Loyihalash bosqichida hal etiladigan masalalar:
ob’ektni sanoat maydonida joylashtirish, funksional mintaqalash.
ishlab chiqarish binolari maydonini rejalash.
texnologik jihozlarning sanitariy me’yorlarga mos kelishi.
ish joylarini mehnat fiziologiyasi, ergonomika va not talablariga asosan tashkillashtirish.
ishlab chiqarish ventilyasiyasi.
tabiiy va sun’iy yoritilganlik.
ishchilarga maishiy-sanitar xizmat ko‘rsatish.
Quydagilar rasmiylashtiriladi:
loyiha bo‘yicha xulosa – 303/u sh.;
loyiha haqida xulosa qayd etuvchi jurnal – 304/u sh.
DSENM mehnat gigienasi bo‘limida qurilish loyihalari quyidagi qismlari ekspertizasidan o‘tkaziladi:
korxona bosh rejasi;
sexlarda texnologik ashYo‘lar (dastgohlar, moslamalar va boshqalar) joylashtirish;
maishiy xizmat xonalari;
ventilyasiya;
yoritilganlikni uyushtirilishi.
Loyiha sanitariya ekspertizasiga quyidagi hujjatlar bilan birga DSENMga yo‘llaniladi:
Yo‘llanma – bu hujjatga loyiha qaysi tashkilot tomonidan buyurtirilganligi, loyihalanganligi, sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bilan kelishish kerak bo‘lgan masalalar ko‘rsatiladi.
Tushuntirish xati loyihada ko‘zda tutilgan maqsad, texnologik jarayonni tavsiflovchi texnik ma’lumotlar soni, ishchilar soni, ishni tashkil etilganligi, korxonada turli maqsadlar uchun sarflanadigan suv hajmi va boshqalar keltiriladi.
Hozirgi kunda amaldagi tartibga binoan loyiha ekspertizasini DSENM da 15 kun mobaynida, kerak bo‘lsa ayrim hollarda 30 kungacha ko‘rilib chiqilishi kerak.
Korxona bosh rejasi ekspertizasi.
Bosh reja bu korxona uchun ajratilgan er maydonida binolar va qurilmalar joylashtirilish rejasidir.
Bu loyiha ekspertizasida quyidagi masalalar hal etiladi:
texnologik jarayonning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari va ular ajratib chiqaradigan manbalari ko‘rsatilgan holdagi qisqacha tavsifi;
binolar orasidagi masofani tabiiy shamollatish, yong‘indan va portlashdan xavfsizlik tomonlarini hisobga olgan holda baholash;
binolar joylashishini ular orientatsiyasini shamol yo‘nalishini, texnologik jarayonning izchilligini va asosiy zararli omillarini hisobga olgan holda baholash;
binolar tipi, qavatliligi, xonalar o‘lchami, pardozlash materiallari, jihozlar joylashuvi, ishlab chiqarish zararli omillari, ishchilar soni, aeratsiya va tabiiy yoritish imkoniyatlari;
sanoat maydonchasini zonalarga bo‘linishi (texnologik ehtiyoj yoki sanitariya gigiena talablari bilan belgilanadi), transport aloqalari, yayov yurish uchun mo‘ljallangn yo‘llarning borligi;
loyihalashtirilayotgan jihozlar va texnologik jarayonlar alohida parametrlarning (ko‘rsatkichlarning) gigienik talablariga muvofiqligini baholash, mexanizatsiya, avtomatizatsiyani, uzluksizlikni germetiklikni tashkil qilish, ish joylarini, qo‘l uskunalarini maqsadga muvofiqlashtirish va boshqalarni baholash;
yordamchi bino va xonalarning borligi va ularning joylashishi: ma’muriy idora, maishiy ovqatlanish shahobchalari, tibbiy punkt va boshqalar;
suv ta’minoti va kanalizatsiyani baholash (suv ta’minotini hisoblab chiqish va suv manbaining unga muvofiqligi, oqava suvlarini tozalash va suv xavzalariga tushirish sharoitlari va boshqalar), atmosfera havosini himoya qiluvchi qurilmalarning mavjudligini baholash.
Loyihaning suv ta’minoti, kanalizatsiya va atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha echimlarning kommunal gigienasi vrachi bilan birgalikda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish yoritish loyihalarini gigienik baholashda quyidagi sxemaga amal qilmoq maqsadga muvofiqdir:
yorug‘lik manbasini tanlashni, yoritish tizimlarini, yoritkichlarni va ularning vertikal va gorizontal bo‘ylab joylashishini baholash;
ko‘z bilan ajratilishi lozim bo‘lgan eng kichik detalning o‘lchami uning fon bilan farqiga, yoritish sistemasi va manbaiga bog‘liq holda turli ishlar uchun yoritilganlik darajasining to‘g‘ri tanlanishini qarab chiqish va baholash;
loyihada ko‘rsatilgan yoritilganlikni tekshiruv hisoblari yordamida baholash;
avariya hollariga mo‘ljallangan yoritkichlardan hosil bo‘ladigan loyihalashtirilgan yoritilganlikni tavsiflash va baholash;
yoritkichlar va deraza oynalarini tozalash usullari va muddatlarining loyihadagi echimlarini baholash.
Ishlab chiqarish ventilyasiyasi loyihalarini gigienik ekspertiza o‘tkazganda quyidagilar o‘rganiladi va baholanadi.
ventilyasiya o‘rnatilishini taqozo qiluvchi asosiy zararli omillarni ko‘rsatgan holda texnologik jarayonning tavsifi;
tanlagan ventilyasiya sistemasi va uning sexda joylashishini (havo beradigan va co‘radigan teshiklarning sex ichida to‘g‘ri joylashishi);
havo olib keluvchi ventilyasiyaning tashqaridagi havo oladigan va havo tortadigan ventilyasiyaning tashqariga chiqarib tashlaydigan teshiklarning joylashishini baholash;
loyihalashtirilgan ventilyasiya ishlashi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan sanitariya sharoitlarining (meteosharoitlar, chang, zararli gaz va bug‘lar konsentratsiyasi) gigienik normaga javob bera olishi nuqtai nazaridan baholash;
tekshiruvchi hisoblashlar yo‘li bilan alohida xonalarda zararli omillarga qarshi kurashish uchun havo almashinuvining ta’minlanishini baholash;
ventilyasiya qurilmalarining joylashishi va ularning samaradorligini baholash;
tortuvchi ventilyasiya chiqarib tashlaydigan havoning tozalanishi va uning tavsifi;
havoni tortish va berishda havo muvozanatiga baho berish;
ventilyasiya sistemalari ishidan hosil bo‘ladigan shovqinga qarshi kurashishni baholash.
Maishiy xonalar joylanishi va jihozlanishini ko‘rib chiqilganda quyidagi sxemaga amal qilish lozim.
umumiy va maxsus maishiy xonalar to‘plamining gigienik talablariga muvofiqligi;
maishiy xonalarning o‘zaro maqsadga muvofiq joylashishini ishlab chiqish jarayonining xususiyatlarini va ulardan foydalanishning qulay bo‘lishligini hisobga olgan holda baholash;
garderob, dush, yuvinish va boshqa xonalarda jihozlarning etarliligi va ularning to‘g‘ri joylashishini baholash;
xonalar yoritilishi, ventilyasiyasi, isitilishi va pardozlanishining talablariga muvofiqligini baholash.
Ekspertizada materiallar sanitariya texnik kengashida muhokama qilinadi. DSENM qoshida tashkil etilgan bu kengash ishida DSENM mutaxassishlaridan tashqari loyihachi tashkilot, buyurtmachi va boshqa maxkamalar vakillari qatnashishadi. Sanitar texnik kengashda qabul qilingan qaror DSENM rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ekspertiza natijalari sanitar texnik kengash qaroriga qarab mehnat gigienasi vrachi 303 – X shaklidagi xulosani tuzadi ( ilova 4). Bu xulosa maxsus jurnal 304 – X da qayd qilinadi (ilova 5).
Boshqa ma’lumotlar qatorida bu xulosada loyihada topilgan barcha sanitar – gigiena norma va qoidalardan tashqari, cheklanishlar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
Kamchilik va tanqidiy mulohazalarning borligi va ularning ahamiyatiga qarab odatda xulosa ikki xilda bo‘lib, shulardan biri shaklida tuziladi:
shahar (tuman, viloyat) davlat sanitariya nazorati loyihani ma’qullaydi (agarda uni qayta ishlash uchun tanqidiy mulohaza va takliflar bo‘lmasa);
shahar (tuman, viloyat) davlat sanitariya nazorati loyihani ma’qullashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |