5-ilova
4-ilova
Topshiriq № 1
Chorvadorlarning mehnat gigiyenasini o’rganish
Eslatma: o’quv qo’llanmadan foydalaning.
|
.
Topshiriq № 2
Dalolatnoma tuzish.Chorvadorlarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishni tahlil qilish
Eslatma: O’quv qo’llanmadan foydalaning.
|
.
-ilova__MASHQ_USULI'>6-ilova
MASHQ USULI
O’rganilayotgan materialni amaliyotda qo’llash maqsadi bilan muntazam tashkillashtirilgan ko’p takrorlanuvchi harakat.
Usulning asosiy vazifasi ta’limiy va rivojlantiruvchi. Ta’lim oluvchilar bevosita ta’lim beruvchining boshchiligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar, umumlashtiradilar.
Tayyor namuna bo’yicha amaliy harakatlarni bajaradilar.
|
.
7-ilova
Uyga vazifa:O’tilgan mavzuni o’zlashtirib, yangi mavzuga tayyorlanib kelish.
Adabiyotlar: G.T.Iskandarova “Mehnat gigiyenasi” 296-311 betlar
4 amaliy mashg’ulot: Qishloq ho’jaligida mehnat gigiyenasi.
O’BK: 1. Chorvadorlarning mehnat gigiyenasi.
2. Dalolatnoma tuzish.Chorvadorlarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish.
Chorvadorlarning mehnat gigiyenasi. Ma’lumki, O‘zbekistonda chorvachilik keng rivojlantirilmoqda. Chorvadorlar molxonada to‘plangan har xil gazli havodan nafas oladilar, mushaklariga zo‘r keladigan og‘ir jismoniy mehnat qiladilar. Bundan tashqari, ba’zi bir kasalliklar (brutsellyoz, kuydirgi, sil va boshqalar) hayvonlardan odamga yuqishi mumkin. Molxona havosi asosan sulfid, karbonat kislota va ammiak bilan ifloslanadi. Qish faslida molxona havosi tarkibida ammiak miqdori sanitariya me’yoridan oshib ketishi mumkin. Vodorod sulfid va karbonat kislota miqdori deyarli oshmaydi. Molxona harorati qish faslida +3°C dan 13°C, nisbii namlik esa 18-95 foiz atrofida bo'ladi. Sut fermalarida sutni qo‘lda sog‘ish og‘ir va mashaqqatli ish bo‘lib, qo‘l va yelka mushaklariga zo‘r keladi. Bundan tashqari, uzoq muddat noqulay - cho‘qqayib o‘tirish natijasida ish qobiliyati pasayishi bilan birga sog‘uvchida kasb kasalligi, jumladan neyromiozit, periferik angionevrozlar, tendovaginitlar, poliartritlar yuzaga kelishi mumkin. Sut sog‘uvchilaming barmoqlarida uchraydigan "sog‘uvchi tugunchasi" deb ataluvchi kasallik o‘ziga xos virusli kasallik bo‘lib, sutni qo‘lda sog‘ish vaqtida kasal sigir yelini g‘uddalaridan o‘tadi. Buning oldini olish uchun sutni PDA-1 yoki "Tandem" qurilmalari yordamida sog‘ish odat tusiga kirib bormoqda. Bunday qurilmalarni qurish imkoniyati bo‘lmagan kichik fermalarda esa sigirni aylanib turadigan o‘tirg‘ichlarda o'tirib sog‘ish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, sog‘ishga o‘tirishdan oldin 2-3 daqiqa davomida sog‘uvchi o‘z qo‘llarini uqalashi, barmoq uchlaridan to tirsak bo‘g‘inlarigacha silashi lozim, bu ish unumini oshirishga hamda charchashning oldini olishga yordam beradi. Sut sog‘ib bo‘lgandan so‘ng bu muolaja yana takrorlanadi. Qo‘lni uqalagandan keyin 10-15 daqiqa davomida harorati 36-38°C bo‘lgan issiq suvga solib o‘tirish hamda har kuni 20-30 daqiqa jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Deyarli barcha fermalarda og‘ir jismoniy ish bilan bir qatorda molboqarlar va sut sog ‘uvchilarda zambu rug‘li kasallik lar - aktinomikoz, staxibotriotoksikoz, sporotrixoz kasalliklari uchrab turadi. Kasal mollarni boqadigan, tagini tozalash bilan band bo'lgan shaxslarda oqsim, brutsellez, kuydirgi, tulyaremiya, qo‘y chechagi, cho‘chqa saramasi uchrashi mumkin. Zamonaviy fermalarda bajariladigan ishlar mexanizatsiyani hamda avtomatizatsiyani keng joriy etish tufayli amalga oshirilmog‘i lozim. Ferma qurish uchun ajratilgan maydon tepalikda (yomg‘ir va qor suvlari to‘dalanmaydigan joyda) suv manbaiga yaqin, atrofi maysazor va aholi yashaydigan joydan kamida 250 metr narida bo‘lgani ma’qul. Molxona devorlari silliq qilib suvaladi, oqlanadi, yer asfaltlanadi, quyuq loy bilan shag‘al aralashtirib shibbalanadi yoki taxta qoqiladi. Molxona ichida yorug‘lik koeffitsiyenti qo‘raning biqiniga o‘rnatilgan oyna hisobiga 1:10,1:12 bo‘lishi kerak. Sun’iy yorug'lik shaxmat tarzida o‘rnatilgan elektrlampa hisobiga bo‘lib, sigirlarni sog‘ish vaqtida - 75 lk, yem-xashak tarqatish vaqtida - 10 lk bo'lishi kerak.
Katta fermalar maxsus sexlarida ozuqa retsept bo‘yicha sifatli qilib tayyorlanadi. Fermalarda ayollar uchun maxsus gigiyena xonasi, dushxona hamda dam olish va ovqatlanish xonalari bo’lishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |