O’quv amaliyotida o’tilayotgan tashkilot bilan umumiy tanishuv



Download 6,31 Mb.
bet7/8
Sana17.07.2022
Hajmi6,31 Mb.
#811281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HISOBOT

Kommunikatsiya xonalarining asosiy vazifasi kishilarning harakatlanishiga qulaylik yaratishdir (koridor, zin ava sh.k). Bunday xonalarning o’lchamlari normal sharoitda zarur qulayliklarni, favqulotda xolatlarda esa kishilarni evakuatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash sharti asosida tanlangan bo’lishi kerak.
Berilgan o’lchamlari va forma (bichim) lardagi xonalarni loyihalashtirish va eksplutatsiya qilishdagi barch talablarni hisobga olgan holda yagona bir kompleksda joylashtirish – binoning xajmiy-plan yechimi deb ataladi.
B og’ishamol sityda qurilayotgan 10 qavatli turar-joy binosining hajmiy-rejaviy yechimlari va konstruksiya bo’limi bilan yaqindan tanishdik. Undagi afzallik jihati shundan iborat ediki, har bir haridor o’ziga tegishli bo’lgan maydonning hajmiy-rejaviy yechimini, o’zining hohishlaridan kelib chiqqan holda arxitektor bilan birgalikda yaratishadi. Albatta, bu mijozlar uchun qulaylik va tasavvuridagi uyda yashash imkonini beradi.
Qolaversa, bu jarayonda QMQ va ShNQ talablariga to’liq rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Binoning to’liq karkasli konstruktiv yechimga ega bo’lganligi uchun uni istalgancha planirovkasini o’zgartirish ham mumkin.
Bogishamol sityda qurilayotgan 10 qavatli turar-
joy binosining hajmiy-rejaviy yechimi.

A maliyotning navbattagi kunlarining birida Qorasuv massivida qurilayotgan “QORASUV MARVARIDI” turar-joy majmuasida bo’ldik. Bu yerdagi qurilish Turkiya texnologiyasiga asoslangan karkasli monolitli konstruktiv yechim asosida barpo etilmoqda. Bunday konstruktiv yechimning qo’llanilishi natijasida kelajakda hajmiy-rejaviy yechimni o’zgartirib bo’lmaydi. Chunki, monolit uysozligida har bir devor binoning mustahkamligi uchun xizmat qoladi.
Monolit uysozligining boshqa konstruktiv yechimlarga nisbatan yuqori mustahkamlikga ega hisoblanadi. “QORASUV MARVARIDI” turar-joy majmuasining
planirovkasi.

Shuningdek, Amir Temur ko’chasida “SXF” qurilish firmasi tomonidan qurilayotgan “SAMARQAND CITY” ob’ektining hajmiy-plan yechimlari va konstruksiya bo’limi bilan ham yaqindan tanishdik. Bizni xursand qilgan jihati shundan iborat ediku, biz faqat turar-joy binolari bilangina cheklanib qolmay, u yerda qurilayotgan katta prolyotli to’rt qavatli, turli xildagi xizmat ko’rsatish va savdo majmuasi (gipermarket) bilan ham yaqindan tanishdik, qolaversa quruvchilar o’z tajribalarini biz bilan baham ko’rishdilar. Bu ob’ektning konstruktiv yechumi to’liq monolit karkasli fazoviy Sistema bo’lib, qavatlar orasidagi balandlik (poldan polgacha) 4.8 m ni tashkil etadi. Binoda to’rtta kapsula tipidagi liftlar va zamonaviy eskolatorlar qo’yilishi rejalashtirilgan. O’lchamlari 24,6 m ga 34,8 m ni tashkil etadi.
Binolar hajmiy rejaviy yechimlarini yaratishning bir necha uslublari planirovka sistemalari ma’lum. Koridor bilan bog’langan xonalarning bino planida joylashtirish sistemasi planirovkaning koridorli sistemasi deb ataladi. Bunda xonalar koridorning bir tomonida yoki ikkala tomonida joylashgan bo’lishi mumkin. Agar xonalar bir-biri bilan devordagi va pardadevordagi eshiklar yoki ochiq eshiklar orinlari orqali bevosita bog’langan bo’lsa, bunday yechimni planirovkaning anfilada sistemasi deb ataladi. Planirovkaning zal sistemasi binoda uning funksional vazifasini belgilovchi bitta katta(bosh) xona va uning atrofida zarur xonalar joylashtirilishi nazarda tutiladi. Bu sistemani ba’zan markaziy sistema deb ham atashadi.

4-kun 09.06.2022-yil


MAVZU: Qurilish tashkiloti tomonidan qurilayotgan bino va inshootlarning arxitekturaviy kompozitsiyasi va uning tarkibiy qismlari, tashqi qism kompozitsiyasining turlari, arxitekturaviy kompozitsiyaning badiiy vositlari bilan tanishish.
Mijozlarni jalb etishda binoning arxitekturaviy kompozitsiyasi, tashqi qism kompozitsiyasi muhim rol o’niydi. Shuni etiborga olgan xolda arxitektorlarimiz tomonidan ko’pchilik uchun yangi, zamonaviy, hayratlanarli , arxitekturaviy kompozitsiyalarning eng muqobil variantni ishlab chiqshmoqdalar. Bunda binolarning vazifasidan kelib chiqqan holda mos tushadigan tashqi kompozitsiyani tanlash, qo’shni binolar bilan hamohanglikni yaratish, joylashgan o’rniga nisbatan badiiy esteti zavq beruvchi, insonning ruhiy jihatdan tinchlanishiga ko’maklashuvchi arxitekturaviy kompozitsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Biz amaliyot o’tagan ob’ektlarnig aksariyatida qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli tashqi kompozitsiyaga ko’p ham guvoh bo’la olmadik, shunday bo’lsada, quruvchilar tomonidan kerakli ma’lumotlar tushuntirib o’tildi.
Bizda juda katta taasurot qoldirga badiiy kompozitsiya, shuningdek, arxitekturaviy kompozitsiyaning o’ta nafislik bilan ishlangan, barchani birdek hayratga sola oladigan “MANGU SHAHAR” loyihasi bo’ldi, desam hech ham yanglishmagan bo’laman. Bu loyihada barcha-barchasi qadimiy sharqona qurilish uslubiga (ya’ni islom dinidan oldingi davrdan to o’rta asrlarning qurilish uslubiga) xos tarzda bunyod etilgan. Bu qadimiy shaharni barpo etish uchun jami 3.4 gektar yer maydoni ajratilgan bo’lib, shundan roppa-rosa 2 gektar yer maydonida qurilish ishlariga ajratilganligi aytildi. Bu qdimiy shaharchada ikkita yozgi va qishgi restoran, “Chorsu bozori”, novvoyxona, Samarqand qog’zini ishlab chiqarish ustaxonasi, tikuvchilik atelyesi va boshqa ko’plab hunarmandlik markazlari qurilgan, ayni vaqtda esa, bu ob’ektlarning ichki va tashqi bezak ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda har bir ish qo’l mehnatiga tayangan bo’lib, rassomlar, naqsh o’yuvchi ustalar, koshinkorlar va boshqalar bu borada yuksak saviyada ishlarni olib borishmoqdalar. Nafaqat arxitekturaviy yechimi, balki, qurilish texnologiyasi ham o’sha davrlarga xos uslubda qilinmoqda. Natijada, bu yerga kirgan har qanday insonda har bir nashdan tortib, terilgan toshchalargacha hayrat nazari uyg’onib, ustalarning mehnatiga taqsinlar o’qiydilar.

MANGU SHAHAR” ning asosiy ko’chasidagi ob’ektlarning virtual ko’rinishi


MANGU SHAHARNING” oqshom vaqtidagi yuqoridan ko’rinishi


Navbatdagi manzilimiz, Islom dini uchun katta hissa qo’shgan, hadisshunos olim, hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy hazratlarining qadamjolarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yaqindan o’rganish bo’ldi. Ayni damda faqat bizning mavzumizga tegishli bo’lgan joylariga to’xtalib o’tamiz. Maqbara atrofida qadim sharq qurilish uslubida, jami hisobda 25 ming nomozxonga mo’ljallangan masjid binosi qad ko’targan. Uning to’rt tomonidan balandligi 75 metrni tashkil etadigan minoralar qurilmoqda. Ichkaridagi ayvonning eni 10.8 metrni tashkil etadi, uni tutib turish uchun esa ikki qatorlik sharqona uslubda naqshlar bilan bezatilgan utunlardan foydalanilmoqda. Qolaversa, yerto’la qismi ham yaratilgan bo’lib, unda ikki tomondan tahoratxona qurilgan, unda bir vaqtning o’zida 162 kishidan 324 kishi foydalanishi mumkin.
M asjidning tashqi tomonidagi bezak ishlarini olib borish uchun Gretsiyaning Talsas zavodida buyurtma asosida tayyorlangan 3 sm qalinlikdagi oq miramir marmaridan olib kelingan. Inshootning tashqi devor qalinligi 20 sm ni tashkil etadi, uning orqasidan 10 sm lik issiqlik izolyatsiyasi, so’ngra bir qatlamli paraizolyatsiya tortilib anker boltlar yordamida devorga kreped qilinib, marmar osma shaklda o’rnatiladi.

Imom al-Buxoriy majmuasining bezak ishlaridan keyingi






Download 6,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish