O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
’’5110100- MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI’’ TA’LIM YO’NALISHI
3-kurs bakalavri G’ayratova Xurshidaning
“Natural sonlarni ko’paytirish” mavzusidagi 1 soatlik dars ishlanmasi
Dars ishlanma ilmiy rahbari: Samatova Gulmira
Fan: Matematika
Sinf: 6
Dars mavzusi: Oddiy kasrlarni ko’paytirish
Elektron pochta manzili: g’ayratovaxurshida@gmail.com
Darsning maqsadi
|
a) Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga oddiy kasrlarni qanday ko’paytirish haqida ma’lumot berish va uning xossalarini o’rgatish;
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni aralash sonlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
|
Vazifalari
|
O‘quvchilarga mavzu asosida oddiy kasrlarni ko’paytirishga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib oddiy kasrlarni ko’paytirishga doir bilimlarini masalalarda ishlatilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lish.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: Aralash, “Baliq skleti” metodi, jamoa va yakka tartibda ishlash, Amaliy mashg‘ulot.
Vosita: matematika darsligi va multimediya darslik, kompyuter, kartochkalar, plakatlar, doska, bo’r.
Nazorat: yozma, og`zaki.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O‘qituvchi:
O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o`rgatadi. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.
|
O`quvchi
O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
|
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar).
|
O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi.
|
O`quvchi
Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e`tbor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha na`lumotlar topishga harakat qiladi.
|
|
|
Darsning tipi: Yangi bilimlar berish;
Darsni metodi: Aralash, ”Baliq skleti” metodi, jamoa va yakka tartibda ishlash;
Darsning jihozi: darslik, bo’r, ko’rgazmali qurollar, kartochkalar, kompyuter;
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism (2min);
II. O’tgan mavzuni so’rash (3min);
III. Uyga vazifalar nazorati (5min);
IV. Yangi mavzu bayoni(15min);
V. Mustahkamlash(10min);
VI. Baholash(3min);
VII. Uyga vazifa berish(2min).
I. O’quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.
II. O’tilgan mavzu so’raladi.
III. Sinf daftarlari almashtiriladi, uyga berilgan vazifalar taahlil qilinadi.
IV. Oddiy kasrlarni ko’paytirish.
V. Darsni mustaxkamlash: 332-337 misollar sinfda yechiladi.
• • • •
Ko’paytirishni bajaring
VI. Faol qatnashgan, savollarga yaxshi javob bergan o’quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa. 338-339 misollar. Misollar mazmuni tushuntrb yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |