bayoni:

    Impuls saqlanish qonunining amalda qo'llanilishini ko'rsatuvchi ajoyib va muhim hoi reaktiv harakatdir. Jismning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan ajralganda paydo bo'ladigan harakat reaktiv harakat deb ataladi. Reaktiv harakatning tipik misoli raketalar harakatidir.

    Raketa boshqa hamma transport vositalaridan farqli o'laroq, o'zidagi yonilg'ining yonish mahsulotlaridan boshqa hech qanday jism bilan o'zaro ta'sirlashmasdan harakatlana oladi. Xuddi shu sababli raketalardan Yerning sun'iy yo'ldoshlarini va kosmik kemalarni uchirishda hamda ularni kosmik fazoda harakatlantirishda foydalaniladi. Kosmik fazoda bu apparatlar uchun yerdagi transport vositalariga o'xshab tayanadigan va itariladigan hech narsa yo'q.

    Zaruratga qarab raketani tormozlash mumkin. Kosmonavtlar kosmik parvozni tugallaganlaridan so'ng Yerga qaytishda o'z kemasining tezligini kamaytirish uchun raketani tormozlaydilar. Ravshanki, gaz raketa soplosidan raketa uchayotgan tomonga qarab chiqarilsa, raketa o'z tezligini kamaytiradi.

    Kosmik parvozlarda raketalardan foydalanish g'oyasi rossiyalik mashhur olim K.E.Siolkovskiy tomonidan o'tgan asrning boshida taklif etilgan edi. Yonilg'i va qobiq massasining biz keltirgan nisbati Siolkovskiy formulasi deb ataladigan formuladan olingan.

    mg   g + mr   r = 0 yoki   r= -  

    K.E.Siolkovskiy g'oyasi akademik S.Korolyov rahbarligi ostida amalga oshirildi. Yerning tarixda birinchi sun'iy yo'ldoshi 1957- yili 4- oktabrda raketa yordamida uchirildi.

    Sun'iy yo'ldoshda kosmik fazoga uchgan birinchi inson Yuriy Gagarin edi. U 1961- yil 12- aprelda «Vostok» yo'ldosh-kemasida Yer sbarini bir marta aylanib chiqdi.

    Raketalar Oyga uchirildi. Oyni aylanib chiqdi va uning bizga ko'rinmaydigan «orqa» tomonini suratga oldi. Venera sayyorasiga «Vega-l» va «Vega-2» kosmik kemalar yaqin masofadan 1976- yilda

    Quyoshga 1 marta yaqinlashadigan Galiley kometasini tadqiq qildi. Raketalar insoniyat tarixida birinchi bo'lib samoviy jism sirtiga insonni olib chiqdi: 1969—1972-yillar mobaynida amerikalik astronavtlar olti marta Oyga parvoz qildilar. Oy sirtida uch sutkaga qadar yurdilar.


    1. Maavzuni mustahkamlash:

    “Qarorlar shajarasi” usulidan foydalanib, o’quvchilarga topshiriqlar beriladi. Ular reaktiv harakat haqidagi fikrlarini bayon etib g’oya yaratishlari lozim bo’ladi.



    1. Qobiliyatli o’quvchilar uchun qo’shimcha materiallar.

    Masala: 3 m/s tezlik bilan kelayotgan massasi 60 t li temir yo’l vagoni tinch turgan 40 t li vagonga tirkaldi. Tirkalgandan so’ng vagonlar qanday tezlik bilan harakatlanadi?

    B erilgan: Formula: Yechish:



    υ1 = 3 m/s

    m1 = 60 t  2 =    2 =   = 4,5 m/s



    m2 = 40 t




    υ2 = ?


    1. O’quvchilarni baholash:

    “5” ballik tizimda rag’batlantirish orqali rag’batlantiriladi va rag’bat kartochkalari taqdim etiladi.

    1. Darsni yakunlash. O’quvchilarga berilgan topshiriqlardan kelib chiqib qaror qabul qilinadi va bu dars xulosasi bo’ladi.

    Download 211,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish