O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova


YUQUMLI KASALLIKLARNING UMUMII XUSUSIYATLARI



Download 1,52 Mb.
bet2/31
Sana01.04.2017
Hajmi1,52 Mb.
#5864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

YUQUMLI KASALLIKLARNING UMUMII XUSUSIYATLARI

Yuqumli (infeksion) kasallik aslida lotincha "infecio" so'zidan olingan bo'lib, "ifloslanish" ma'nosini bildiradi. Inson organizmi (makroorganizm) bilan kasallik quzg'atuvchi mikrob (mikroorganizm) ning ma'lum sharoitda o'zaro ta'siri oqibatida yuzaga keladigan o'zgarishlar infeksion jarayon deb ataladi. Bu jarayon kasallik alomatlari ko'rinishida namoyon bulsa, u yuqumli kasallik deb yuritiladi. Xastalik alomatlari yaqqol, yoki biroz sezilarli darajada ifodalangan bo'lishi mumkin. Qanday darajada ifodolanishidan qat'iy nazar, yuqumli kasallik bemor organizmida chuqur patofiziologik, immunologik va funksional o'zgarishlar paydo bo'ladi.

Ba'zi xollarda kasallik mikroblariga inson organizmi befarz qaraydi. Mikrobga nisbatan immunaallergnk javob reaksiyasi rivojlanmaydi. Kasallik alomatlari bo'lmaydi. Mikrob esa, ma'lum va o'rtacha biror a'zoga joylashib olib, faqat laboratoriya tekshiruvidagina aniqlanadi. Masalan, difteriya tayoqchasi yoki meningokokklar odam tomog'ida ma'lum muddatgacha topilib tursa ham, kasallik alomatlari bo'lmasligi mumkin. Bunday holat bakteriya tashuvchanlik holati deyiladi. Odamda kasallik qo'zg'atuvchi mikrob bir marotabagina topilib, kasallik kuzatilmagan holat tranzitor (tasodifiy organizmga tushdi-yu, chiqib ketdi) bakteriya tashuvchanlik deb hisoblanadi.

Yuqumli kasalliklarniig o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular Quyidagilardan iborat:

1. Barcha yuqumli kasalliklar bemor yoki bakteriya tashuvchilardan atrofdagi sog'lom kishilarga yuqishi mumknn. Kasallikning atrofdagalarga yuqish ehtimoli kasaldik turita va kechish davriga bog'liq.

2. Yuqumdi kasalliklarda o'ziga xoslik mavjud har bir kasallik ma'lum turdagi patogen mikrob tomonidan quzg'otiladi. Masalan, difteriya (bo'g'ma) ni difteriya tayoqchaasi, qizamiqni - qizamiq virusi, vaboni - vabo vabrioni qo'zg'atadi hyech qachon vabo vibrioni difteriyani qo'zg'atmaydi, yoki aksincha ham bo'lmaydi).

3. Yuqumli kasalliklar kechishida ma'lum davriylik kuzatiladi. Patogen mikrob odam organizmiga tushganidan sung ma'lum muddatgacha kasallik alomatlari ko'rinmaydi. Uni yuqumli kasallikning yashirin (inkubatsion) davri deb ataladi. Bu davr muddati turli kasalliklarda turlicha bo'ladi. Masalan, grippda bir necha soatdan 2 kungacha, ich terlamada 2-3 hafta va hokazo. Keyingi davr kasallik alomatlari namoyon bulgan davr hisoblanadi. Unda kasallikning umumiy alomatlari ham, har bir xastalikning o'ziga xos bo'lgan klinik alomatlari ham yuzaga chiqadi. Bu belgilar dastlab paydo bo'ladi (prodromal davr), rivojlanib avjiga yetadi va ma'lum muddatdan so'ng borib, yo'qoladi. Kasallik alomatlari kamaya boshlagandan bemor o'zini durustroq his qila boshlaydi. Bu tuzalish (rekonvalessensiya) davri boshlanganidan darak beradi. U kupincha sog'ayish davri bilan tugallaiadi. Ayrim hollarda, bu davrda kasallik zo'rayishi mumkin.

Yuqumli kasalliklarda “to'la sog'ayish” deganda faqat kasallik alomatlarining to'la tugashi emas balki bakteriologik sog'ayish ham nazarda tutiladi. Chunki bemor kasalliklar to'la forig' bo'lganida, uning organizmidan patogik mikroblar ajralishi ham to'xtash kerak. Bemor tuzilganidan so'ng qilinadigan tahlilda (surtma yoki ekmalarda) patogen mikroblar 2-3 karra tekshirilganda topilmasligi bakteriologak sog'ayishidan darak beradi. Bazi kasalliklarda, masalan ich terlama yoki paratiflarda, bemor tuzalib ketganidan so'ng ham, uning tanasidan patogen mikrobl ajralib turadi. U kasallikdan so'nggi bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Bu holat 3 oygacha davom etsa, o'tkir bakteriya tashuvchilik, 3 oydan ortiq cho'zilsa surunkali bakteraya tashuvchilik hisoblanadi.

4. Yuqumli kasalliklardan so'ng bemor organizimida aynan shu kasallik mikroblariga nisbatan turg'unlik immunitet paydo bo'ladi. U ortirilgan immunitet bo'lib, himoya qobiliyati turli muddatgacha saqlanib qoladi. Masalan, grippdan so'nggi immunitet kuchi aynan shu turdagi virusga nisbatan 3 yilgacha yetada. Qizamiq va ich terlamadan so'ng paydo bo'ladigan immunitet butun umrga yetadi va odam bu kasalliklar bilan qaytadan og'rimaydi. Keyingi yillarda ilmiy tekshirishlar natijasida, yuqumli kasalliklardan so'ng shakllanadagan immunitet ko'p jihatdan bemor organizmning genetik na fenotipik xususiyatlariga bog'liq ekanligi isbotlandi.

5. Emlash yo'li bilan keng tarqalgan yuqumli kasalliklarning oldini olish mumkin. Bolalarni bir necha yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdan maqsad, ularni oldini olishdir. Difteriya, ko'kyo'tal, qizamiq, poliomiyelit (shol) ga qarshi emlashlar shular jumlasidandir.

Kasallik qo'zg'atish hususiyatlariga ega mikroblar patogen mikroblar deb ataladi. Ular inson tanasiga tushganida ko'pincha kasallik qo'zg'atadi. Kasallikning qanday og'irlikda kechishi mikrobning virulentligiga ko'p jihatdan bog'liq. Demak, virulentlik mikrobning patogenlik darajasini ko'rsatuvchi o'lchov. Odatda, o'ta virulentli xususiyatga ega bo'lgan mikrob odamda og'ir kechadigan kasallik quzg'atadi. Virulentligi pastroq mikrob yuqqanida kasallik yengilroq o'tadi. Umuman olganda, kasallik alomatlarining qay darajada namoyon bo'lishiga qarab, yuqumli kasallikning yengil, o'rta va og'ir kechadigan turlari farqlanadi. Yuqumli kasalliklar o'ta og'ir kechgan xollarda ba'zan o'lim bilan tugaydi.

Har qanday patogen mikrob tarkibida zaxarli modda toksiv bor. Toksin mikrobning xayot faoliyati oqibatida hosil bo'lib, atrof-muxitga tarqalsa, ekzotoksin deb ataladi. Grammusbat mikroblar asosan ekzotoksin xosil ^iladi. Masalan, difteriya tayo{$chasi, botuliem mikrobi. Ekzotoksin tarkibiga ko'ra oqsil modda bo'lib, ferment xususiyatiga ega. Uning ta'sirida moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida odamning xayotiy zarur sistemalari zararlashdi.

Mikrob tanasi parchalanishi oqibatida atrof-muxitga tarqaladigan toksinlarga endotoksin deyiladi. U tabiatan polisaxarid birikmalarga kiradi va asosan grammanfiy mikroblar ishlab chiqiladi. Masalan, vabo kasalligi vibrioni, ich terlama mikrobida kuchli endotoksin mavjud.

Patogen mikrobining odam tanasiga tushish yo'llari bir xil zmas. Har bir kasallikda mikrobning o'ziga xos tanaga kirish yo'li bor. Tanannng mikrob kirib, tarqaladigan joyi infeksiyaning kirish darvozasi deb atalada. Gripp, qizamiq, suvchechak, ko'kyo'tal kabi kasalliklarda infeksiyaning darvozasi yuqori nafas yo'llari hisoblanadi. Ichak infeksiyalari: tif-paratiflar, ichburug' va vabo kasalliklari mikrobi og'iz orqali tushganida xastalik rivojlanadi. Ba'zi yuqumli kasalliklarda infeksiyaning kirish darvozasi turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, kuydargi va toun mikroblari odam tanasiga teri, nafas yo'llari va og'iz orqali tushadi. Kasallik mikrobining odam tanasiga qaysi yo'l bilan tushishiga ko'ra har bir yuqumli kasallikda u yoki bu a'zolar asosan jarohatlanadi. Jumladan, asosan nafas yo'llari orqali yuqadigan kasalliklarda asosan nafas olish sistemasi, og'iz orqali yuqadigan xastaliklarda - ovqat hazm qilish sistemasi jarohatlanadi.

Yuqumli kasallikning ayrim davrlarida tanaga tushgan mikrob qonga ham o'tishi mumkin. Bunday holat bakteriyemiya deyiladi. Ba'zi kasalliklarda bemor vena tomiridan qsn olib mikroblarni ahtarish, yani tashxisot (diagaostika) da foydalanish shunga asoslangan. Masalan, tif-paratif kasalliklarida bakteriyemiya ro'y beradi. Shuning uchun tashxis qo'yish maqsadida, boshqa tekshirishlar qatori, bilakdan qon olib, safroda suyuqlikka ekiladi. Keyinchalik unda kasallik mikrobini topish mumkin.
YUQUMLI KASALLIKLARNING TASNIFI

(KLASSIFIKATSIYASI)
Yuqumli kasalliklar qaysi muhitda tarqalishiga qarab 2 ga bo'linadi. Faqat odomzodga xos bo'lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklar xayvonlarda aslo uchramaydi. qizamiq, difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruxga kiradi.

Bruyellez (qora oqsoq), quturish, toun (o'lat), salmonellez kabi xastaliklar odamda xam, xayvonlarda ham uchraydi. Bunday kasalliklar zoonoz xastaliklar deb ataladi.

Yuqumli kasalliklarni sinflarga bo'lishda mexanizmini asos qilib olgan holda epidemiodogik nuqtai nazardan guruxlarga bo'lish qulay xisoblanadi. Ana shu jihatdan yondoshilganda, kasallik mikrobi asosan qayerda joylashishiga qarab, yuqumli kasalliklar kuyidaga guruhlarga bo'linadi:

1. Ichak ikfeksiyalari. Bu kasalliklarda mikrob odam tanasiga zararlangai suv yoki oziq-ovqatlar orqali tushadi. Kasallik mikrobi asosan, me'da-ichak yo'llarida joylashib, ko'payadi. Shuning uchun kasallikka xos patogistologik o'zgarishlar ichakda ro'y beradi. Ba'zan, masalan, virusli A va YE gepatitlarida kasallik qo'zg'atuvchisi ichaklardan jigarga ham o'tib, uni jaroxatlayda.

Bu guruxga kiruvchi infeksiyalarda kasallik qo'zg'atuvchisi bemor tanasidan asosan najas, ayrim xollarda, siydik orqali tashqariga chiqadi. Tashqi muxitda mikrob turli yo'llar bilan suv va oziq-ovqatlarga tushib qolishi mumkin. Hojatxonalar suv bo'yiga yoki unga yaqin joyda qurilganda, ekinlar sharvat usulida sug'orilganida, pashshalar sababli shunday tarqalish hollari kuzatiladi. Bemorni bevosita parvarish qiluvchilar ozodalikka e'tibor bermaganlarida, ifloslangan qo'llari orqali kasallik mikroblarini o'zlariga yuqtirib oladilar. Bu kasalliklarni kamaytirishda aholi sanitariya madaniyatini oshirish va toza ichimlik suv bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega.

2. Nafas yo'llari infeksiyalari. Bu guruhga kiradigan kasallik mikroblari bemor tanasidan nafas chiqarganida, yo'talganida, aksirganida yoki gapirganida atrofdagi havoga ajralib chiqadi va sog'lom kishi tanasiga mafas yo'llari orqali tushadi. Shu tariqa kasallikka xos bo'lgan o'zgarishlar, asosan, burun, tomoq, halqum, kekirdak, bronxlar shilliq qavatida ro'y beradi, ba'zan o'pka ham jarohatlanadi. Ayrim kasalliklarda asa mikrob qonga o'tadi. Bu guruhga kiruvchi gripp va o'tkir respirator kasalliklar g'oyat keng tarqalgan xastaliklar xisoblanadi. Bolalarda nafas yo'llari kattalarga nisbatan kalta va keng bo'lganligi, yuqish mexanizm osonligi, himoya kuchlari to'la takomillashmagani tufayli, bu guruh kasalliklar bolalarda kattalarga nisbatan qo'proq uchraydi.

Boshqa guruhga kiruvchi hastaliklarga nisbatan bu guruhga mansub kasalliklar tez va oson tarqalishini e'tiborga olib, o'z vaqgada aniqlab bemorni alohidalash zarur. Kasallikdan saqlanish maqsadida ba'zi hollarda, doka niqob taqish tavsiya etiladi. Qizamiq, ko'kyo'tal, difteriya, epidemik parotit (tepki), meningokokk infeksiyasi, gripp va o'tkir respirator kasalliklar shu guruhga kiradigan xastaliklardan hisoblanadi.

3. Qon orqali o'tadigan (tranmissav) infeksiyalar, Bu guruhga mansub kasalliklarda sog'lom odamga kasallik qo'zg'atuvchisi turli hasharotlar chaqishi natijasida qon orqali yuqadi. Ular asosan rikketsioz kasalliklardir. Ushbu kasallikni qo'zg'atuvchi rikketsiyalar bakteriyalar va viruslar o'rtasida oraliq o'rinni egallaydi. Rikketsiozlarning ba'zilari bemordan sog'lom odamga qon suruvchi bo'g'imoyoqlilar vositasida yuqadi. Masalan, toshmali tafda bit ana shunday vositachi hisoblanadi. Boshqa ko'pgana rikketsiozlar sog'lom odamga kanalar orqali yuqadi. Kanalar ma'lum tabiiy sharoitda yashashi tufayli rikketsioz kasalliklarining ko'pchiligi kanalar faoliyati uchun qulay tabiiy sharoit mavjud joylarda qayd qilinadi. Shu sababli ularni tabiiy o'choqli infeksiyalar deb ham ataladi. Bu gurux kasalliklarning oldini olishda hasharotlar chiqishidan saqlanish muxum ahamiyatga ega.

Yuqish mexanizmi jihatdan bezgak va gemorragak isitmalar ham shu guruhga kiradi.

4. Tashqi qoplam infeksiyalari. Kasallik mikroblari odamga teri orqali yuqadi. Bu guruhga asosan 2 ta kasallik kiradi: saramas va qoqshol.Saramas qo'zg'atuvchisi streptokokk sog'lom odamga bemor yoki bakteriya tashuvchidan yuqsa, qoqshol mikrobi va uning sporalari tuproqda bo'ladi. Teri shikastlanganda ular tuproq orqali tushib kasallik paydo bo'ladi.

5. Turli yo'llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruhga mansub kasalliklarda patogen mikrob odam tanasiga turli yo'llar bilan tushadi. Ayniqsa, zoonoz kasalliklardan brutsellez, tulyaremiya, kuydirgi, toun mikroblari shu tariqa yuqadi. Brutsellez teri va og'iz orqali yuqsa, tulyaremiya va kuydirgi kasalliklari quzg'atuvchisi odam tanasiga teri, nafas yo'llari va og'iz orqali tushishi mumkin. Keyingi yillarda fan erishgan yutuqlarga asoslanib, virusli gepatitlarni ham shu guruhga kiritish mumkin. A va YE virusli gepatitlar og'iz orqali yuqadi. V virusli gepatit teri va shilliq qavatlardan bevosita yoki bilvosita muloqotda, shuningdek tibbiyot anjomlaridan parenteral yo'l bilan yuqadi. S virusli gepatit esa virus tutgan donor qoni orqali yuqadi.

Hozirgi vaqtda "boshqariladigan infeksiyalar" degan ibora ham paydo bo'ldi, Bu guruhga emlash yo'li bilan oldini olish mumkin bo'lgan yuqumli kasalliklar kiradi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning tavsiyasiga ko'ra, 5 yoshgacha bo'lgan har bir bola kuyidagi 6 ta kasallikka qarshi albatta emlangan bo'lishi kerak: sil, poliomiyelit, difteriya, ko'kyo'tal, qorlol va qizamiq. Bulardan tashqari mamlakatimizda bolalar, shuningdek, tepki (epidemik parotit) ga qarshi ham emlanadi. Bu kasalliklar boshqariladigan infeksiyalar guruhiga kiradi.

Qisqa vaqt ichida juda keng tarqaladigan, ko'pincha og'ir kechadigan yuqumli kasalliklarga o'ta xavfli xastaliklar deyiladi. Bu guruhga vabo, toun (o'lat) va kuydirgi kasalliklari kiradi. Har bir mamlakat o'z hududini ushbu kasalliklar chetdan kirib kelishi va tarqalishining oddini olish tadbirlarini ko'radi. U xalqaro shartnoma talablariga mos bo'lishi kerak.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish