O’quv adabiyoti


Qovurg’alarning umurtqalar va to’sh suyagi bilan birlashuvi



Download 43,86 Mb.
bet58/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Qovurg’alarning umurtqalar va to’sh suyagi bilan birlashuvi
Qovurg’alar ko’krak umurtqalari bilan ikkita bo’g’im: qovurg’a boshi va qovurg’a-ko’ndalang o’simta bo’g’imini hosil qilib birikadi.
Qovurg’a boshi bo’g’imi (articulatio capitis costae) ikkita qo’shni ko’krak umurtqalarining qovurg’a yarim chuqurchasi va qovurg’a boshining bo’g’im yuzasi o’rtasida hosil bo’ladi. II-X qovurg’alarda bo’g’im ichida qovurg’a boshchasi qirrasidan boshlanib, umurtqalararo diskka birikuvchi bo’g’im ichi qovurg’a boshi boylami (lig. capitis costae interarticulare) bor. I, XI, XII qovurg’alarning boshida qirrasi bo’lmagani uchun ularda bunday boylam yo’q. Bo’g’im xaltasi ustidan qovurg’a boshini oldingi yuzasidan boshlanib, shu’la kabi tarqalib umurtqalar tanasiga va umurtqalararo diskka birikuvchi qovurg’a boshining shu’lasimon boylami (lig. capitis costae radiatum) bilan mustahkamlanadi.
Qovurg’a-ko’ndalang o’simta bo’g’imi (articulatio costotransversaria) qovurg’a do’mbog’i bo’g’im yuzasi va ko’ndalang o’simtaning qovurg’a chuqurchasi o’rtasida hosil bo’ladi. XI, XII qovurg’alarda bu bo’g’im bo’lmaydi. Bu bo’g’imning xaltasi yupqa bo’lib, qovurg’a-ko’ndalang o’simta boylami (lig. costotransversarium) mustahkamlab turadi. Bu boylam tutamlari (lig. costotransversarium superior) va (lig. costotransversarium laterale) ga bo’linadi.
Qovurg’alar to’sh suyagi bilan bo’g’im va sinxondrozlar hosil qilib birikadi. I qovurg’a tog’ayi to’sh suyagi bilan sinxondroz hosil qilib biriksa, II-VII qovurg’alarning tog’aylari to’sh suyagi bilan to’sh-qovurg’a bo’g’imi (articulatio sternocostalis) hosil qiladi. Bu bo’g’imni hosil qilishda qovurg’alar tog’ayining oldingi uchi to’shning qovurg’a o’ymalari bilan birlashadi. To’sh-qovurg’a bo’g’imida bo’g’im xaltasi bo’lmay, uning vazifasini to’sh suyagiga o’tuvchi qovurg’a tog’ayini qoplagan tog’ay usti parda bajaradi. Bo’g’im ichida (lig. sternocostale intraarticulare) bor. Bo’g’imning oldingi va orqa yuzalarida shu’lasimon to’sh-qovurg’a boylami (lig. sternocostalia radiata) mustahkamlab turadi. Bu boylamlar old tomondan to’shning suyak pardasi bilan birikib ketib zich to’sh pardasini (membrana sterni) hosil qiladi. VIII, IX, X qovurg’alarning tog’aylari to’sh suyagiga birikmaydi. Ularning tog’aylari bir-biriga chetlari bilan yondoshib tog’aylararo bo’g’imlar (articulationes interchondrales) hosil qiladi. VIII qovurg’a tog’ayi esa VII qovurg’a tog’ayiga birikadi.
Ko’krak qafasi (compages thoracis) 12 ta ko’krak umurtqasi, 12 juft qovurg’a va to’sh suyagining o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Odamda u oldindan orqaga qarab yassilashgan kesik konus shaklida. Uning shakli o’zgaruvchan (yassi, tsilindrsimon va konussimon) bo’lib, uni o’rab turgan mushaklarga, ichki a’zolarning joylashishi va kasbga bog’liq. Ko’krak qafasida yuqorigi va pastki aperturalar tafovut qilinadi. Uning yuqorigi aperturasi (apertura thorocis superior) I ko’krak umurtqasi, birinchi qovurg’alarning ichki chekkalari va to’sh dastasining ustki chekkasi bilan chegaralangan. Uning oldingi-orqa o’lchami 5-6 sm, ko’ndalang o’lchami esa 10-12 sm bo’lib, biroz oldinga egilgan. Ko’krak qafasining pastki aperturasi (apertura thoracis inferior) orqadan XII ko’krak umurtqasi, oldindan to’sh suyagining xanjarsimon o’simtasi, yon tomondan pastki qovurg’alar bilan chegaralangan. Uning oldingi-orqa o’lchami 13-15 sm, ko’ndalang o’lchami esa 25-28 sm. O’ng va chap qovurg’a ravoqlari yon tomondan to’sh osti burchagini (angulus infrasternalis) chegaralab turadi.
Ko’krak qafasining ustki aperturasi orqali kekirdak, qizilo’ngach, qon tomir va nervlar o’tadi. Uning pastki aperturasi diafragma bilan bekilgan bo’lib, unda qizilo’ngach, aorta va pastki kavak vena o’tadigan teshiklar bor.
Yangi tug’ilgan bolaning ko’krak qafasi ikki yonidan siqib qo’yilgan kesik konus shakliga ega. Uning oldingi-orqa o’lchami (7,5-7,7 sm), ko’ndalang o’lchamidan (6,9-7,2 sm) katta. Ularda ko’krak qafasining yuqori qismi yaxshi taraqqiy etmagan, pastki qismi esa keng. To’sh osti burchagi 90-960. Bola hayotining birinchi yilida ko’krak qafasining aylanasi 1,5 marta kattalashadi va to’sh osti burchagi 60-700 gacha kamayadi. Erta bolalik davrida ko’krak qafasi uzayib konus shaklini oladi. Davr oxirida uning oldingi-orqa va ko’ndalang o’lchamlari tenglashadi. Bolalikning birinchi davri oxirida ko’krak qafasi ko’ndalang o’lchami oldingi-orqa o’lchamidan kattalashib, kattalarnikiga o’xshash shaklga ega bo’ladi. Ko’krak qafasining taraqqiyoti o’smirlik davrida tugallanib, uning shaxsiy va jinsiy belgilari paydo bo’ladi.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish