O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini Nurbek Nurdullayev


Ohagiy ijodida Navoiy an'ansi va ma'rifatparvarlik



Download 38,75 Kb.
bet7/8
Sana17.07.2022
Hajmi38,75 Kb.
#817731
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ADABIYOT CHAROS

2.2 Ohagiy ijodida Navoiy an'ansi va ma'rifatparvarlik.
Adabiyotshunoslar ikki shoirning lirikasi bilan yaqindan tanishgach, Alisher Navoiy ijodidan so'ng barakali ijod qilgan sa'natkor sifatida haqli ravishda Muhammadrizo Ogahiyni qo'yadilar O'rta asrlarda tarixiy Xuroson, Movarounnahr va Xorazm hududlarda hukmronlik qilgan sulolalar so'z sehrini va undagi kamol zavqini davlat siyosatiga ko'targanlar. Alisher Navoiy chig'atoy turkiy adabiyotining bunyodkori edi. Uning devonlari debochasini ko'rganimizda, rus matnshunos olimi D.S. Lixachevning "yagona adabiyot binosi yaratuvchilari" degan teoriyasini eslaymiz. Arab adabiyotining nazariyotchisi Ibn Roshiq (XII asr) "qadimgi va yangi davr shoirlari ikki inson kabidir, birinchisi adabiyot binokori, uni mustahkam va yaxshi quradi. Ikkinchisi binoga naqsh va bezaklar beradi. O'rta asr shoiri adabiyotga yaxlit bino sifatida qaragan. Ogahiy lirikasi yangi davrning "qayta quruvchisi" edi, uning so'zlaridan foydalanib, Muhammadrahimxon Il Feruz (1864 - 1910) Xorazm adabiy muhitini yaratgan.
Navoiyning purhikmat so'zlari Xuroson va Movarounnahr, jumladan, Qo'qon xonligi hudularida joylashgan me'moriy yodgorliklarida hali-hanuz aks-sado bermoqda. Ichan-Qa'la majmuasidagi eng ko'p epigrafik yozuvlar Ogahiy qalamiga mansub. Shoirning so'zlari vositasida Feruz, devorlarda ham insonlarni ilmga targ'ib qilgan. Vengriya Olim A.Vamberi shunday deb yozgandi: Istalgan ma'rifatli millatga nisbatan O'rta Osiyolik ko'chmanchining musiqa va xalq turkiy she'riyatiga berilishi nisbatan kuchlidir. Qo'qon, Buxoro va Qashqarga nisbatan Xiva xonligida bunday ehtiros yanada yuksakroqdir.
Shoir qalbi — dard, aniqrog'i, ilohiy dard maskani. Mana shunday ilohiy dard sohibi qalamidan esa o'lmas she'riyat tug'iladi va u shoir uchun haqiqiy qismatga aylanadi. Alisher Navoiy she'riyati ana shunday ilohiy dard va iste'dod samarasi o'laroq dunyoga kelgan bir bo'stondir. Ulug' mutafakkir ijodiga adabiyotshunos olim l. Haqqulov: "Shoir she'riyati san'atkorlikning buyuk maktabigina emas, haqiqiy mezoni hamdir", — deya baho berganida tamomila haq edi. Shu bois bo'lsa kerak, she'riyatning ulkan sarhadlarini zabt etgan shoir ijodi hanuzgacha ijodkorlar uchun sirli bir olam, intilish va ilhom manbai bo'lib kelmoqda. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodining har bir qirrasida ulug' shoir Alisher Navoiyning ijodiy ta'sirini sezish mumkin. Chunki adabiy jarayonni harakatlantiruvchi g'ildiraklardan biri bo'lgan adabiy ta'sir masalasi har bir ijodkor faoliyatida namoyon bo'luvchi hodisadir. Fikrimizni XIX asr o'zbek adabiyoti, Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Muhammad Rizo Ogahiy ijodi dalillashga xizmat qila oladi.
Ma'lumki, Ogahiy ijodida komil inson to'g'risidagi qarashlardan tortib, obraz, timsol, tasviriy vositalarni qo'llashgacha A. Navoiyga ergashish yaqqol sezilib turadi. Buni shoirning quyidagi iqrorlaridan ham bilsa bo'ladi:
Ogahiykim, topqay erdi sozi nazmingdin navo,
Bahra garyo'qtur Navoiyning navosidin sango.
Demak, bir tomondan, Ogahiy mavjud an'analarga yuksak muhabbat bilan qaragan bo'lsa, ikkinchi tomondan, mavjud poetik an'analarni o'ziga xos tarzda va muayyan darajada takomillashtirishga ham erishdi. Natijada Ogahiy ijodi mumtoz adabiyotimizda yorqin bir sahifani tashkil qildi, Shunisi aniqki, xalq she'riyatida ham, mumtoz adabiyot namunlarida ham yorning go'zalligi, uning yurish-turishi, bo'yi, sochi bilan bog'liq tasvirlar poetik ko'chimlarga asoslanadi. Biroq mumtoz she'riyat namunalarida shunday tasvirlar borki, ularni xalq lirikasidagi totem va kultlarning tarixi va mohiyatini tushunmay anglash mushkul. Jumladan, A.Navoiy ijodida ma'shuqaning sochi ta'rifida ilon yoki ajdaho tashbehining keltirilishi ko'p kuzatiladi. Ajdaho folklorga xos mifologik obrazlardan biri bo'lib, uning qo'llanishi qadim miflarga borib taqaladi. Xususan, xalq erataklarida ajdaho salbiy timsol sifatida qo'llanadi va ko'rinishi juda haybatli, vahimali, og'zidan olov purkovchi maxluq sifatida tasvirlanadi. U ko'pincha xazinalarni ko'riqlaydi. Ajdar xalq tasavvurida ilonning kattasi.
Shuning uchun xalqda "Ilon qirq yil yashasa, ajdar bo'ladi" degan qarash ham mavjud. Xalq og'zaki ijodi namunalarida yomonlik ramzi sifatida kelgan mazkur obraz ham Alisher Navoiy ijodida turli maqsadlarda qo'llanganini kuzatishimiz mumkin:
Sochbog Íng o'rg 'anmudur siymin taning davrig 'a pech,
Yo'qsa husnung kunjig'a chirmashg'an ajdarmu ekin?
Demak, bir tomondan, Ogahiy mavjud an'analarga yuksak muhabbat bilan qaragan bo'lsa, ikkinchi tomondan, mavjud poetik an'analarni o'ziga xos tarzda va muayyan darajada takomillashtirishga ham erishdi. Natijada Ogahiy ijodi mumtoz adabiyotimizda yorqin bir sahifani tashkil qildi.

Xulosa
Mumtoz adabiyotimizning nodir namunasi bo‘lgan asarlar hamisha qimmatlidir. Ilmiy va badiiy asarlar bugun insoniyat hayoti uchun to‘la-to‘kis xizmat qilmoqda. Asarlarda yozilgan tarixiy haqiqatlar bugun insoniyat uchun bir ko‘zgudir. Inson o‘z tarixini bilsagina hayoti faravon bo‘ladi. Tarixda o‘tgan ajdodlarimiz hayotidan o‘rnak olib yashash har birimizning vazifamizdir. Tarixni insonlar ongida muhrlanishida adabiyotning vazifasi beqiyosdir. Adabiyot tarixiy haqiqatlarni to‘la-to‘kis yetkazishda, o‘rganishga sabab bo‘lishida asos sifatida xizmat qiladi. Tarixiy haqiqatlarni bayon qilgan asarlar adabiyotimizda o‘zining o‘rniga ega. Tarixiy asarlarda faqat tarix va adabiotning yetakchiligini emas, turli ilmlarning ham jamlanganini ko‘ramiz. Xususan, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida ilm-fanning turli sohalariga oid ma’lumotlat keltirilgani kabi bugun o‘rganayotgan “Zubdat ut-tavorix” asarida ham turli ilm-fan sohalari haqida fikrlar berilganligini ko‘ramiz. “Zubdat ut-tavorix” asari hali to‘liq holda nashr etilmagan bo‘lsa, kichik hajmdagi nashrlaridan adabiyotshunoslik uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Bu asarda faqat nasr bilan cheklanmay ayrim nazmdan ham foydalanilganligi adabiy asarlarda har ikki turning birdek kerakli ekanligini ko‘rsatadi.
Asarda ko‘proq saj’lardan foydalanilganligi mumtoz adabiyotimzda ko‘p qo‘llaniladigan she’riy san’atlarning ham asarlar tarkibida, asar qimmatini oshirishda, bo‘yoqdorlik, majoziylik unsurlarini kuchaytirishda muhim ekanligini ko‘ramiz.
Ogahiy asarlarini tadqiq qiladigan bo‘lsak, avvalo bosh g‘oya sifatida insonparvarlikning tarannumini ko‘ramiz. Tarixiy asarlarda ham biror shaxs hayoti, faoliyati bayon qilinar ekan, unda shaxsni ulug‘lash, uning qaysidir yaxshi va yomon jihatlarini ko‘rsatib beriladi. Ogahiy “Zubdat ut-tavorix” asarida o‘zining odil shoh haqidagi qarashlarini keltirib o‘tgan.Tarixiy shaxslarning hayotini aks ettirishda faqat aniq ma’lumotlar emas, shu shaxsning fe’l atvoridan kelib chiqib mubolag‘ali vositalarni qo‘llash, o‘xshatishlarni saj’ orqali ifodalash, har bir xislatiga alohida baho berish bu ham tarixiylik, ham adabiyotning o‘zaro jipslashgan ekanligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Adabiyot kishining kamolotga yetishida albatta ta’sirchanlikning o‘rni beqiyosdir. Bu jihatni Ogahiy asarlaridan ham topishimiz mumkin. Ogahiy asarlari o‘rganilar ekan adabiyotimizda hali ochilmagan tadqiqotlar paydo bo‘lib, ilm ahlining izlanishlarini samarasi va mevasini ko‘rsatib boraveradi.Ogahiy nasri va nazmini birdek o‘rganish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.



Download 38,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish