1.2. Innovatsion texnalogiyalarning ta’lim jarayonida tutgan o’rni
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni ozlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ozlari keltirib chiqarishiga Orgatadi. Oqituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tar biyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir katorda boshkaruvcxilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlarini-interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar oquvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon xamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bolib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to'liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bolib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir usullari bolib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi xisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi . Innovatsion texnologiyalar o'qitish jarayonida yuqori malakali rakobatbardosh o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini kutarish, o'qituvchi-pedagoglarni zamonaviy pedagogik texnologiyallar bilan qurollantirish omili bolib qolmoqda.
O'qitishning faol metodlaridan foydalanilganda o’quvchilar ongi va bilimini oshishi oddiy an’anaviy usullarga qaraganda ancha yuqori bo'ladi, o'quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e'tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy xarakterga ega bo'ladi.
Dars tuzilmasi o'zgaruvchan bo'ladi. O’qituvchi va talaba yoshlar ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan ta'lim mazmunini kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish hamda ta'lim uzluksizligini ta'minlab berish uchun yangidan yangi qonunlar va hujjatlar qabul qilinmoqda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiya fan asoslari bo'yicha o'quvchi talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va amalga oshirishni ko’zda tutadi. Ayniqsa xalqimizning milliy an’analariga darsni bog’lashlik bizning o'zligimizni anglashlikka turtki bo’ladi. Bizning "Dorboz" modelimizda o'zbek xalqining milliy annanaviy o'yinlaridan bo’lgan dorboz o'yini aks etgan Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o'qitish jarayonida bilim oluvchilarning o'quv-biluv faoliyatining samarali shakl va uslublarini joriy etish, ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish kerak. O’quv tarbiya jarayonlarini ilmiy metodik jihatdan mukammal tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashg'ulotlar, mustaqil topshiriqlar talabalarni o'ylashga ijodiy mehnat qilishga har tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarini o'z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o'rgatadi. Mashhur ingliz adibi J.Bernardshou topib aytganidek, «Bilimga eltuvchi yagona yo'l bu - faoliyatdir». Ana shunday faoliyatning o'quvchi va o'qituvchi mexnati ko'rinishidagi turlari omuxtalashganida kutilganidan ziyodroq natijaga erishi mumkin bo'ladi. Bunda albatta bilim oluvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qilinadigan mashg'ulotlar kozda tutiladi. Buning uchun esa ta'lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidan pedagogik tashkilotchilik qobiliyati va kasbiy salohiyati talab qilinadi.
Ta'limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik vositalari, talaba (yoki o'quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko'nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o'quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg'ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jaxon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining talaba (yoki o'quvchi)larni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Ta'limning bugungi vazifasi talabalarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga axborot oqimidan oqilona foylalanishga o'rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
Shunga ko'ra yoshlarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda umumkasbiy fanlarni axborot komunikatsion texnologiyalar orqali tayyorlab, yoshlarning yanada bilim va ko'nikmalarini shakllantirishga harakat qilish bugungi kun dolzarb muammosi desak xato qilmagan bo'lamiz.
Shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda talaba (yoki o'quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o'quvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so'ndirar edi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish desak afzaldir. Ta'limga bo'lgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar talaba (yoki o'quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida talaba (yoki o'quvchi) asosiy figuraga aylanadi.
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi:
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va «Butun jahon tarmog‘i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |