O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
’’5110100- MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI’’ TA’LIM YO’NALISHI
3-kurs bakalavri Jabborova Diyoraning
“Murakkabroq masalalar yechish” mavzusidan misol va masalalar yechish 1 soatlik dars ishlanmasi
Dars ishlanma ilmiy rahbari: Samatova Gulmira
Fan: Matematika
Sinf: 5
Dars mavzusi: Murakkabroq masalalar yechish
Elektron pochta manzili: jabborovadiyora24@gmail.com
Darsning maqsadi
|
a) Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga masala yechishning tenglama tuzib yechish usullarini samarali o’rgatish;
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni murakkab masalalar yechish haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
|
Vazifalari
|
O‘quvchilarga mavzu asosida murakkab masalalarni yechishga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib, bilimlarini masalalarda ishlatilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lish.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: ’’Evristik ta’lim’’metodi, jamoa va yakka tartibda ishlash, Amaliy mashg‘ulot.
Vosita: matematika darsligi va multimediya darslik, kompyuter, kartochkalar, plakatlar, doska, bo’r.
Nazorat: yozma, og`zaki.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O‘qituvchi:
O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o`rgatadi. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.
|
O`quvchi
O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar).
|
O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi.
|
O`quvchi
Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e`tbor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha na`lumotlar topishga harakat qiladi.
|
Darsning tipi: Mustahkamlash;
Darsni metodi: ’’Evristik ta’lim’’ metodi, jamoa va yakka tartibda ishlash;
Darsning jihozi: darslik, bo’r, ko’rgazmali qurollar, kartochkalar, kompyuter;
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism (2min);
II. O’tgan mavzuni so’rash (3min);
III. Uyga vazifalar nazorati (5min);
IV. Yangi mavzu bayoni(15min);
V. Mustahkamlash(10min);
VI. Baholash(3min);
VII. Uyga vazifa berish(2min).
I. O’quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi, yangi mavzu doskaga yoziladi.
II. O’tilgan mavzuni yuzasidan ’’Evristik ta’lim’’ metodidan foydalangan holda savol- javob o’tkazib o’quvchilar mavzuni qanday tushunganini aniqlab olamiz.
Ko’paytirishning qo’shishga nisbatan taqsimot qonuni qanday?
Ko’pytirishning ayirishga nisbatan taqsimot qonuni qanday?
Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish qanday amalga oshiriladi? ( misollar orqali tushuntiring.)
Qavslar qanday ochiladi?
5x+23+4x+1 ifodani soddalashtiring!
23•101 ni qulay usulda hisoblab ko’rsating.
III. Sinf daftarlari almashtiriladi, uyga berilgan vazifalar taahlil qilinadi.
IV. Yangi mavzu bayoni. Murakkabroq masalalar yechish.
Quyidagi masalani oldin tenglama tuzmasdan yechiladigan tenglashtirish usuli bilan, so’ng esa tenglama tuzib yechib ko’ramiz.
V. Darsni mustahkamlash. 310-314 masalalar dars davomida ishlanadi.
VI. Faol qatnashgan, savollarga yaxshi javob bergan o’quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa. 315-317 masalalar. Misollar mazmuni tushuntrb yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |