O`quv ishlari bo`yicha prorektor D. Q. Durdiev



Download 6,6 Mb.
bet109/112
Sana31.12.2021
Hajmi6,6 Mb.
#204447
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
Diniy ekstremizm majmua 2018(0)

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.03.00.00 Республика давлат бошқаруви органлари ва хўжалик бошқаруви органлари / 02.03.02.00 Вазирликлар;

2.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.02.00.00 Хавфсизликни таъминлаш кучлари / 16.02.07.00 Бошқа давлат хавфсизликни таъминлаш органлари]

14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob’ektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik harakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o‘tkazadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

141-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti:

terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning monitoringini amalga oshiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

(141-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)

III. TERRORCHILIKKA QARSHI OPERATSIYANING O‘TKAZILISHI

15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qo‘yish

Terrorchilik harakatiga chek qo‘yish uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar qo‘llaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkaziladi.

16-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish

Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish har bir muayyan holatda terrorchilik harakati tahdidi va xavfining ko‘lamlarini inobatga olgan holda belgilanadi hamda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tegishli tuzilmalar zimmasiga yuklanadi.

Terrorizm tahdidini zararsizlantirish va tugatish uchun jalb etiladigan tuzilmalar va bo‘linmalarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha zaruratga qarab shtablar tuziladi.

17-modda. Terrorchilar bilan muzokaralar olib borish

Terrorchilik harakatining xususiyatiga qarab jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘ini, moddiy boyliklarni saqlash, garovda ushlab turilgan shaxslarni ozod etish, shuningdek kuch ishlatmasdan terrorchilik harakatiga chek qo‘yish imkoniyatini o‘rganish maqsadida terrorchilar bilan muzokaralar o‘tkazilishi mumkin.

Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish rahbari tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxslar terrorchilar bilan muzokaralar olib borishiga ruxsat etiladi.

Terrorchilar bilan muzokaralar olib borilishi ularni sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikdan ozod etishning asosi yoki sharti bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.

Agar terrorchilar bilan muzokaralar o‘tkazish natijasida ular terrorchilik harakatini to‘xtatishga rozi emasligi sababli muzokaralardan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin bo‘lmasa hamda jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga aniq tahdid saqlanib turgan bo‘lsa, terrorchilarni zararsizlantirish va yo‘q qilish yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.

18-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zonaning chegaralari

Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish rahbarlari tomonidan joyning xususiyati va sharoitlarini, shuningdek terrorchilik harakatining ko‘lamlari hamda ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.

19-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazayotgan shaxslarning operatsiya o‘tkaziladigan zonadagi huquqlari

Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zonada mazkur operatsiyani o‘tkazayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

zarurat bo‘lganda transport vositalari va yo‘lovchilarning ko‘cha va yo‘llarda harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, transport vositalarini, shu jumladan diplomatiya vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining va fuqarolarning transport vositalarini joyning ayrim uchastkalariga va ob’ektlarga kiritmaslik, fuqarolarni joyning ayrim uchastkalaridan va ob’ektlardan chiqarib yuborish, shuningdek maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan transport vositalarini shatakka olib chiqarib tashlash choralarini ko‘rish;

jismoniy shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;

huquqbuzarliklar sodir etgan yoki terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablariga to‘sqinlik qilishga qaratilgan, shuningdek terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zonaga ruxsatsiz kirish yoki kirishga urinish bilan bog‘liq harakatlar sodir etgan shaxslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;

agar kechiktirish jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘ini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lsa, terrorchilik harakatiga chek qo‘yish, uni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib etish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hududiga hamda xonalariga, turar joy va boshqa joylarga, er uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida moneliksiz kirish (oshib tushish);

terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan zonaga kirayotgan (transport bilan kirishda) hamda mazkur zonadan chiqayotgan (transport bilan chiqishda) jismoniy shaxslarni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda bu vositalarda olib o‘tilayotgan yuklarni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalaridan foydalangan holda ko‘rikdan o‘tkazish;

jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan aloqa vositalaridan, shu jumladan maxsus aloqa vositalaridan, shuningdek transport vositalaridan (chet el davlatlari diplomatiya vakolatxonalari hamda boshqa muassasalarining, xalqaro tashkilotlarning aloqa va transport vositalaridan tashqari) terrorchilik harakatining oldini olish, terrorchilik harakatini sodir etgan yoki sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish va ushlash, hodisa ro‘y bergan joyga etib borish, tez tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni davolash muassasalariga olib borish uchun xizmat maqsadlarida foydalanish;

terrorchilarga nisbatan qurol va jangovar texnikaning mavjud turlarini hamda maxsus vositalarini qo‘llash.

20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik

Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;

terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilishini qiyinlashtirib qo‘yadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga xavfni keltirib chiqaradigan;

terrorchilikni targ‘ib qilishga yoki oqlashga ko‘maklashadigan;

terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotganda bo‘linmalarning xodimlari to‘g‘risidagi, shuningdek uni o‘tkazishga ko‘maklashayotgan shaxslar to‘g‘risidagi.

21-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaning tugatilishi

Terrorchilik harakatiga chek qo‘yilgan (tugatilgan) hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zonadagi jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga bo‘lgan xavf bartaraf etilgan taqdirda terrorchilikka qarshi operatsiya tugallangan hisoblanadi.

IV. TERRORCHILIK HARAKATI OQIBATIDA ETKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYASI

22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash

Terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

23-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida etkazilgan zararni qoplash

Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga etkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.

(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425-modda)

SHaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qo‘yilishi munosabati bilan etkazilgan zarar qoplanmaydi.

24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi

Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi ularni normal hayotiy faoliyatga qaytarish maqsadida o‘tkaziladi hamda mazkur shaxslarga huquqiy yordam berishdan, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasidan, ularni ishga joylashtirishdan, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yordam berishdan iborat bo‘ladi.

Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

V. TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA ISHTIROK ETAYOTGAN SHAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI

25-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan, huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi zarur bo‘lgan shaxslar

Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslar davlat himoyasidadir.

Quyidagilar huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi lozim:

terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, davlat organlarining xodimlari va mutaxassislari;

terrorchilik faoliyatining oldini olishda, uni aniqlashda, unga chek qo‘yishda, uni tergov qilishda hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlariga doimiy yoki vaqtincha ko‘maklashayotgan shaxslar;

ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari, agar ularning himoyalanishini ta’minlash zarurati mazkur shaxslarning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lsa.

Terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan, terrorizmga qarshi kurashga ko‘maklashayotgan shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolariga, basharti ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, iltimoslariga ko‘ra ularning tashqi qiyofasi, familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ish va yashash joylari terrorizmga qarshi kurash organlari ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘zgartirilishi mumkin.

26-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash

Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda halok bo‘lgan taqdirda halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolariga hamda uning qaramog‘idagi shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda mayib bo‘lgan va bu uning mehnat layoqatini yo‘qotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda qonun hujjatlariga muvofiq nogironlik pensiyasi tayinlanadi.

Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda yarador bo‘lgan taqdirda bu uning mehnat layoqatini yo‘qotishiga olib kelmasa, unga qonun hujjatlariga muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.

27-modda. Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash

Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan bo‘linmalarda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki kunga, terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda ishtirok etgan davrda xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.

Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda ishtirok etishga jalb qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur operatsiyada ishtirok etishning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.

Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

VI. TERRORCHILIK FAOLIYATIDA ISHTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik

Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

SHaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi

Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.

Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) O‘zbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning bo‘linmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga o‘tkaziladi.

30-modda. Etkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etish

Terrorchilikka qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, mutaxassislar va boshqa shaxslar bunday operatsiya o‘tkazilayotganda majburan zarar etkazganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

31-modda. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Toshkent sh., 2000 yil 15 dekabr, 167-II-son


Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish