1.2. O‘quv amaliyoti vazifalari
Talabalarda o‘z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish, zarur adabiyotlarni tanlay bilish va o‘rganish ko‘nikmasini hosil qilish.
Talabalarni 5-6-7-8-sinf informatika va axborot texnologiyalari maktab darsliklari bilan tanishtirish va tahlil qilish.
5-6-7-8-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatish
Talabalarda jamoada ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Talabalarning ixtisoslik fanlari bo‘yicha egallagan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash.
Kompyuter axborotga ishlov berishning universal vositasi sifatida ishlata olish, raqamli texnologiyalaridan foydalanish, iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash, iqtisodiy masalalarni yechishda zamonaviy texnik va dasturiy vositalarning imkoniyatlaridan foydalanishga o‘rgatish.
Kompyuterning texnik vositalarni yigʻish, asosiy va atrof qurilmalarini ishlata olish va ularni boshqarish, zamonaviy dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish hamda ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini hosil qilish.
1.3. O‘quv amaliyoti bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv amaliyotini o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Informatikaning nazariy asoslari fanining asosiy tushunchalari, axborotlashgan jamiyat, axborot resurslari, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash tillari va ular yordamida dasturlash, zamonaviy kompyuterlarning ichki tuzilishi va arxitekturasi, mikroprosessorlar, shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish tamoyillarini bilishlari kerak;
axboriy jarayonlar, zamonaviy kompyuterlarga operasion tizimlar va turli dasturlarni o‘rnatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib axborotlar ustida amallar bajarish, muayyan dasturlash tilining buruqlar tizimi va operatorlarini qo‘llagan holda dasturlar tuza olish hamda ularga xizmat ko‘rsatish, grafik qobiqlar, matn muxarirlari, jadval protsessorlari bilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak;
zamonaviy kompyuterlar va ularning asosiy qurilmalari, tizimli va amaliy dasturiy ta`minot, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib kasbiy sohasida uchraydigan masalalarni hal qilish, zamonaviy dasturlash tillari muhitida ishlash, masalalarni tahlil qila olish, muayyan dasturlash tillari yordamida masalalarning dasturini tuzish va natijalarni taqqoslay olish, operasion tizimni yangilash yoki yangi versiyalariga o‘zgartirish malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |