KIRISH
Bugungi kunda tijorat banklarining samaradorligini oshirish hamda bank tizimida amalga oshirilgan izchil islohotlar aholini banklarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash,aholi va korxonalar jamg‘armalarini bank aksiyalari va omonatlariga keng jalb qilish va shu hisobida banklarning resurs bazasini kengaytirish va mazkur mablag‘larni investitsiya loyihalarini moliyalashtirish eng asosiy ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish sifati va ko‘lamini kengaytirish borasida bir qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada “Pul va banklar” fani 5230600 “Moliya” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun umumkasbiy fan bo’lib, nazariy tushunchalarni ifodalaydi. Mazkur fan orqali pullar va pul muomalasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi bilan bog’liq bo’lgan pul-kredit munosabatlarini,shuningdek pulning mohiyati va pul muomalasi qonuniyatlarini o’rganish, pul aylanmasi va pul tizimi to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish,kreditning mohiyati va prinsiplarini o’rganish,kreditning shakllari va turlari xususida ma’lumotlarni berish,shuningdek bank tizimini mohiyati xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish nazarda tutilgan.
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Pul va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning natijasi bo’lib, zamonaviy svilizatsiyaning muhhim ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning amal qilishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jaroyonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, pul va banklarni alohida fan sifatida o’rganish zaruriyati yuzaga keldi. Zero dunyoning barcha mamlakatlarida iqtisodiyotning samarali o’sishi, banklarning moliyaviy barqarorligini oshishi hamda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo’llab quvvatlashga ko’pdan bog’liq bo’lgani uchun fanning oliy malakali kadrlarni tayyorlashda o’rni beqiyosdir.
Fanda pul va banklar kategoriyasining paydo bo’lishi va ularning evolutsiyasi, pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari,pul aylanmasi tushunchasining mohiyati, pul muomalasi va unni tashkil qilish asoslari,pul tizimining mazmuni va tashkil qilish asoslari,inflatsiya va uning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari, banklarning dastblabki operatsiyalri, Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari, tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalari, nobank moliya – kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, kredit tizimi va uning tarkibi, valyuta munosabatlari asoslari va xalqaro moliya institutlari faoliyatiga doir g’oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, konsepsiya va modellar, tamoyillar,yondashuv, usul, uslub, yo’sinlar va shu kabi boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy – nazariy va metodologik asoslar uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan.
Pul va banklar kursi buxgalteriya hisobi va audit, moliya yo’nalishlari uchun eng asosiy tayanch fanlardan biri sanaladi. Kursni o’rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy asoslash, kredit va to’lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyati bo’yicha qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o’rganishning ilg’or shakllari va usullarini ihlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy me’yorlar hisob – kitobi, ularni baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi.
Shunga ko’ra, bank ishi faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo’yiladi, Bu fan asosiy ixtisoslik fanlarining tayanchi hisoblanib, iqtisodiyot bo’limining ajralmas qismi hisoblangan bank tizimi va iqtisod sohasiga kadrlar yetkazib berishda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |