O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 438,67 Kb.
bet55/130
Sana26.02.2022
Hajmi438,67 Kb.
#465831
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130
Bog'liq
1 к Узбекистон тарихи Каримова

3-masala
XV asr boshlarida temuriy shohzodalar o’rtasida avj olib ketgan o’zaro kurashlar va vaqti-Vaqti bilan sodir bo’lib turgan harbiy yurishlar mamlakatning ichki hayotiga salbiy ta’sir etsa-da, biroq SHoxrux(1405—1447), Ulug’bek (1409—1449), Abu Sayyid (1451—1469) va Sulton Husayn (1469—1506) hukmronlik qilgan davrlarda mam­lakatda ma’lum darajada qaror topgan osoyishtalik tufayli qadim zamonlardan davom etib kelayotgan an’analar asosida ilm-fan va madaniyat yanada jonlanadi.
Bu davrda xususan Movarounnahrning poytaxti Samarqandda ham, Xurosonning markazi Hirotda ham Temur an’analari davom ettirilib, olimlaru fuzalolar, shoirlaru bastakorlar, me’morlaru binokorlar va naqqoshlaru mohir hunarmandlarning kattagina guruhi to’plangan edi. Movarvunnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va sai’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy doiralari muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuxrat qazongan Ulug’bek roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnax,r va Xurosonning boy vamadaniyati va islom dunyosining ma’naviy an’analariga suyangan hamda o’z davrining madaniy tajribalaridan to’la foydalanib, uni o’zlashtirgan Ulug’bek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa uning ma’naviy kamolotida ilm-fanning va san’atning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug’ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Ulug’bek o’tmishdoshlari Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rganadi.


4-masala

Mirzo Ulug’bekning farmoni bilan 1417 yilda Buxoroda, 1417—1420 yillarda Samarqandda va 1433 yillarda g’ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Hatto Buxoro madrasasinint darvozasiga: «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir», degan kalima o’yib yozib qo’yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarkand madrasasi zamonasining dorulfununi edi. Ushbu madrasalarda iloxiyat ilmlari: qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (ma­tematika) , xandasa (geometriya), ilmi xay’at (astronomiya), tibbiyot (medisina), tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi (kofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilardi. Ulug’.bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo’lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo’lingan. Tarixiy manbalarda saqlangan ma’lu­motlarga qaraganda, madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgai va ta’lim olgan. Madrasada o’sha zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono SHamsuddin Muhammad Xavofiy еtakchi mudarris bo’lgan. O’rta asrlarning mashxur olimlari qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug’bek va uning shogirdi Alouddin Ali qushchilar turli fanlardan dars berganlar. XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni SHamsuddin Muhammad Havofiy o’qigan ekan. Darsda olimlardan to’qson nafari qatnashgan, lekin darsning ma’nisiga Ulug’bek Mirzo bilan qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, madrasa ilmi hay’at (astronomiya) dan darsni qozizoda Rumiy bergan. Xatto fors-tojik adabiyotining klassiklaridan biri Abdurahmon Jomiy yoshlik chog’ida Samarqandga kelib, qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidan saboq olgan. Madrasada kamida 15—16 yil taxsil ko’rib, uning dasturi bo’yicha asosiy fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtixonli saboqlarda o’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga «sanad»—shahodatnoma yozib berilgan. Manna shunday diplomlardan biri Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasida qariyb o’n olti yil tahsil ko’rgan balxlik SHamsuddin Muhammad nomiga xijriy 838 (1435) yil rajab oyining o’rtalarida qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib beriladi. Bu еrda shuni ta’kidlash joizki, bu davrda Samarqandda Ulug’bek qurdirgan madrasadan tashqari, Xonim, Firuzshoh, SHohmalik Xojibek Mirabduvali va qutbuddin Sadr nomlari bilan atalgan madrasalar bo’lgan. Hatto Xoja Ubaydulloh Samarqandda dastlabki saboqlarni qutbuddin Sadr madrasasida olgan. Keyinchalik o’zi ham Toshkent va Kobul shaharlarida Madrasa bino qilgan.


Tеmuriylаr mаqbаrаlаr qurilishigа аlоhidа e’tibоr bеrgаnlаr. Ulаr mаrhumlаrning ruhlаri, аgаr ulаrgа to’g’ri munоsаbаt qilinsа, dоimо sulоlаgа hоmiylik qilib, qo’llаb quvvаtlаb turаdi dеb hisоblаshgаn. Аmir Tеmur hаm hоkimiyatni qo’lgа оlgаch, Kеsh shаhrini dаvlаtning ikkinchi pоytахti sаnаb, u еrdа оilаviy хilхоnа bunyod qildirgаn. U “Dоrus–sаоdаt” dеb nоmlаnib, qurilishi 20 yil dаvоm etgаn. Dоrus–sаоdаtdа mаdаrаsа hаm bunyod etilgаn. Tеmuriylаr dаvridа qurilgаn mаqbаrаlаr shаkllаnish kоmpоziciyasi jihаtdаn ikkigа bo’linаdi: Bir хоnаli vа ko’p хоnаli binоlаr. Bir хоnаli mаqbаlаrning ikki turi bo’lib, ulаrning biri chоrtоq ko’rinishidаgi binо bo’lib, ulаrning to’rt tаrаfi hаm bir хildа qurilаdi. (Ruхоbоd mаqbаrаsi), ikkinchisi esа, gumbаzli–pеshtоqli binоlаr bo’lib, ulаrning kirish qismi mаhоbаtli pеshtоq qurilаdi (Sultоn Sаоdаt, SHаmsiddin Kulоl vа bq.mаqbаrаlаr). Ulаrning go’rхоnаlаri ko’pinchа еr оstidа bo’lаdi. Ko’p хоnаli mаqbаrаlаr hаm turli murаkkаb ko’rinishlаrdа bo’lib, ulаrdа qоzоnхоnа, go’rхоnа, mаsjid, kitоbхоnа, quduqхоnа vа turli хоnаlаrdаn ibоrаt bo’lgаn (Shоhi Zindа, Ахmаd Yassаviy vа bq.mаqbаrаlаr). Temuriylar davridagi maqbaralar 3 xonadan 10 xonagacha bo‘lgan va yer ostida sag‘anasi bo‘lgan. Ba’zida maqbaralar madrasalar bilan birgalikda qurilgan: Samarqanddagi Bibixonim madrasasi, Hirotda Garhar Shod Begim madrasasi73. Memorial buildings of the Timurid period may have from three to ten rooms, including asubterranean burial vault, a ziyarat-kh¯ ana¯ , a commemorative mosque and ancillaryhujras.Their design varies: the architects intentionally avoided

Download 438,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish