O’quv darslik


Rp.: Dragee Aminasini 0,025



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Rp.: Dragee Aminasini 0,025 
D.t.d.N. 20 
S. 1 ta drajedan kuniga 2 mahal ichish uchun 
Granula
– Granulum (qaratqich kelishik birlik sonda – granuli, 
qisqartirilgani – gran.) – qattiq dori moddaning bir xildagi dumaloq, 
silindrsimon yoki oval shaklidagi mayda zarrachalari (bo‘lakchalar yoki 
donachalar) ko‘rinishida bo‘lib, ichish uchun tavsiya qilinadi. Yoqimsiz hidli va 
ta’mli, mahalliy ta’sirlantiruvchi xossaga ega va shu bilan birga, zaharliligi kam 
bo‘lgan dori vositalari granulalarda ishlab chiqariladi. Ular farmatsevtik zavod 
va fabrikalarda tayyorlanadi. Granulalar tayyorlashda shakl beruvchi vosita 
sifatida shakar, choy sodasi, kraxmal, glyukoza, talk, shakarli sirop, iste’mol 
bo‘yoqlari va ayrim boshqa moddalar ishlatiladi. Granulalar dozalarga 


- 170 -
bo‘linmagan dori shakli bo‘lganligi sababli, retseptda ularning umumiy dozasi 
(barcha qabul qilishga etadigan miqdorda) yoziladi va asosan choy qoshiqlarda 
dozalanadi. Ayrim granulalar bevosita ishlatishdan oldin suvda eritiladi va 
suyuq dori shakllari singari qabul qilinadi. Granulalarning hammasi ofitsinal 
bo‘lganligi uchun retseptda bir xil shaklda yoziladi. 
Misol:
Para-aminosalitsilatning 100 gramm granulasiga retsept yozing va1 
choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat keyin ichish uchun tavsiya 
qiling. 
Rp.: Granulorum Natrii para-aminosalicylatis 100,0 
D.S. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat keyin 
ichilsin 
Pilyula
– Pilula (qaratqich kelishik, birliksondi – pilulae), dozalarga 
bo‘lingan bir-xildagi plastic mahsulotdan tayyorlangan dumaloq (sharik) 
ko‘rinishidagi qattiq dori shakli bo‘lib, og‘irligi 0,1-0,5 grammni tashkil qiladi. 
Hozirgi paytda pilyulalar juda ham kam ishlatiladi, chunki ular ishlatishga qulay 
bo‘lgan tabletkalar hamda drajelar tomonidan deyarlik siqib chiqarilgan. 
Pilyulalar dori moddasi va ular uchun constituens hisoblanadigan pilyulyar 
massa (Massa pilularum) dan tashkil topgan bo‘ladi. Pilyulyar massani olish 
uchun yordamchi modda sifatida shirinmiya ildizining ekstrakti va sochmasi, 
kraxmal, shakar, elimlar, oqtuproq, suv, spirt, glitse- rinvab. ishlatiladi. Odatda 
retseptda dori preparatining miqdori birdaniga barcha pilyula uchun yoziladi va 
unda pilyulyar massaning aniq miqdori keltirilmasdan, balki undan keragicha 
olishga ko‘rsatma beriladi. 
Misol:
Terapevtik dozasi 0,001 gramm bo‘lgan strixninnitratning 50 ta 
pilyulasiga retsept yozing va 1 ta pilyuladan kuniga 2 mahal ichish uchun 
tavsiya qiling. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish