ASKARIDOZ
Askaridoz askaridalar tomonadan qo'zg'atuluvchi, boshlang'ich bosqichida allergik, so'ngga bosqichida ko'proq ichak sindromi bilan kechuvchi surunkali kasallik.
Boshqa o'lkalarga nisbatan O'zbekistonda bu kasallik kam kuzatiladi. Tog'li xududlarda askaridoz o'choqlari ko'proq uchraydi.
Etiologiyasi. Qo'zg'atuvchisi - askaridalar (Ascaris lumbricoides) yirik nematodlar bo'lib, erkagining uzunliga 15-25 sm, urg'ochisining uzunligi esa 24-44 sm ga yetadi).
Yetilgan askaridalar odamning ingichka ichagida (bittadan bir necha ta donagacha) parazitlik qilada. Ularning umri bir yil bo'lishiga qaramasdan, qayta yuqishm tufayli ichakda ko'p yillab saqlanadi.
Har bir urg'ochi askarida bir kunda 200000 ga yaqin (ham urug'langan ham urug'lanmagan) tuxum qo'yadi. Najas bilan ajralgan gijja tuhumining keyingi, invazion bosqichigacha bo'lgan rivoji tashqi muhitda (asosan to'proqda) kechadi.
Gijja tuxumlari ingichka ichakka tushganida ulardan lichinkalar rivojlanib, vena oqimi orqali o'ng yurak bo'limi va o'pkaning qiltomirlariga yetib boradi va faol harakat qilib, qiltomir devorini teshib o'tgach, alveolalar va so'ngra bronxiolalarga, keyinchalik traxeya orqali tomoq va og'izga tushadi. U yerdan so'lak bilan yutilib, ingachka ichakka qayta tushadi va rivojlanib, yetilgan askaridalarga aylanada. Lichinkalarning mitratsiyasi 2-3 xafta davom etadi. Umuman olganda odamga yuqqanidan boshlab, to askaridalar yetilib tuxum ajrata boshlaguncha — 2.5-3 oy vaqt o'tadi.
Epidemiologiyasi. Gijja tuxumining invazion lichinka darajasigacha rivojlanishi asosan tuproqda, mo'tadil harorat (130 30°S daraja), namlik va kislorod mavjudligida 12-14 kun davom etadi. Askarida tuhumlari bemalol qishlay oladi — 30°S daraja sovuqda ham nobud bo'lmaydi.
Askaridozning birdan bir manbai odam xisoblanadi. Ayniqsa maktabgacha va maktab yoshida bo'lgan bolalarning epidemiologik ahamiyati katta. Yuqish asosan og'iz-najas yo'li bilan sodir bo'ladi. Ko'pincha odam axlatini go'ng sifatida ishlatib yetkazilgan sabzavot, ko'katlarni va ayniqsa qulupnayni istemol qilish oqibatida yuqadi. Ko'proq bolalar va sabzavot yetishtiruvchi dehqonlar kasallanadi.
Klinikasi. Kasallikning migratsion bosqichi 5-7 kun davom etib ba'zan belgilarsiz o'tadi. Kasallik yuqqanidan 2-3 kun keyin bemorda quvvatsizlik, ba'zan isitma, terida urtikar toshma, yoki eshakemi ko'riladi. qo'l va oyoq barmoqlarida mayda pufakchalar toshadi. Limfatik tugunlar, jigar va taloq kattalashadi. Bu bosqichda asosan o'pka sivdromi xos: bemor quruq yoki balg'amli yo'taladi, hansirab nafas oladi, kukragida og'riq sezadi, ba'zan bo'g'ilib, ko'karadi, qon tupuradi. Eshitib ko'rilganda bronxopnevmoniyaga xos belgilar ko'rinadi. Bu o'zgarishlar qonda eozinofillarning ko'payishi (30-40% gacha) va ECHT ning ortishi bilan kuzatiladi.
Kasallikning keyingi (ichak) boskichi ko'pincha oshqozon-ichak va nerv sistemalari faoliyatining buzilishi alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Bemorning ishtaxasi buziladi, tez-tez kungli ayniydi, so'lak ajralishi kupayadi, qorni og'riydi, uyqusi buzilib ish qobiliyati pasayadi. Injiq va tajang bo'lib koladi. Ichining kelishi ba'zan suyuq, ba'zan esa qabziyat bo'ladi. Kamdan-kam xollarda tutqanoq xurujlari va xatto meningial alomatlari kuzatiladi. Qonda biroz eozinofiliya, ba'zan gipoxrom anemiya va trombotsitopeniya bo'ladi.
Asoratlari. Pariantlar ichakda ilgari o'tkazilgan operatsiya choklarini yirtishi va oqibatda peritonit rivojiga sabab bo'lishi mumkin. Urmalab kirishi oqibatida o'tkir appenditsit, obturatsion (safro dimlanib qoladagan) sariq kasalligi, yiringli xoleststit, jigar abssessi va og'ir pankreatit rivojlanishi mumkin. Ichak tutilishi, ayrim hollarda bolalar uyqusi vaqtida, askaridalarni o'rmalab oshqozon, qizilo'ngach, tomoq orqali traxeyaga o'tib, bo'g'ilib kolishi oqibatida o'lim xollari xam kuzatiladi.
Tashxisi. Askaridozni migratsion davrida aniqash ancha mushkul. Epidemiologik anamnezi mos kelgan taqdirda, yuqori eozinofiliya hamda o'pka jarohatlanishi alomatlari bo'lgan har bir bemor askaridozga shubha qilinmog'i kerak. Ayrim bemorlarning balg'amida askarida lichinkalarini topish mumkin.
Askaridozning ichak bosqichida bemor ahlatida gijja tuxumini topilishi eng oson va eng samarali usul xisoblanadi. Ichakni rentgek orqali ko'rish usuli xam ba'zan qul kelishi mumkin.
Davolash. Askaridozni lichinkali (migratsion) borqichida -mintezol (tiabendazol) har kuni 50 mg/kg dan 5-7 kun davomida, kunlik doza 2-3 bo'lib ichiriladi. Vermoks (mebendazol) — bir kunda 2 madal 100 mg dan 3-4 kun berilada. Bu dorilarni berish bilan birga, albatta antigistamin dorilar (suprastin, tavegil, dimedrol va boshqalar) berilishi kerak.
Askaridozning keyingi (ichak) bosqichida ko'proq levomizol (dekaris), kombantrin, vermoks qo'llanadi. Ular juda samarali bo'lishi bilan birga qo'llanishi oson, nohush ta'siri kam dorilardir.
Levomizol — kattalarga 150 mg dan bir marta, kechki ovqatdan keyin beriladi. Dekaris bolalarga 2.5 mg/kg hisobidan beriladi. Homilador ayollarga berish mumkin emas.
Kombantrin (pirantel) 10 mg/kg hisobidan bir marta, ovqatlanish paytida beriladi.
Profilaktikasi. Askaridozga qarshi olib boriladigan choralar bir vaqtda, kompleks ravishda olib borilgan taqdirdagina samara barishi mumkin. Ular kasallik manbaini zararlantirish (bemorni davolash) va yuqish yullarini qirqishga (tuproqqa, suvga va ulardan sabzavot, ho'l mevalar va qo'lga askarida tuxumlari tushmasligiga) qaratalmog'i kerak. Umuman olganda aholining sanitariya madaniyatini hamda ichak kasalliklari (ayniqsa ularning yuqish yo'llari) haqidaga ma'lumotini oshirish juda mug'im axamiyatga ega.
TRIXOTSEFALYOZ (QILBOSH)
Trihotsefalyoz — asosan oshqozon-ichak tizimi a'zolarining faoliyatini buzilishi bilan kechadigan, surunkali gelmintozdir.
Qilbosh odamlar orasida ekg keng tarqalgan gijjalar jumlasiga kiradi. Uning tarqalishi ham ko'pincha askaridozning tarqalishi xududlariga mos keladi. O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda, trixotsefalyoz o'choqlari asosan tog'li va tog'oldi tumanlarida topiladi. Kasallik Farg'ona, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida keng tarqalgan.
Etiologiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi — qilbosh (Trichocephalus trichiurus). Erkagining uzunliga 3-4.5 sm, urg'ochining uzunligi — 3.5-5.5 sm bo'ladi. Odam ichagida qilbosh 4-5 yil yashaydi.
Qilbosh asosan ichakning ko'richak qismida, ko'p bo'lganida yo'g'on ichakning boshqa qismlarida, faqat ayrim hollarda ingachka ichakda ham istiqomat qiladi ichakka chuqur kirib oladi, tanasi esa ichak bo'shlig'ida osilib qolada. U odam qoni bilan oziqlanadi. Ichakda qilboshning soni bittadan tortib o'nlab, yuzlab va hatto minglab bo'lishi mumkin. Urg'ochi gijjalar ichakda qo'ygan tuxumi (bir sutkada 1000 dan 3500 gacha) tashqi muhitga najas orqali ajraladi. Tashqi muhitda (asosan tuproqda) tuxumdan lichinkalar (1-17 kun davomida) rivojlanadi. Og'iz orqali tushgan lichinkalar o'n ikki barmoqli ichakning so'rg'ichlari orasiga joylashib olib, 3-10 kun davomida shu yerda saqlanadi. So'ngra ichak bo'shlig'iga qayta tushib ko'richakka keladi va shu yerda rivojlanib balog'atga yetadi. Qilbosh yuqori kundan boshlab, to balog'atga yetguncha bo'lgan rivojlanish jarayon 30-40 kun davom etadi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai, najasi bilan gijja tuxumini ajratuvchi odam. Trixotsefalyoz — najas-og'iz yo'li bilan yuquvchi geogelmintoz hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo'llari xuddi askaridozga o'xshash. Tashqi muhit sharoiti qulay bo'lgan taqdirda qilbosh tuxumlari tuproqda bir yilgacha va undan ortiq yashashi mumkin.
O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonda, trixotsefalyoz bilan ko'proq bog'cha yoshidagi yoki boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar kasallanadi.
Klinikasi. Kasallikning birlamchi klinik belgilari parazit yuqqanidan 1-1.5 kun o'tgach ko'rina boshlaydi. Bemorni ko'proq ko'ngil aynashi, ishtag'aning pasayishi, so'lak oqishi, qorinda ko'proq o'ng pastki qismda, og'riq bezovta qiladi. Agarda qilbosh ichakning chuvalchangsimon o'simtasi ichiga kirib qolsa, unda sanchishish og'riq, agarda unga infeksiya qo'shilsa appenditsit huruji kuzatiladi. Biroq iqlimiy sharoiti mo'tadil bo'lgan hududlarda trixotsefalyoz subklinik turda kechadi.
Invaziya darajasi yuqori bo'lgan taqdirda og'ir va asoratli kechadi. Bunda ko'pincha diareya surunkali tus oladi va ahlatda shilliq va qon aralashmasi, ichakda og'riq, tenezm (og'riqli kuchaniq) kuzatiladi hamda bemor kundan-kunga ozib ketadi. Kasallik bakterial infeksiya bilan birga kechganda, ayniqsa bolalarda, tug'ri ichagi tushishi (chiqib qolishi) ko'riladi. Invaziya uzoq davom etganida gipoxromli yoki normaxromli kamqonlik rivojlanadi va biroz eozinofiliya (10-20%), hamda S, V, V2 vitaminlap muvozanati buzilganini ko'rish mumkin.
Najasni ko'rilganda, unda yopishqoq quyuq shilliq va qon aralashmasi ko'rinadi. Mikroskop ostida qaraganda qilbosh tuxumlaridan tashqari, Sharko-Leyden kristallari, eozinofillap va boshqa ekssudativ va epitelial xujayralar bo'ladi.
Trixotsefalyoz tashxisi najasda qilbosh tuxumini aniqlashga asoslanadi. Bunda koprogelmintoskopiya usulidan foydalanish ko'proq ijobiy natija beradi.
Davolash. Gijja xaydovchi dorilardan naftamon, difezid, mebendazol, tiabendazol keng qo'llanadi.
Difezil va naftamonni - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga -2.5 g, 5 yoshdan yuqori bolalar va kattalarga — 5 g dan 5 kun davomida beriladi. Ko'rsatilgan miyedordagi dorini 30-50 g suvda (yoki iliq qandli sharbatda) yaxshilab aralashtirib bir marta ichiladi. Tiabendazol — 1kg og'irlikka 35 mg xisobida bir kunda bir marta 2 kun davomida beriladi.
Mebendazol (vermoks) — kattalarga va 9 yoshdan yuqori bolalarga 100 mg (1 tabletka) dan kunda 2 mahal, 3 kun davomida beriladi. Xomilador ayollarga vermoks berish mumkin emas. Takroriy kurs faqat 2-3 oydan so'ng o'tkazilishi mumkin.
Profilaktikasi. Profilaktik choralar huddi askaridozdagi singari o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |