O’quv jarayonini samarali tashkil etishda aktning ahamiyati



Download 47,03 Kb.
Sana25.01.2017
Hajmi47,03 Kb.
#1068
O’quv jarayonini samarali tashkil etishda AKTning ahamiyati

Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish mushkul. Oddiy aviachiptalardan tortib, kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion siste-malar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda. Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlash kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, termin va tushunchalarni standartlashtirish, infor-matsion jarayonlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish. Iqtisodiyotning turli sohalarida qayta ishlanadigan axborot hajmining oshib borayotganligi mazkur jarayonga zamonaviy vositalarni ilmiy asoslangan holda qo'llashni talab etadi. Informatsion sistemalar o'z taraqqiyotida quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

1- bosqich (1960 yillar boshlari). Bu davrda informatsion sistemalar birinchi va ikkinchi avlod mashinalari asosida o'z informatsion massiviga ega bo'lgan alohida amaliy das-turlar majmui shaklida tashkil etilgan. Bu ham mashina xotirasida ma'lumotlarning bir necha bor takror ifodalanishiga olib keldi. Mazkur sistemalardagi amaliy dasturlarda ma'lumotlar har safar qayta tavsiflanib, ularni izlash va tartiblash usullari oddiy amallar ketma-ketligi shaklida ifodalanar edi. EHM xotirasida ma'lumotlarning o'zgartirilgan shaklidan tashqari ularning av-valgi ko'rinishlari ham saqlanar edi. Bu hol foydalanuvchi uchun yaratilgan dasturdagi ko'rsatmalarda har safar o'zgartirishlar kiritilishini talab etar edi. Bularning barchasi informatsion sistemalardan foydalanish samarasini pasaytirib, ularni yaratish uchun haddan tashqari ko'p mehnatni talab etar, bir xil ma'lumotlarning takrorlanishi ham mashina xotirasining samarasiz ishlatilishiga olib kelar edi.

2 - bosqich (1970 yillar o'rtalari). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarda ma'lumotlar shunday jamlanar ediki, ulardan turli masalalarni hal qilishda foydalanish imkoni yaratildi. Bir guruhga mansub masalalar uchun umumiy bo'lgan funksiyalar ishlab chiqildiki, ular yordamida ma'lumotlarni izlash, tartiblash va masalada foydalanish uchun kerakli shaklga o'tkazish imkoniyati yaratildi. Ammo ko'p hollarda ma'lumotlar majmuilarini birlashtirish kerakli samarani bermadi, chunki bunda kerakli ma'lumotni izlash murakkablashib ketdi. Mazkur sistemalarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, unda ham ma'lumotlarning takrorlanishi mavjud bo'lib, bu EHM ning tashqi va ichki xususiyatlariga katta talablar qo'ydi. Bundan tashqari ma'lumotlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik o'ta murakkab informatsion siste-malarni yaratishni talab etar edi.

3 - bosqich (1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshlari). Bu davrda yaratilgan informat-sion sistemalar uchinchi avlod mashinalarining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq, chunki bu mashinalardagi xotira ma'lumotga bevosita murojaat qilish, ma'lumotlarni integrallashgan (mujassamlashgan) usulda yig'ish va saqlash xususiyatiga ega edi. Mazkur bosqichda yaratilgan informatsion sistemalarning muhim xususiyati shundaki, bir paytda bir necha foydalanu-vchi sistemadagi ma'lumotlarni o'z masalasi uchun qo'llashi mumkin edi. Bunga EHM opera-sion sistemasini rivojlantirish hisobiga erishildi. Endi amaliy dasturlar shakliga ma'lumotlarning xotirada qay ko'rinishda joylashganligi ta'sir ko'rsatmaydigan bo'ldi.

4 - bosqich (1980 yillardan keyingi davr). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarning asosiy xususiyatlari shundaki, turli amaliy masalalarni hal qilishda ularni ma'lumotlar bilan ta'minlashni avtomatlashtirishdan iborat. EHM ning bir necha prosessorli, axborotlarni turli shaklda saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan rusumlari hamda katta imkoniyatli aloqa vositalari yaratilganligi informatsion sistemalarni sifat jihatdan yangi shaklda yaratil-ishini ta'minlamoqda. Yuqorida sanab o'tilgan muammolar ma'lumotlar jamg'armasini yaratish bilan o'z yechimini topmoqda. Bunda saqlanayotgan informasiyaga birvarakay bir necha foydalanuvchi murojaat qilishini tashkil etish avvalgiday bevosita emas, balki axborotlar omborini boshqarish sistemalari (AOBS) orqali amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytdagi aksariyat informatsion sistemalarni ishlatishda foydalanuvchi o'z amaliy dasturida ishlatiladigan ma'lumotlarni tavsiflay, tartiblay olishi hamda biror dasturlash tilini bilishi talab qilinadi. Kelajakda informatsion sistemalar uchun yaratiladigan ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalar foydalanuvchining amaliy dasturida ma'lumotlarning shakli va xotirada jismoniy, mantiqiy joylashuvidan hamda biror dasturlash tilidagi ko'rsatmalar grammatikasidan bog'liq bo'lmaydi. Bunday ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari yaratishda ma'lumotlarning nafaqat jismoniy ko'rinishi, balki ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik informatsion munosabatlar orqali ifodalanishi talab etiladi. Aloqa vositalari, dasturli ta'minotning, kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilisi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakillari yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion sistemalar avvalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.


Kompyuter tarmoqlari


Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega bo'lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo'yicha bu axborotni qayta ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan disketa yordamida ko'chirib olinadi. Lekin qo'shimcha axborot zarur bo'lib turgan vaqtda disketa ko'tarib yurish ko'pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta. Bunday noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish prinsipi taklif qilingan. Kompyuterlarni birlashtirish vazifasini ikki yo'nalishda bajarish mumkin. 60-70- yillarda uzoqlashgan terminallar sistemasi tushunchasi paydo bo'ldi. Bu tushunchaning ma'nosi shundan iboratki, terminal displey va klaviaturadan iborat bo'lib, bir nechta terminal bitta yirik hisoblash mashinasiga ulangan bo'ladi. Bunda bir nechta foydalanuvchi bitta kom-pyuterdan bir vaqtning o'zida foydalanishlari imkoniyati yaratiladi. Bu terminallar hozirgi shaxsiy kompyuterlarning ajdodlari bo'lib, ularning bosh kompyuter bilan bog'lanish tex-nologiyasi 70-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan lokal tarmoqlarga asos bo'ldi. Bunday tarmoqlar o'z ishi uchun qo'shimcha qurilmalar talab qilsada (kengaytirish platasi, kabel), u kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Bitta kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, yuqorida aytganimizdek, lokal tarmoqlar deb nomlanadi. Lokal tarmoqlarga misol tariqasida Local Area Networks, LANs, Ulan tarmoqlarini keltirish mumkin. XX asr oltmishinchi yillarining oxirida uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash imkoniyatini beruvchi global tarmoqlar vujudga keldi. Bunday tarmoqlarda hattoki turli mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash mumkin bo'ladi. Lokal va global tarmoqlarning ishlashidagi o'zaro farqi shundaki, lokal tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarning o'zaro muloqati kompyuterlarning ishiga ta'sir qilmaydi, global tarmoqda esa boshqa kompyuterga murojaat qilish uchun bir nechta amallar ketma-ketligini bajarish kerak: tarmoqqa kirish, kerak kompyuterning koordinatlarini (tarmoq adresini) ko'rsatish, aloqa ulanishini kutish va h.k. Shunga qaramay, global tarmoqlar ko'p hajmdagi axborotlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bunday tarmoqlarga Usenet, Relsom, Fido, Palnet, Vitnet, GlasNet tarmoqlarini misol sifatida keltirish mumkin. Modem va elektron pochta. Global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Aloqa vositalari rivojlangan bugungi kunda bunga ehtiyoj ham yo'q. Telefon tarmoqlaridan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun modem qurilmasi ishlatiladi. U katta bo'lmagan elektron qurilma bo'lib, kompyuter ichida yoki alohida joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog ko'rinishli signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni sonli signalga o'tkazadi va kompyuterga beradi. Signalning raqamli ko'rinishidan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator deb ataladi.
Signalning analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi. Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi va uning nomi yuqoridagi ikkita qurilmaning nomidan kelib chiqadi:

Ma'lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagi rasmda ko'rsatilgan:

Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadiganbo'lib, o'zining korpusiga ega va alohida qurilmadir.

Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi mumkin, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin.

Har qanday global tarmoqning asosiy qismi elektron pochta hisoblanadi. Elektron pochtasiz har qanday global tarmoq o'z mohiyatini yo'qotadi.

Ishlash prinsipiga ko'ra elektron pochta oddiy "qog'ozli" pochtani eslatadi. Xatni biror odamgayetkazish uchun uning manzili va unga yaqin joylashgan pochta nomerini bilish kifoya. Manzilga yetish uchun xat bir nechta pochta bo'limlaridan o'tadi.

Elektron pochtaning ham, qog'ozli pochtaning ham afzalliklaridan biri - xatni o'zingizga ma'qul bo'lgan vaqtda yuborishingiz mumkin, qabul qilib oluvchi esa o'ziga ma'qul bo'lgan vaqtda xatni olishi va o'qishi mumkin.

Elektron pochta xizmatidan hozirgi vaqtda juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Masalan, jamg'arma banklarida bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga pul o'tkazish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon tez bajarilganligi bois, samaralidir.



Hozirgi vaqtda elektron pochtani dunyoning ixtiyoriy nuqtasiga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'lgan SprintMail, MCI Mail, AT&T Mail va h.k. aloqa xizmatlari mavjud.

Kompyuterlarning lokal tarmoqlari va multimedia


Hozirgacha alohida olingan kompyuter imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdik. Bir kompyuter avtonom holda masalalarni hal qilish, ma'lumotlar omboridan kerakli axborotni olish va undan foydalanishni bemalol uddalay oladi. Ammo kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar tashqi axborot tashuvchilar (disketlar, SD - disklar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Bir necha alohida kompyuterlarni birlashtirib, lokal kompyuter tarmog'ini (LKT) yaratish mumkin. Mazkur tarmoq ikki va undan ortiq kompyuterlarning ichki resurslari (xotira, ma'lumotlar, amaliy dasturlar va boshqalar) dan, tashqi qurilmalar (printer, diskyurituvchi va boshqalar) dan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Xo'sh, ishni bu kabi tashkil etishning qanday afzalliklari bor? Birinchidan, ma'lumotlardan birgalikda foydalanish shunday sistemalar yaratish imkonini beradiki, ularda ko'riladigan masalalarni alohida kompyuterda bajarish umuman mumkin emas yoki samarasiz bo'ladi. Masalan, siz bilan avvalgi boblarda tanishgan ma'lumotlar omboridagi mahsulotlarni hisobga olish misolini ko'raylik. Mazkur ma'lumotlardan kamida uch guruh xodimlar: ombordagi ashyolarni hisobga oluvchilar, ularni sotuvchilar va rahbarlar foydalanadilar. Mazkur xodimlarning ayrimlari ashyolarni hisobga olish kitobini yuritsa, ayrimlari moliyaviy hujjatlarni tayyorlaydilar, uchinchilari esa ashyolarni boshqarish (xarid qilish, sotish uchun mijoz topish ) bilan shug'ullanadilar. Agar biz bu masalani alohida-alohida kompyuterlarda hal qilganimizda edi, mavjud ma'lumotlarning nusxasini har bir kompyuterda saqlash va u o'zgarganda, disketalar yordamida ma'lumotlarning barcha kompyuterlardagi variantini o'zgartirishimiz kerak bo'lar edi. Ombordagi ashyolar soni hamda nomi tez o'zgarib turishini inobatga olsak, har safar ma'lumotlar omborining o'zgargan ko'rinishini har bir kompyuterda yangilab turish samarasiz ish bo'lgan bo'lur edi. Ikkinchidan, lokal kompyuter tarmog'idan foydalanish turli texnik vositalarga ketadi-gan xarajatlarni keskin kamaytiradi. Faraz qiling, bir korxonada o'nta xodim kompyuterdan foydalanib, o'z masalalarini hal qiladi. Ular uchun o'nta kompyuter va o'nta printer bo'lishi kerak. Bir tipdagi murakkab masalalarniyechayotgan bu kompyuterlar uchun qimmatbaho xotira qurilmasi ham ishlatiladi. Undan tashqari doimo yangilanadigan ma'lumot omborini har bir kompyuterdagi nusxasini saqlash, biridan ikkinchisiga o'tkazish uchun kerak bo'lgan tashqi axborot tashuvchi vositalardan anchagina ishlatish va, demak, xarid qilish kerak bo'ladi. Lokal kompyuter tarmog'i bu masalani qanday hal qiladi?
Kompyuterlardan biri tarmoqdagi asosiy kompyuter etib tanlanadi. Uni fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlaymiz. qolganlari esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan yoki o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Ishchi stansiyalar avvalgidek avtonom kompyuter vazifasini ham bajaraveradi: u operasion sistemasining hamda ma'lumotlar fayllarini xotirasida saqlaydi. Ammo butun tarmoqning ishini tarmoq operasion sistemasi boshqaradi. Uning aksariyat qismi fayl serverda saqlanadi, ayrim elementlari esa ishchi stansiyalarida ham mavjud bo'ladi.

Tarmoqqa bir yoki bir necha printer va boshqa qurilmalarni ulash mumkin. Tarmoq operasion sistemasi tarmoqning resurslarini ishlatishda ayrim amallarni cheklashi mumkin. Bu hol informatsion sistemasidagi axborotlar va ma'lumotlarning to'kisligini saqlash imkonini beradi. Tarmoqda ishlaydigan dasturlar avtonom kompyuterlar uchun foydalanadigan dasturlar kabi tuziladi. Ammo mazkur dastur ma'lumotlar bazasini o'zgartirishni nazarda tutsa, boshqa foydalanuvchilar ma'lumotlarni o'zgartirishni cheklashi kerak bo'ladi, chunki ma'lumotlarga bir vaqtda bir necha foydalanuvchi murojaat qiladi va uni o'z masalasiga moslashtirib, o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ishchi stansiyalardan tarmoqdagi printerga bosmaga chiqarish uchun uzatilgan xujjatlar navbatma-navbat chop etiladi. Lokal kompyuter tarmog'i ishini mutaxassislar - ma'murlar boshqaradi. Tarmoqda ishlashda foydalanuvchi o'zining avtonom kompyuteri xotirasidan tashqari qo'shimcha xotiralardan foydalanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Biror ishchi stansiyasiga ma'lumot ko'payishi uchun serverdagi biror diretoriyaga fayl ko'rinishida yozishyetarli. Lokal kompyuter tarmog'i ni hududiy va xalqaro tarmoqlardan farqlash lozim. Lokal kompyuter tarmog'i alohida olingan joyda tashkil etilib, unda kompyuterlar o'zaro va tarmoq platalari bilan bog'lanadi. Hududiy yoki xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar esa telefon, radio va hatto sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.

Multimedia. "Multimedia" so'zini o'zbek tiliga o'girganimizda "ko'p muhit" degan ma'noni anglatadi. Multimedia - maxsus texnologiya bo'lib, u kompyuter texnik vositalari va dasturli ta'minoti yordamida rasmlar va matndan iborat axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish imkonini beradi.


Multimedia uchun dasturlar, texnik vositalar ishlab chiqish mustaqil yo'nalish bo'lib, undan foydalanuvchi tasavvurida multimedia texnalogiyasini multimedia axborotlaridan bevosita foydalana olish imkonini beradigan apparatli vositalar; multimedia axborotlarini ish-lata oladigan dasturlar va multimedia axborotlarini tashuvchi texnik vositalar tashkil etadi. Kompyuterni multimedialik deb hisoblash uchun u ma'lum bir texnik vositalar va dasturlarni o'z ichiga olmog'i lozim. Bugungi kunda multimedia dasturlari bozorini o'rganish bo'yicha Xalqaro Kengash tuzilgan bo'lib, uning ko'rsatmasi bo'yicha multimedia va uning dasturlari normal ishlashi uchun kompyuter kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:

- rusumi 486DX va ishlash chastotasi 25 MGs ;

- tezkor xotirasi 4 Mb va doimiy xotirasi 160 Mb;

- monitor ekrani 640 x 480 pikselli va 65536 xil rangni ko'rsata oladigan;

- tovush platasi va ovoz kuchaytirgichlar;

- kompakt lazerli disklardan multimedia informasiyasini o'qiy oladigan qurilma.

Multimedia informasiyasini saqlash va tashish uchun maxsus vositalar - kompakt disklar (CD - Compact Disk) ishlatiladi. CD lar xotirasi kamida 650 Mb bo'lib, uni o'qiydigan qurilma CD-ROM (Compact Disk Read-Only Memory) yozishga mo'ljallangan qurilmani CD-RW deb yuritiladi va tashqi xotiradagi informasiyani ichki xotira (doimiy yoki vaqtincha) ga kiritish uchun ishlatiladi.

CD-ROM larda ma'lumotlarni o'qib olish tezligi unda diskni aylantiradigan qurilmaga bog'liq bo'lib, bugungi kunda belgilangan minimum xususiyatlardan 4, 6, 24, 48, ...,128 marta tez ishlaydigan qurilmalar mavjud. Shunga ko'ra, 4 marta (belgilanishi 4 x CD (Quadro)), 6 marta (6 x CD), 24 marta (24 x CD) va h.k. tez ishlovchi CD-ROM deb yuriti-ladi.

CD lar o'z vazifasiga ko'ra disketalar, magnit tasmalariga o'xshaydi, ammo undan informasiyani o'qib olish tezligi yuqoriligi bilan farq qiladi.Ular shaklan uy magnitofonida ishlatiladigan CD ga o'xshaydi, ammo birini ikkinchisi bilan almashtirib bo'lmaydi. CD larni ba'zan "lazerli disklar" deb ham ataydilar va ularga axborotni maxsus ishlab chiqarish sharoitidagina yozish mumkin bo'lib, ularni kompyuterlarda ishlatishda guyo vinchester yoki disketa bilan ishlayotgandek ishlanaveradi, faqat unga biror nom berilishi lozim. Bu sayt orqali Respublika ta'lim markazi to'g'risidagi axborotlarni va metodikaga oid yaratilayotgan yangilik bilan tanishib borish mumkin.

Keyingi vaqtlarda WWW - serverlarni yirik relyasion informatsion tizimlar bilan bog'lash imkoniyati yaratilmoqda. Bu hol server bilan bog'langan kompyuterlar yordamida dunyodagi yirik informatsion manbalarga kirish va uyerdagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Internet global tarmog'i bilan oxirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual xaqqoniylik kabi tushunchalar ham bevosita bog'langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta'rif berish mumkin emas - ular badiiy obraz bo'lib, ilmiy tushunchalar hisoblanmaydilar. Dunyodagi barcha aloqa vositalari bilan bog'langan kompyuter tizimlari, ulardagi axborot, ma'lumot majmuasi va oqimlarining to'plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deb ataladi. Virtual xaqqoniylik deganda, mavjud kompyuter texnologiyalari yordamida ekranda real ob'ektlar va jarayonlarning ( odamlar, musiqa asboblari, badiiy asarlar, samolyotlar va boshqalar) obrazini yaratishni tushunamiz. Mazkur shakllar ob'ekt yoki jarayonlarning fotosurati emas-ularning belgilangan ko'rsatma va buyruqlar yordamida xarakatga keltirish-bir holatdan boshqa holatga o'tkazish mumkin, ular bilan haqiqiy ob'ektlar kabi "muomala" qilishimiz mumkin. Masalan, pianino shaklida biror musiqa ijro etishimiz; kimyoviy uskunalar yordamida kimyoviy reaksiyalar o'tkazish mumkin. Shunday qilib, hayotimizga kirib kelayotgan kiberfazo va vertual xaqqoniylik tushunchalari bizni dunyoning barcha informatsion manbalaridagi axborot, ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratmoqda.


"Mijoz-server" texnologiyasi


Biz yuqorida kompyuter texnologiyasining ko'p jabhalarini o'rgandik. Go'yo bizga boshqa imkoniyatlar kerak emasdek. Haqiqatdan ham dastlab cho'tda yoki arifmometrda hisoblaganimizda, mashinkada materiallarni chop etganimizda, ulardan ko'nglimiz to'q edi. Keyin DOS Norton Commander bilan kompyuterlar hayotimizga kirib keldi. Ammo biz shu darajada to'xtab qolmadik- biz Windowsni yaratdik. Alohida (individual) kompyuterning o'zi endi bizga kamlik qilib qoldi. Biz tarmoqli informatsion tizim yaratish yo'lidamiz. Bu kabi tizimni uchta asosiy elementlar:

- texnik vositalar;


- tarmoq operasion sistemasi;
- amaliy dasturlar majmui  tashkil yetadi.

Texnik vositalar majmuini serverlar, mijozning ishchi stansiyalari, kommutasion aloqa vositalari tashkil etadi. Tarmoq operasion sistemasi tarmoqdagi axborotlar majmuidan barcha ishchi stansiyalari - mijoz kompyuterlari tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Amaliy dasturlar, avvalgi mavzularimizda tanishgani-mizdek, foydalanuvchining masalasiniyechish uchun xizmat qiladi.

Xo'sh, bu o'rinda qanday muammo bor?

Mavjud axborot sistemalari turg'un ishlamayapti. Gap shundaki, foydalanuvchi kompyuteridagi dastur avtonom bo'lib, unga ma'lumotlar serverdan to'liq informatsion fayl sifatida o'qib olinadi. Ammo foydalanuvchi dasturi uchun shu ma'lumotlarning bir qismigina kerak xolos. Undan tashqari, turli dasturlar serverdan ma'lumotlarni faqat o'zi o'zgartira olishi ko'rinishida o'rnatilgan bo'lib, mazkur dasturlar o'zlaridagi ko'rsatma, buyruqlar asosida ma'lumotlarni o'zlariga kerakli ko'rinishga o'zgartiradilar. Demak, bir axborot bir necha foydalanuvchilar tomonidan o'zgartirilishi mumkin. Bu esa axborotlarning ob'ektiv bo'lishini ta'minlamaydi. Umuman olganda, bu juda dolzarb masala. Lokal tarmoqni eng zamonaviy texnika va texnologiya asosida yaratish, unda eng tajribali dasturchilarni ishlatish mumkin. Lekin yuqoridagidek holat bo'lsa, informatsion tizimning ishonchliligi susayib, butun sistemaning ishdan chiqishi hali vujudga kelishi mumkin. Mazkur holdan chiqishning uslubi yaqinda yaratilgan bo'lib, u "mijoz - server" deb nomlanadi. Uning asosiy g'oyasi shundan iboratki, serverning va mijoz kompyuteridagi dasturning ma'suliyati ajratildi - endi mijoz kompyuteridagi amaliy dastur serverdagi dasturdan farqli o'laroq axborot va ma'lumotlar tizimini o'zgartira olmaydi. U server tomonidan berilgan natijaviy axborotni kerakli ko'rinishga o'tkazish uchungina xizmat qiladi. "Mijoz - server" texnologiyasi ma'lum talablarga javob beruvchi dasturlar majmuini yaratishni taqazo etadi. Bu talablar quyidagilardan iborat:

- ishonchlilik, ma'lumotlarning to'liqligi va xavfsizligi;
- dasturlar va ma'lumotlar omborini o'zgartirmasdan texnik vositalari almashtirish imkoniyati;
- o'rnatish va foydalanishning soddaligi;
- turli amaliy dasturlarni qo'llashning soddaligi;
- ma'lumotlar omboriga murojaat qilish va undagi axborotlardan foydalanishda qulaylik;
- informatsion sistemaning "ochiq"ligi, ya'ni avvalgi xarajatlarni saqlagan holda ularn-ing vazifalarini kengaytirish imkoniyati.

"Mijoj - server" texnologiyasi bugungi kunda informatsion sistemalarni yaratishdagi asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Albatta bunda boshlovchilar uchun soddalashtirilgan amaliy dasturlar ishlab chiqish masalasi ham muhimdir.

Amerikaning Centura Software kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan SQL Windows Solo dasturi relyasion ma'lumotlar ombori bilan ishlaydi va foydalanuvchi uchun sodda. Tarmoqda ishlashga mo'ljallangan mazkur dasturda "sichqoncha" manipulyatoridan foydalanib, turli dasturlar yaratish mumkin.

AХBOROТ ТEХNOLOGIYALARI VA ULARNING ТURLARI

Тexnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Тexnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Тexnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang’ich xolatini uzgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orkali katik, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.

Тexnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Тexnologiya — bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.

Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.

Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni taxlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat (2.4-rasm). Тurli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Хuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan xam aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda xar bir o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun uzining bilimini qo’llaydi. Masalaning yechimi bo’lgan yangi axborot mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog’lik.

Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya xaqida gapirishadi.

Axborot texnologiyasi uzi uchun asosiy muxit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog’likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muxim usullaridan biri bo’lib, xozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o’tdi.

Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «Qo’llik» axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orkali xat vositasida amalga oshirilgan.

2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.

3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, «Elektromexanik» texnologiyalar bilan fark kiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urKu axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga kuchirildi.

4-bosqich. XX asr urtalariga tug’ri kelib, «Elektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EUMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

5-bosqich. XX asr oxiriga tug’ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter» texnologiyalari tarakkiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga muljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshka soxalarga muljallangan texnik vositalarning uzgarishi ruy berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bulinadi:

1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum algoritmlar bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo’ljallangan. Masalan, xar bir firmada o’zining xodimlari xaqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo’lishi kerak.

2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog’lik bo’lgan insonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o’tmishi, xozirgi xolati va kelajagi xaqidagi axborotni xam o’z ichiga oladi.

3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.

Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu — tashkilot ichidagi va tashki muxit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar xam ishlab chikilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muxarriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.

Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun kuplab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan qisqacha tanishib chikamiz.

Ma’lumotlar ombori. Har kanday axborot texnologiyasining majburiy komponenti ma’lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi xaqidagi barcha ma’lumotlarni uzida saqlaydi. MO, uni tashkil qilish va boshqarish xakida batafsil 10- bobda tanishib chikamiz.

Matn protsessori. Bu matnli xujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga mo’ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muxarririda tayyorlangan xat va xujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi xolatni doimo nazorati ostida tutishga yordam beradi.

Elektron pochta (Ye-mail) — kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo’lib, hamkor (partnyor)larga ma’lumotlar jo’natish yoki ulardan ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi.

Audiopochta — bu ma’lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi pochtadir.



AХBOROТ ТEХNOLOGIYALARINING QO’LLANISh SOHALARI

Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika xodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya soxasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni tuplash, saklash va takdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarkatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustakil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chikdi. Shunday kilib, xalk xujaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib utish demakdir.

Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo’llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko’rib chiqamiz.

Biznes soxasi

Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol o’ynashi mumkin.

Masalan:

— biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;

— kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli xujjatlarini tartibga keltirishda;

— kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o’tkazishda;

— reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;

— mijozlar xaqidagi ma’lumotlar ro’yxatini saqlash va u bilan ishlashda;

— boshqa firmalar, potensial ta’minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda;

— mijozlar va ta’minotchilar bilan muzokara olib borish va xokazolarda.



Bank soxasi

Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan:

— yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma’lumotlarni olish, balansni tekshirish, xisobni to’lash imkoniyatini yaratish;

— mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;

— kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo’lga qo’yish va boshqalar.
Robototexnika soxasi

Ma’lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma’lum edi. O’rta asrlarda inson iste’dodlariga ega bo’lgan musikachi-qo’g’irchok yoki rassom-qo’g’irchoklar paydo bo’lganligi ma’lum.

Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi.

Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto Uzbekiston — Koreya qo’shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.

Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shu Qo’llanadigan texnikaning maxsus shoxobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.

Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — uta sezgir va kuchli mexanik qo’ldir.

Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi» o’rgani vazifasini o’taydi.

Marketing soxasi


Marketing inglizcha «market» (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo soxasidagi faoliyatni anglatadi.

Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va extiyojlarini chuqur va xar taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va extiyojga faol ta’sir ko’rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo’lgan talablarini shakllantirishdan iborat.

Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Ishlab chiqarish soxasi

Ishlab chiqarishning deyarli barcha soxalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmoqda. Kompyuterlar kupgina texnologik jarayonlarni boshkarmokda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.

Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin.

Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni xisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda xam kompyuter beg’araz yordamchidir.

Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi. Тayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.

Тibbiyot soxasi

Ma’lumki, shifokorga borishni ko’pchiligingiz xush ko’rmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. Sog’lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda xamma joyda navbatda turishga to’g’ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varakasi uchun, shifokorlar kabuliga kirish uchun va xokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak buladi.

Kompyuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo’lishi ko’p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni xam tubdan o’zgartirib yuboradi. Endi siz tuKridan-tuKri shifokor xuzuriga yul olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish kurollaridan tashkari kompyuter xam joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib kuyilgan. Agar siz oldin xam murojaat etgan bulsangiz, sizniki xam buladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bulsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o’zida shifokor kompyuterga kiritib kuyadi. Kasalligingiz xakidagi barcha ma’lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz xakida tashxis kuyiladi va chop etish kurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo’lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi xaqida axborot olishingiz mumkin.

Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga xam qodir. Masalan, tomograf — ya’ni siljib xarakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi xaqida to’lik ma’lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan, buyrakdagi tosh) xaqida ma’lumot berishi mumkin. Тomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda kursatish uchun albatta u kompyuter bilan boKlangan bulishi shart.



Kompyuter va san’at

Kompyuterning san’atga qanday aloqasi bor? Kompyuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San’at esa — bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada xam kompyuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik royal yoki elektroorgan yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko’rib turgan xolda yangi asar yaratishi va shu yerning uzida, shu onda eshitib ko’rishi xam mumkin.

Kompyuterlar rassomlarga xam xub yokib kolgan. Kompyuter grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili utkazilgan. Тurli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar.

Bundan tashqari, kino va televideniyeni xam kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, xatto qit’alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o’tkazish an’anaga aylanib qolmoqda.



Ta’lim sohasida

AKT ta’lim jarayonida AKTdan foydalanib darslarni tashkil etish o`quvchilarga bilim berishda eng samarali vosita hisoblanadi. Har bir darsni o`ziga xos pedagogik texnalogiyalardan foydalanib AKT asosida tashkil qilinsa o`quvchi uchun bu mavzu eng esda qoladigan mavzu hisoblanadi. Buning uchun har bir darsga alohida tayyorgarlik ko`rishimiz lozim. O`tilgan mavzuni so`rash uchun masalan multimediya mahsulotlari asosida test yoki bir necha savollar berilib to`g`ri javob aytilganda o`quvchini rag`batlantiradigan qarsaklar yoki biror bir musiqa orqali olqish berilsa o`quvchida darsga qiziqish yanada ortadi. Yangi mavzuni tushintirish jarayonida esa, elektron darsliklardan foydalangan holda yoki bir nechta taqdimotlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi . Ayniqsa , taqdimotlarning to`g`ri tanlanishi rasmlardan foydalanib ushbu rasmlar harakati o`ziga xos shaklda namoyon bo`lsa nur ustiga a’lo nur bo`ladi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash qismida esa , AKT asosida tayyorlangan biror pedagogic texnalogoya o`quvchini diqqatini jalb qilmasdan qolmaydi. O`quvchini baholashda ham bu metodlar juda qulay hisoblanadi . O`quvchini har bir darsda baholab borish mumkin. Bu esa o`quvchini darsga alohida tayyorgarlik bilan kelishga undaydi. O`ylaymanki bunday tashkil qilingan darsda o`quvchini diqqatini darsdan tashqari biron nima jalb qila olmaydi. Bunday darsni tashkil qilish uchun avvalombor har bir fan o`qituvchisi AKT bilan ishlashni yaxshi bilishi lozim. Hech bo`lmaganda o`qituvchi kompiyuter qurilmalari bilan hamda offis dasturlarida bemalol ishlay olishi kerak .

Informatika fanida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash

Barcha fanlardagi kabi, informatika fanidan ham yangi avlod darsliklari yaratilib, unda mazmunan o‘zgartirishlarga yangicha yondoshildi.

Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz “mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning nechog‘li faol munosabatga bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak”.

Shuning uchun ham darsliklarda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi –ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak –atrofga munosabatlarni ham kiritishga erishdik. Natijada ta’lim mazmunini kengroq bayon etishga erishdik.

O‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, mushohada qilishga, mutolaa qilishga o‘rgatishda o‘qituvchilar oldida katta mas’uliyat qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga yodam berishi lozim. Ya’ni o‘qituvchi o‘quvchini ehtiyoj tug‘dirishdan, muhit yaratishga va undan mas’uliyatni his qilishni o‘rgatish kerak.

Demak, o‘qituvchidan tashabbuskorlikni, mustaqil fikrlay olishni, o‘z faniga oid bilimni puxta bilishini, kuzatuvchanlikni, ijodiy tasavvurni tarbiyalashga layoqatini faollashtirish zarur. Shunday layoqatga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z ish faoliyatida ilg‘or texnologiyani qo‘llashi o‘quvchilarda yuqori bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishiga olib keladi.

O‘qituvchi fanida yuz berayotgan yangilikni, o‘zgarishlarni isloh qila olishi zarur. Keng ma’noda qaralganda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarishni pedagogik innovatsiya deb qarash mumkin.

Har bir o‘qituvchi uchun ta’lim berayotganda ertami-kechmi “Qanday qilib, qaysi usullar bilan bilim olish jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish mumkin?” degan savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi.

Maktabda olib borilayotgan har bir dars, mashg‘ulotning sifati, samarasi ustoz murabbiy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.

Bugungi kunda ta’limdagi yangilanishlar jarayoni pedagoglarga malakaviy talablar qo‘ymoqda. Bu talablar quyidagilardan iborat:

1. Kasbiy tayyorgarlik (o‘z fanini chuqur bilish, kasbiy eruditsiya).

2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xabardor bo‘lish.

3. Pedagogik va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq eta olish.

XXI asrda malakali pedagog bo‘lish uchun albatta axborot texnologiyalarini yaxshi egallash zarur. Inson faoliyati ko‘proq uning axborotga ega bo‘lganlik darajasi, ushbu axborotlardan samarali foydalana olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ixtiyoriy soha bo‘yicha zamonaviy mutaxassis vaqt sayin oshib borayotgan axborot oqimida bemalol yo‘l topa olishi uchun, u kompyuterlar, telekommunikatsiya va boshqa aloqa vositalari yordamida tegishli axborotni ola bilishi, qayta ishlay olishi va undan foydalana olishi kerak bo‘ladi.

Bu esa o‘z navbatida, ta’limda samaradorlikni ta’minlaydi. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifati va samaradorligiga erishadi.

Ta’lim taraqqiyoti jarayonida pedagoglar o‘qitishning juda ko‘p usullarini izlab topganlar. Bu usullarning ayrimlari ko‘pchilikni o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lsa, ayrimlari individual ta’limga moslashtirilgandir. Umumiy ta’lim tizimida bir yo‘la katta guruhga ta’lim berilganligidan shu yo‘nalishdagi ayrim usullarni ko‘rib chiqamiz.



  1. «Aqliy xujum» Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag‘batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.

Mashg‘ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:

1. Mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.

2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‘oyalar miqdori rag‘batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g‘oyalarning tug‘ilishiga olib keladi.

3. Har bir ta’lim oluvchi o‘zining shaxsiy fikri yoki g‘oyalariga asoslanishi hamda ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g‘oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g‘oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.

4. Mashg‘ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Agarda ularning fikr (g‘oya)lari baholanib, boriladigan bo‘lsa, ta’lim oluvchilar o‘z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo‘llashdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag‘batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

Mashg‘ulot jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:

1.Mashg‘ulot ishtirokchilarining o‘zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish.

2.G‘oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab qo‘yish.

3.Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.

4.Mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash. Shartlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g‘oya baholanmaydi;

b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muxit yaratiladi;

v) g‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi;

g) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.

5. Bildirilayotgan g‘oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish.

6. Muayyan qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib qo‘yish.

7. Bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.

8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‘oya) lar ustida qo’lish, ularga nisbatan kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

9.Ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g‘oyalar bildirilishi davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g‘ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.

Aqliy xujum metodi to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.



  1. «Fikriy hujum» metodi. Bu metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yechishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog‘ida ta’lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.

3. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodi. Mazkur metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 2 qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.

Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:

1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’lim oluvchilarni o‘zida biriktirgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish.

2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.

3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).

4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish.

5-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularni to‘g‘rilik darajasi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.

6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.

Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo‘nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida birdik muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:


  1. O‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish;

  2. Vaqtni iqtisod qilish;

  3. Har bir o‘quvchini faollikka undash;

  4. Ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.

Ko‘rinib turibdiki ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, vaqtni iqtisod qilish, har bir ta’lim oluvchini faollikka undash, ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirishga yordam beradi.

Maskur uslublardan tashqari juda ko‘p metodlar ham mavjudki ulardan o‘qituvch dars mavzusiga mos uslubni tanlay bilishi o‘ta muhimdir. Quyida keltiriladigon dars ishlanmalar namuna sifatida berilmoqda. Keltirilgan mavzular ayrim maktablarda o‘qituvchining darsni tashkil etish mahoratiga qarab o‘quvchilar tomonidan yengil o‘zlashtirilishi mumkin. Aksariyat o‘quvchilar tomonidan mazkur darslarni o‘zlashtirishi qisman qiyin kechayotgani tajribada ko’rilmoqda.



Suningdek, dars ishlanmani turli usulda shakillantirishni mumkinligi e’tiboringizga havola etildi.
Download 47,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish