BOTULIZM
Botulizm — ovqat toksikoinfeksiyalari ichida og'ir kechadigan kasallik xisoblanib, botulizm tayoqchasi va uning zaxari tushib qolgan ovqat maxsulotlarini istemol qilish natijasida kelib chiqadi. Botulus — lotincha so'z bo'lib, kolbasa deganidir. Kasallik asosan zararlanib kolgan konserva mahsulotlarini iste'mol qilinganda ro'y beradi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi Clostridium botulinum. U spora xosil qiluvchi mikroblar turiga kiradi. Botulizm tayoqchalari kuchli zaxar — botulotoksin xosil qiladi. Shu ekzotoksinning antigen tuzilishiga ko'ra, botulizm tayoqchalari 6 turga bo'linadi: D V, S, O, YE va G’. Mikrobning bo'yi 4-8 mikron, eni 0.6-0.8 mikron. Sirtida 3 tadan 20 tagacha xivchini bor. Ular vositasida xarakat qiladi. Shu joyda mikrob tanasi biroz kengaygan buladi va mikrobning umumiy ko'rinishi tennis raketkasini eslatadi.
Botulizm mikrobi xaqiqiy anaerob. U faqat xavo yo'q joyda rivojlanadi. Shu sababdan xam konserva qilingan, tuzlangan, dudlangan maxsulotlar va kolbasaga tushib qolgan sporalar xavosiz sharoitda o'sib, bakteriyalarga aylanadi. Bakteriyalar esa bunday sharoitda ekzotoksin xosil qiladi. Ushbu maxsulotni iste'mol qilgan odam kasal bo'ladi.
Botulizm mikrobining toksini juda kuchli xisoblanadi. Toksin 1 grammning 100 mln dan bir qismi miadorida dengiz cho'chqasini o'ldiradi. Ayniqsa, mikrobning A va V turlari toksini g'oyat kuchli. Toksin neyrotoksik — nerv xujayralarini jaroxatlash hususiyatiga ega. Botulizm toksini turli ta'sirlarga chidamli 58°S gacha isitilganda 3 soatdan so'ng, 80°S - 30 daqiqadan so'ng parchalanadi. Kislotali muxitda turg'un, ishqoriy muxitda esa parchalanadi. Namakob toksinga ta'sir etmaydi.
Noqulay sharoitda botulizm mikroblari spora hosil qiladi. Sporalar tashqi muxitda juda turg'un, o'n yillab saqlanadi. Issiq va sovuq xarorat sporalarga ta'sir ko'rsatmaydi. 100°S da qaynatilganida 6-8 soatdan keyingina nobud bo'ladi.
O'zbekistonda odamlarda uchraydigan botulizm ko'proq mikrobning A, V va YE turlari bnlan bog'liq.
Epidemiologiyasn. Botulizm jaxondagi deyarli barcha mamlakatlarda uchrab turadi. aholisi konservalangan maxsulotni kup iste'mol qiladigan mamlakatlarda kasallik xollari ko'proq qayd atiladi. O'zbekistonda axoli qishgi maxsulotlarni yoppasiga konservadashga o'tgan vaqt (60 yillar) dan boshlab, botulizm kasalligi kupaya boshladi.
Botulizm sporalari tuproqda doimo mavjud. Sporalar tuproqdan suv, o'simlik, sabzavotga tushadi va tarqaladi. Ovqat mahsulotlari vositasida sporalar odam va xayvon organizmiga tushadi va najasi bilan tashqariga ajralib chiqadi. Bunda kasallik alomatlari bo'lmaydi, chunki organizmga mikrob zaxari - ekzotoksin tushmagan bo'ladi. Shu asnoda tashqi muxit sporalar bilan yana ifloslanadi.
Sporalar bilan ifloslangan mahsulot anaerob (havosiz) sharoitda tayyorlanadigan yoki saqlanadigan mahsulotga tushib qolsagina, botulotoksin hosil bo'ladi. Bunday sharoit asosan konserva tayyorlaganda, baliqni tuzlab yoki dudlab saqlaganda mavjud bo'ladi. Odam botulotoksin tutgan mahsulotni istemol qilish natijasida kasallanadi. Katta yaralar spora tutgan tuproq bilan ifloslanganida yara botulizmi kelib chiqadi. U g'oyat og'ir o'tadi va ko'pincha o'lim bilan tugaydi.
Botulotoksin juda kuchli zahar bo'lgani uchun ilgari bakteriologik qurol sifatida ham tayyorlanar edi. Quritilgan toksinni sochilsa, botulotoksin odam organizmiga aerogen yo'l — nafas yo'llari orqali ham tushishi mumkin.
Patogenezi. Botulizm kasalligi kelib chiqishida 3 ta omil ahamiyatga ega: toksin, mikrob va organizmning toksin ta'siriga sezgarliga. Eng asosiy ta'sir ko'rsatuvchi omil toksin hisoblanadi. Toksin odam organizmiga og'iz va nafas yo'llari orqali tushadi. Toksin asosan meda ichakning boshlang'ich qismlarida so'riladi. Zahar dastlab ovqat hazm qilish yo'llarining nerv-tomir tizilmasiga ta'sir etadi va me'da-ichaklarda parez ro'y beradi (peristaltika yo'qoladi). So'ngra zahar qonga so'riladi va unda 68 soatgacha saqlanib, barcha organizmni jarohatlaydi. Ayniqsa, bosh miyaning asosiy qismi kuchli shikastlanadi. Kalla—miya nervlarining jarohatlanish alomatlari shu bilan bog'liq. Yurakda toksik miokardit rivojlanadi.
Botulizm odatda kichik avj olishlar holida uchraydi, ya'ni zararlangan bir xil mahsulotni iste'mol qilgan odamlar kasallanadi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 2-3 soatdan 2 haftagacha. Bu davrning uzun-qisqaligi iste'mol qilingan mahsulotdagi toksin miqdoriga va odam organizmining reaktiv holatiga bog'liq. Toksin qancha ko'p to'plangan bo'lsa, yashirin davr shuncha kisqa bo'ladi va kasallik g'oyat og'ir o'tadi. Bir xil mahsulot iste'mol qilib bir necha kishi kasallansa, ularning har birida yashirin davr muddati har xil va kasallik turli og'irlikda kechishi mumkin.
Botulizmda xastalik alomatlari toksinning me'da-ichak yo'llari va nerv sistemasiga ta'siri bilan bog'liq. Kasallik to'satdan boshlanadi. Yengilroq kechganida ovqat hazm qilish yo'llarining jarohatlanishi yaqqol ifodalansa, og'ir hollarda nerv sistemasining zaharlanish alomatlari birinchi o'rinda turadi. Dastlab korinda og'riq yoki to'sh ostida og'irlik paydo bo'lshii mumkin. Ba'zan qorin kepchiydi va qayt qilish kuzatilada. Qusish 1-2 martadan so'ng to'xtab qoladi. Ayrim bemorlarda qusish umuman bo'lmasligi ham mumkin. Boteliamda ich surishi deyarli kuzatilmaydi (ba'zan 1-2 marta ich suyuq kelishi kuzatiladi). Najas odatda o'zgarmaydi. Ba'zan qabziyat kuzatiladi. Ayrim hollarda subfebril (380 S) isitma bo'lishi mumkin. U qisqa muddatli bo'ladi. Og'iz quridsh va chanqash xarakterli hisoblanadi.
Kasallik alomatlari boshlangandan bir necha soat yoki biror kun o'tgach, nerv sistemasining jarohatlanish alomatlari kuzatilada. Bemor ko'rishi xiralashganidan shikoyat qiladi. Turli narsalar yaqqol ko'rinmaydi, ko'ziga parda tushib qolgandek tuyuladi, o'qshiga qiynaladi. Ba'zan galayliu rivojlanishi oqibatida bitta narsa ikkita bo'lib ko'rinadi. Ko'z qorachig'lari har xil kattalikda bo'lishi mumkin. Qovoqlar ko'pincha osilgan (otoz) bo'ladi.
Bemor yutish qiyinlashganidan ham shikoyat qiladi. Tomog'iga narsa tiqilib turganidek tuyuladi. Ovqat yutayotganida qalqib ketadi. Tili og'ziga sig'mayotgandek bo'lada. Ba'zan yumshoq tanglay parezi kuzatiladi. Bunda bemor ichgan suyuq ovqati burnidan chiqadi, pichirlab gapiradi. Ba'zan manqalanib gapiradi. Ayrim xollarda esa ovozi butunlay chiqmay qolishi mumkin.
Muskullar bo'shashishi miasteniya botulizning o'ziga xos belgilaridan xisoblanadi. Yaqqol ifodalangan horg'inlik, tez charchash kuzatiladi. Qo'l-oyoqlarni qimirlatish qiyinlashadi. Darmonsizlikdan bemor oyog'ida tik tura olmaydi. Boshini ko'tarib turish ham malol qilib qolishi mumkin.
Nafas olish qiyinlashadi. Bemor tez-tez va yuzaki nafas olada. Og'ir hollarda nafas olish falaji oqibatida o'lim sodir bo'ladi.
Toksin yurak-tomir sistemasiga ham kuchli ta'sir qo'rsatadi. Tomir urishi ko'pincha sekinlashadi. Yurak tonlari to'mtoqlashadi, chegarasi kengayadi. Yurakdan toksin ta'sirqda miokardat ro'y berada, EKG da aniq ma'lum bo'ladi.
Botulizmda tuzalish sekinlik bilan ro'y beradi. O'rta hisobda 20-30 kunda bemor -tuzaladi. Og'ir hollarda tuzalish 3-4 oygacha cho'ziladi. Yurakdagi o'zgarishlar va kuvvat tiklanishi ham uzoq vaqt talab etadi.
Tashxis qo'yish uchun bemor bilagidan qon olib sichqonlar qorniga yuboriladi. Qonda toksin bo'lsa, uning ta'sirada sichqon uladi. Sichqon organizmlarida toksinni topib, uning turini turini ham aniqlanadi.
Kasallik alomatlari yaqqol ifodalangan hollarda laboratoriya tekshirishlari natijasini kutmasdan botulizm tashxisini aniq qo'yish mumkin.
Davolash. Bemor shifoxonada davolanishn lozim. Toksin miokardit qo'zg'otishini yodda tutib hamda miasteniya mavjudligini a'tiborga olib, bemorga yurishga ruxsat berilmaydi. Kasallik qachon boshlanganidan qatyiy nazar, botulizmga shubha bo'lganida me'dani yaxshilab yuvilado va huqna qilib ichak tozalanadi
Botulizmni davolashda asosiy qo'llanadigan vosita -botulizmga qarshi zardob yuborish, Bu zardob 2 hil bo'ladi: polivalent (A, B, YE turlari) aralashmasi va monovalent (aloerida A yoki V, yoki YE turlari). Dastlabki kunlarda polivalent zardob qo'llaniladi. Laboratoriya tekshirishlari natijasida toksining turi aniqlanganidan so'ng ana shu turdagi monovalent zardob ishlatilgani ma'qul. Polivalent zardob tarkibida 10000 XB (xalqaro birlik) da A va YE turlari hamda 5000 XB V turidan aralashtirib lingan bo'ladi. Zardob muskul orasiga yoki vena tomiriga fiziologik eritma bilan tomchilab yuboriladi. U 36-37°S gacha ilitilgan bo'lishi kerak. Zardob Bezredka usulida (bo'lib-bo'lib) yuboriladi.
Kasallik og'ir kechgan hollarda birinchi kuni zardobning 2 davolash dozasi vena tomiriga yuboriladi. U tugashi bilan bir doza muskul orasiga, 12 soatdan so'ng yana bir doza muskul orasiga yuboriladi.
Ikknnchi kuni 12 soat oralatib 2 doza, zarurat bo'lganida 3-4 kunlari bir dozadan muskul orasiga yuboriladi.
O'rta og'irlikda kechgan botulizmda 2 doza zardobni bir dozadan 12 soat oralatib muskul orasiga yuboriladi, Yengil kechgan kasallikda bir doza zardob yuborish yetarli hisoblanadi.
Faol immunitet qo'zg'otish maqsadida zardob bilan bir vaqtda anatoksin ham qo'llanadi. Bu maqsadda A, V va YE turdagi anatoksinning har biridan 0,5 ml dan olib, teri ostiga yuboriladi.
Oradan 5-7 kun o'tgach, anatoksin shu dozada qayta yuboriladi.
Anatoksin uchun alohida shprris ishlatilishi va uni zardob yelimlanmagan joyga yuborish lozim.
Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida gemodez, poliglyukin, 5 % li glukoza, Ringer aritmalari vena tomlriga tomchilab quyiladi.
V, S guruhi vitamiklari tutgan preparatlar tayinlanadi. Yurak faoliyatiga ko'maklanuvchi dorilar qo'llanadi (kordiamin, kofein).
Tuzalish davrida strixnik buyurish mumkin.
Bemor nafas olishi mushkul bo'lgan yoki mustaqil nafas to'xtab qolgan hollarda sun'iy nafas olish apparati ulanadi.
Og'ir holdagi bemor zond orqali ovqatlantiriladi.
Tuzalish davrida bemor keskii harakatlar qilmasligi kerak. EKG ni takroran olib, undagi natijalarga qarab asta-sekin o'tirishga, keyinroq yurishga ruxsat etiladi.
Profilaktikasi. Go'sht va sabzavot konservalari tayyorlashda sanitariya talablariga qat'iy rioya qilish lozim. Uy sharoitida qishda iste'mol qilish uchun tayyorlanadigai mahsulotlar yaxshilab yuvilishi shart. Bankalar yopilganida havo qolmasligi kerak. Sterilizatsiya puhta o'tkazilishi zarur. Tayyor mahsulotni salqin joyda saqlash lozim. Suyuqlik tiniq bo'lmagan bankalardagi mahsulotni to'kib yuborish kerak. Konservalar qopqog'i qavarib chiqishi (bombaj) uning buzilganidan darak beradi. Bunday konserva yo'q qilinadi.
Aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish muhim ahamiyatga ega, zaharlangan mahsulotni iste'mol qilganlar orasida kasallanmay qolganlar bo'lsa, ularga prfilaktika maqsadida me'da va ichagini tozalab, bir doza polivalent vaksina yuboriladi.
DIZENTERIYA (ICHBURUG', SHIGELLEZLAR)
Dizenteriya ko'pincha o'tkir kechadigan, umumiy intoksikatsiya va asosan yo'g'on ichakning pastki qismlari shikastlanishi bilan o'tadigan yuqumli kasallik. Ilgari vaqtda dizenteriyaning surunkalituri ham uchrab turardi. Keyingi yillarda asosan dizenteriyaning o'tkir turi qayd kilinmoqda.
Etilogiyasi. Dizenteriyani qo'zg'atuvchi mikroblar shigellalar turiga mansub. Shunning uchun kasallik hozirgi xalqaro iborada shigellez tez yuritiladi. Shigellalar juda xilma-xil, asosiy turlari Shiga, Fleksner, Zonne mikroblari hisoblanadi. Shuningdek, ularning o'ziga xos serotip va Fleksner turining juda ko'p vakillari mavjud.
Shigellalar grammanfiy mikroblar bo'lib, uzunligi 3 mikrongacha boradigan, uchi yumaloq tayoqchalar. Xarakatsiz. Ular tuproqda bir necha oy, oqar suvda bir necha soatdai 2 oygacha, sabzavotlar, non va siriyog'da 2 haftagacha saqlanishi mumkin.
Barmoqlarda, o'yinchoqlarda bir necha kungacha saqlanadi. Zonne mikroblari sutda yaxshi saqlanadi, hatto ko'payadi. Quyosh nuri ta'sirida 30 minutda, qaynatilganida o'sha zahoti nobud bo'ladn. Ifloslangan kiyim-kechakda 18-25°S haroratda uzoq muddat yashaydi.
Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 20-30 minutda o'ladi.
Dizenteriya qo'zg'otuvchilari selenitli, Endo, Levin, Ploskirev, Tiga muhitlarida yaxshi o'sadi. Shigellalarni laboratoriya sharoitida topish uchun ana shu muddatlarga ekib o'stiriladi.
Tashqi muhit tasiriga Zonne shigellalari yangi chidamli hisoblanadi. Shiga tayoqchalari esa g'oyat chidamsiz. Fleksner mikroblari oraliq o'rinni egallaydi.
Shiga mikroblari kuchli ekzotoksin hosil qiladn. Shu sababln ular qo'zg'otgan kasallik ko'pincha og'ir o'tadi.
Epidemiologiyasi. Ichburug' kasalligi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida uchraydi. Markaziy Osiyoda ko'p uchraydigan xastaliklardan hisoblanadi, O'zbekistonda ham dizekgeriya bilan kasallanish ko'rsatkichlari yuqori. Asosan bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan - sporadik kasallanish turida qayd qilinadi. Kam hollarda, ochiq suv havzalari ifdoslanishi natijasida bir guruh odamlar kasallanish uchrab turadi. Ba'zan bolalar massasalarida, sanitariya-gigiyena talablari qo'pol ravishda buzilishi oqibatida, shigellalar bilan zararlanib qolgan ovqat mahsulotlari vositasida tarqalish tufayli kichik avj olishlar kuzatiladi.
O'zbekistonda shigelez uchun mavsumiylik xos. Yozoylarida bemorlar soni sezilarli darajada ko'payadi. Asosan bolalar kasallanadilar. Kasallik Buxoro, Farg'ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida boshqa xududdarga nisbatan ko'proq qayd qilinadi.
Respublikada XX asirning 50-yillarigacha Shiga mikroblari qo'zg'atgan dizenteriya hollari keng tarqalgan va o'lim ko'rsatkichlari ham yuqori eda. 60-80 yillarda bu qo'zg'atuvchilar bilan bog'liq kasallik xollari kuzatilmadi. 1990-yildan boshlab, Shiga dazenteriyasi yana qayta uchray boshladi. O'zbekistonda ichburug'ning eng asosiy qo'zg'otuvchisi Fleksner shigellalarn hisoblanadi. Zonne mikroblari 2-o'rinni egallaydi. Yevropa mamlakatlarida Zonne shigellalari, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa Fdeksif mikroblari kuzg'atgan kasallik hollari ko'p qayd etiladi.
Infeksiya manbai bemor odam hsoblanadi. Ichburug' kasalligida bakteriya tanuvchilarining epidemiologik, ahamiyati tif-taratiflaridagidek yuqori emas. Dizenteriyani tarqatishda xastalikning yengil turi bilan og'rigan bemorlarning o'rni katta. Shigellalar bemor organizmidan najas bilan ajralib chiqadi, uning atrofdagilarga tarqalishida idish-tovoq o'yinchoq, va boshqa uy ashyolari muhim ahamiyatga ega. Shaxsiy gigenaga e'tibor bermaslik, dizenteryaning oilada va bolalar muassasalarida shu yo'l bilan oson tarqalishiga sabab bo'ladi.
Sut va sut mahsulotlarida shigellalar yoz oylarida juda tez ko'payadi. Ayniqsa Zonne mikroblari uchun sut qulay ozuqa mudati hisoblanadi. Bunday mahsulotni iste'mol qilish natijasida bir guruh odamlar kasallanadi. Zararlangan sabzavotlar: bodring, pomidor, salat, ko'k piyoz, kukatlarni yuvmasdan iste'mol qilganda ham shigellalar organizmga tushib qoladi. Dizenteriya mikroblarining tarqalishida pashshalar ham faol ishtirok etadi.
Tarqalish yo'llari va omillaridan qatyiy nazar, ichburug' mikroblari faqat og'iz orqali tushadi.
Pateganezi. Kasallikning qaysi yo'sinda shakllanishi va ketishi bir tomondan shigellalarnnng xususiyatiga borg'iq bo'lsa ikkinchidan bemor organizmining holati va xususiyatlari bilan borliq. Dizenteriyada asosiy patologik o'zgarishlar yo'g'on ichakning ohirgi qismlari sig'masimon va to'g'ri ichakda rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda butun me'da-ichak yo'llarida ro'y beradigan o'zgarishlar toksinning ichak nerv-tomir sistemasiga ko'rsatadigan ta'siri bilan bog'liq. Qon tomiri devorlari o'tkazuvchanligining ortishi tufayli, ichak shilliq qavati qizaradi (gaperemiya), shilliq qavati bo'rtib chiqadi. Mahalliy qon aylanishi buzilinsh oqibatida to'qimaning ayrim joylarida nekroz yuz beradi. Uning ustidaga parda tushib ketgach, yara hosil bo'ladi. U 1-2 hafta ichida bitadi. Amalda yaralar paydo bo'lishi kam uchraydi. Ko'p hollarda shilliq qavat yallig'lanishiga xos alomatlar, ba'zan, mayda qon quyilishi -gemorragiyalar uchraydi (5-rasm).
Keyingi yillarda shigellalarning epitliy xujayrasi ichiga kirish qobilyati borligi aniqlandi.
Klinikasi. Dizenteriyaning yashirin davri o'rta hisobda 2-3 kun (1 kundan 7-kungacha) davom etadi. Kasallik to'satdan boshlanadi. Dastlab et uvishib, lohaslik paydo bo'ladi. Ko'p vaqt o'tmay isitma ko'tariladi. U odatda 38-390S dan oshmaydi. Ishtaha yo'qoladi. Oradan 1-2 soat o'tgach qorinda og'riq paydo bo'ladi. Og'riq doimiy bo'lmay, vaqti-vaqti bilam burab og'riydi, keyin biroz kamayadi. Ichbururda og'riq asosan kindikdan pastda, ko'proq, chap yonboshda his etiladi. Shu bilan bir vaqtda yoki biroz kechikib hojat kistaydi.
Ko'pincha dastlab ich suyuq xolda ko'p keladi va patologik aralashmalar bo'lmaydi. Vaqt o'tgan sari xojat istashi tezlashadi najas oz miqdorda, kuchanish bilan keladi. Hojatdan so'ng bemor yengil tortmaydi. Kasallik avjiga chiqqan davrda xojat juda tez qistaydi. Bunda najas massasi g'oyat kamayib ketadi, unga shilliq va qon aralashish, ayrim hollarda xatto yiringli bo'ladi. Ushbu hollatda bemor xalovatini yo'qotadi. Xojatxonadan qaytib ulgurmasadan, qaygadan xojat qistayda. Ba'zan borganida xech narsa kelmaydi. U sohta hojat his qilish deyiladi Shuningdek, ich kelishi g'oyat qiyinchilik bilan sodir bo'ladi. Bemor uzoq vaqt kuchanib o'tiradi. Bu alomat tenezm deyiladi va dizenteriyaga xos xisoblanadi. Og'ir xollarda, ayniqsa go'daklarda kuchanish zo'ridan orqa teshik yiriq bo'lib qoladi.
Kasallikning kaday og'irlikda kechishiga qarab, yengil turlarida kuniga 5-8-10 marta ich surishi kuzatilsa, og'ir hollarda 25-30 marta va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ba'zan bemor xisobdan adashib ham ketadi. Hojatni tuta olmay qolgan hollar ham bo'ladi. Umuman olganda, ichburug' o'rta og'irlikda kechadigan hollar ko'proq qayd etiladi. Bunda ich surishi kuniga 10-15 martaga borada.
Xastalik avj olgan davrda bemorni ko'zdan kechirilganida uning yuzida iztirob alomatlari seziladi. Bemor kupincha yonboshlab, ikkala qulini qorniga qo'ygan holda yotadi. Qorindaga og'riq zo'raygan vaqtda yuzi tirishib ketadi, dodlab yuborgudek bo'ladi. Ko'pincha tana harorati ko'tariladi. Tomir urishi tezlashadi.
Bemorni ko'zdan kechirganda tili biroz qurishgan, karash qoplagan bo'ladi. Yurakda taxikardiya eshitiladi. Bemorning qorni taranglashgan, paypaslab ko'rilganda yo'g'on ichak yo'nalishi bo'yicha og'riq seziladi. Ko'pincha og'riq chap yonbosh sohasi va qovuq ustida kuchli bo'ladi. Chap yonbosh sohasida qorin mushaklari ostida tarang tortilgan sig'masimon ichakni paypaslab ko'rish mumkin. Tekshirish vaqtida u qattiq og'riyda. Qonda ba'zan biroz leykotsitoz, ECHT ortgani kuzatiladi.
Dizenteriyaning avj olish davri ko'pincha 3-4 kundan oshmaydi. So'ngra isitma 1-2 kun ichida me'yoriga keladi. Ich kelishi kamaya boshlab, dastlab suyuq holda bo'ladi. Keyinchalik, najas odatdagi tusda bo'lib, kuniga 1-2 marta keladi. Ich qotishidan 1-2 kun oldin undagi patologik elementlar (qon, shilliq) aralashmasi yo'qoladi. Qornidagi og'riq ham kamayib, ich yaxshilanishi bilan yo'kola boradi.
Bolalar va keksaklarda ichburug' kasalligi ko'pincha og'ir utadi. Intoksikatsiya alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ich buzilishi davri 10-12 kungacha cho'zilib ketishi mumkin. Sog'ayish ham ancha sekinlik bilan ro'y beradi.
Shiga mikroblari ekzotoksin ishlab chiqarishi tufayli, ular qo'zg'atgan dizenteriya ko'pincha og'ir kechadi. Bunda ichak alomatlaridan ko'ra, umumiy intoksikatsiya kuchli rivojlanadi. Uniig ta'sirida yurak-tomir sistemasi faoliyati sezilarli darajada buziladi. Qon bosimi pasayadi. Ba'zan kollaps ro'y beradi. Intoksikatsiya ta'sirida o'tkir buyrak yetishmovchiligi hollari ham uchrab turadi.
Zonne mikroblari qo'zg'atgan kasallik asosan qisqa qusish boshlanishi bilan ifodalanadi. Deyarli bir vaqtda yoki biroz keyin ich surishi boshlanadi. Najas ko'pincha suvdek suyuq, shilliq va biroz qon aralash bo'ladi. Bemorni ko'zdan kechirganda tananing suvsizlanish alomatlari aniqlanadi. Korinni paypaslab ko'rganda og'riq ikkala yonbosh sohasi va kindik atrofida ham seziladi. Umuman olganda, Zonne shigellalari sababchi bo'lgan ichburug'ni klinik alomatlariga ko'ra ovqat toksikoinfeksiyalaridan farqlash oson emas.
Tashxisi. Ichburug' kasalligiga tashxis qo'yishda kasallikning o'ziga xos gemokolit simptomlari (qon va shilliq aralash ich ketishi) mavjudligi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, epidemiologik ma'lumot ham e'tiborga olinadi. Bemor bilan muloqotda bo'lish, ichish uchun oqar suvlardan foydalanish, turar joylarning sanitariya holati yomonligi, pashshalar ko'pligi ichburug' tashxisish qo'yishda muhim o'rin tutadi.
Laboratoriya tashxisi. Dizenteriya tashxisini qo'yishda laboratoriya usullaridan bakteriologik tahlil va najasni koproskopik tekshirish natijalari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Najasni bakteriologik tekshirish uchun dezinfeksiyadan so'ng yuvib, qaynoq suv bilan chayib tashlangan tuvakdan simli ilgakcha vositasida 2-3 gr. najas olib,Tiga, Ploskirev muhitlariga ekiladi. Yaxshi natija olish uchun shilliq va yiring aralashmasi bir joydan olib ekiladi. Sterillangan tamponni orqa teshik orqali kirg'azib ham tahlil olish mumkin. Tekshirish kasallikning dastlabki kunlarida va antibiotik qo'llashdan oldin tashkil etilsa, ijobiy natija (koprokultura) olish imkoni ortadi.
Dizenteriyada najasni bakteriologik tekshirish xar doim ham ijobiy natija beravermaydi. Shu sababli bakteriologik tekshirish ijobiy natija bermasligi dizenteriya yo'q degan ma'noni bildirmaydi. Kasallikning klinik namoyon bo'lishi o'ziga xos bo'lgan xollarda, najasdagi o'zgarishlar yaqqol aniqlanganda, ichburug' tashxisini bakteriologik tasdiqsiz xam ko'yish mumkin.
Shunga ko'ra dizenteriya dignostikasida koproskopik tahlil muxim axamiyatga ega. Bu tekshirish klinik laboratoriyada amalga oshiriladi. Avvalo, najasni ko'zdan kechirganda uning konsistensiyasi, ko'zga tashlanadigan qon shilliq, yiring aralashmalari bor-yo'qligaga e'tibor beriladi. Surtma tayyorlab mikroskop ostida tekshirilganda ko'rish maydonida 10 tadan ortiq leykotsit va eritrotsitlar bo'lishi dizenteriyada ko'p uchraydi. Bazi xollarda ko'rish maydoni eritrotsit, leykotsit, shilliq bilan to'lib yotgan bo'ladi.
Ilgari ichburug' tashxisini qo'yishda rektoskopiya usuli keng qo'llanar edi. U temirdan yasalgan, uzunligi 25-30 sm li nay vositasida amalga oshiriladi. Rektoskopiyaga tayyorlash uchun bemorga kechqurun va ertalab tozalovchi xuqna qilinadi. Ertalab tekshirishdan o'tguncha bemor ovqatlanmasligi kerak. Rektoskopda tekshirishda bemor stol ustiga ma'lum holatda cho'kkalatib 20-25 sm gacha ichkariga ehtiyotlik bilai yuboriladi. Bunda to'g'ri va sig'masimon ichak shilliq qavatini ko'rish mumkin. Rektoskop ichidagi kichik lampochka shilligq qavatini yoritib turadi. Ichakning ko'rilayotgan joyida shilliq qavatlarning yaltirab turishi, bo'rtganligi, qizarib turishi dizenteriyaga xos hisoblanadi. Ayrim hollarda bunga qo'shimcha ravishda qon talashish (gemorragiya) lar, xatto yaralar borligi aniqlanada.
Keyingi yillarda rektoskopiya kam qo'llanmoqda. Klinik va laboratoriya tekshirishlari dizenteriyaga xos natija berganida rektoskopiyaga hojat dam qolmaydi. Diagnostika uchun qiyin hollarda yoki ichakda xavfli o'smalar borligiga shubxa qilinganida, hozirgi davrda kolonofibroskopiya usullaridan foydalaniladi. Kolonofibroskopni yo'g'on ichakka 1.5-2 sm masofagacha kiritib, uning xamma qismlarini ko'rish mumkin. Bu asbob tolali optika yutuqlari asosida yasalgan bo'lib, egiluvchan plastmassa bilan koplangan. Uning uchidagi ko'rish linzasi vositasida ichakning xoxlagan qismida shilliq qavat holatini o'rganish mumkin. Lozim bo'lgan hollarda, fotoapparat ulab, kerakli joyning rasmi xam olinadi.
Dizenteriyaga tashxis qo'yishda passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (PGAR) qo'yiladi. Buning uchun kasallikning 3-4 kunidan boshlab, bilakdan 1-2 ml qon olib, dazenteriya eritrotsitar diagnostikumi bilan serologik reaksiya qo'yiladi. Reaksiyaning diagnostik titri 1:100. Oradan 4-5 kun o'tkazib tekshirish takrorlansa, reaksiya titri ortib boradi.
Bir vaqtlar dezanteriyaga tashxis qo'yishda allergik sinovidan ham foydalanilar edi. Uni Suverkalov sinovi deyilada. Reaksiya ko'yish uchun bilak terisi orasiga 0.1 ml dizenterin yuborib, 24 soatdan so'ng natijasi ko'riladi. Hozirga vaqtda amaliyotda undan foydalanilmaydi.
Davolash. Ichburug' bilan og'rigan bemorlar odatda shifoxonaga yotqizib davolanada. Kasallik yengil ko'rinishda kechgan xollarda, katta yoshdagi bemor xonadonida sanitariya-gigiyena tadablariga javob beradagan sharoit bo'lsa, unda xam davolanishi mumkin. Bunda joriy dezinfeksiya vaqtida o'tkazib turilishi lozim. Oziq-ovqat korxonalari, do'konlari, bolalar muassasalarida ishlaydigan bemorlar, kasallik qanday og'irlikda kechishidan qatyiy nazar, shifoxonaga yotqizib davolanadi.
Bemorni davolash har tomonlama asoslangan bo'lishi lozim. Kasallik avj olgan davrda osonroq xazm bo'ladigan taomlar buyuriladi (Pevzner bo'yicha 4-stol). Sut qo'shilgach ovqatlar tavsiya etilmaydi. Ichak shilliq qavatini qittiqlovchi hom piyoz, sarimsoq piyoz, qalampir, o'rik ham to'g'ri kelmaydi. Asal yeb turish foydali xisoblanadi.
Kasallik o'rta og'irlikda va og'ir kechgan hollarda etiotrop davolash maqsadida antibiotiklar qo'llash mumkin. Jumladan, levomitsetin (0.5 g dam kuniga 4 mahal), tetrasiklin (0.5 g dan kuniga 4 maxal), intetriks (2 kapsuladan kuniga 3 maxal) kabi dorilardan birortasi 5 kun davomida beriladi. Zarurat bo'lganida bularga ko'shimcha ravishda ftalazol yoki sulgin 1.0 g dan kuniga 4 maxal 5 kun davomida ichiriladi. Antibiotiklar bo'lar-bo'lmas hollarda tayin qilinishi, davolash kursi ko'pincha oxiriga o'tkazilmasligi tufayli, keyingi paytlarda shigellalar orasida antibiotik ta'sir etmaydigan mikrob shtammalri ko'payib bormoqda. Shu holatni yodda tutib, antibiotik faqat zarurat bo'lgandagina qo'llanilishi lozim. Qolaversa, antibiotiklar ta'sirida ichak disbakteriozi kuchayishini xam unutmaslik kerak.
Etiotrop davolash vositasi sifatida furazolidon (furadonin) xam keng qo'llanadi. Uni 0.1 g dan kuniga 4 maxal 5 kun davomida ichirilada. Keyinga paytlarda dizekteriyani davolashda pentinning 5% li (bolalar uchun 3% li) eritmasini 3-4 kun ichirish yaxshi naf bermoqda. Bu preparat shigellalar bakteritsid ta'sir ko'rsatib, ichakning normal mnkroflorasnga eiyon yetkazmasligi isbotlangan.
Ichburug' og'ir kechgan hollarda intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida 5% li glukoza, 0.9% li osh tuzi, Ringer eritmalariga askorbin kislotasi (5% li 5 ml) qo'shib tomirga tomchilab yuboriladi. Bemorning axvoliga qarab, kuniga yuboriladigan suyuqlik miqdori 500-1500 ml ni tashkil etadi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiamin, strofantin qo'llanadi.
Qorindaga og'riqni kamantirishga 2% li papaverin (2.0 ml), I no-shpa (2,0 ml), baralgin (5.0 ml) eritmalaridan muskul orasiga yuboriladi. Bemor axvoli ko'targan hollarda bu preparatlarnn tabletka holida berish mumkin. Qoringa issiq suv solingan rezina xaltachann vaqti-vaqti bilan qo'yib turish ham og'riqni kamaytiradi.
Yo'g'on ichakda gemorragiya, yaralar bo'lganda davolash huqnasi qilinadi. Bu maqsadda 0.2% li furatsilin eritmasi, giyohlar damlamasi, kunjut moyi ishlatiladi. Davolash huqnasi ichak tozalanganidan so'ng 100 ml dan ortiq bo'lmagan miqdorda yuboriladi. Uni yuborgandan keyin bemor 1-2 soat yotishi kerak.
Ich uzoq vaqt suyuq kelishi davom etgan hollarda vismut bilan tannalbin aralashmasi (0.5 g dan) kukun holida yoki smekta preparati suyultirib ichiriladi.
Bemor shifoxonadan ich kelishi meyoriga qaytgan, najasni klinik laboratoriyada tekshirganda patologik elementlar yo'qolganidan so'ng, umumiy axvoli yaxshi bo'lgan, isitmasi tushgan holda ketishiga ruxsat etiladi. Bu orada antibiotik bilan davolash tugaganidan so'ng bir marta koprokulturaga olingan (nazorat) tahlili manfiy natija bergan bo'lishi kerak. O'rta hisobda ichburug' bilan og'rigan bemor shifoxonada 9-10 kun yotadi.
Profilaktikasi. Dizenteriyaning profilaktikasida aholining suv ta'minotini yaxshilash, turar joylarni ozoda tutish muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat tayyorlaydigan korxonalar, sut kombinatlari, bolalar muassasalarida ishni sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etish lozim. Kasallik oldini olishda pokiza bo'lish juda ahamiyatlidir. Shuning uchun aholi orasida keng tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borish zarur.
Bemor shifoxonaga jo'natilganidan so'ng xonadonida yakunlovchi dezinfeksiya o'tkaziladi. Bemor atrofidagi oziq-ovqat tizimi yoki unga tenglashtirilgan korxonada ishlaydigan muloqotda bo'lgan kishilar ustidan 7 kun muddatga tibbiy nazorat o'rnatiladi. Bu davr ichida najasi bir marta bakteriologik tahlil uchun olib tekshiriladi.
Dizenteriya muttasil ko'p qayd etiladigan qishloqlarda yoz fasli davomida bakteriofag vositasida fagoprofilaktika olib boriladi. Dizenteriya bakteriofagi suyuq yoki tabletka holida bo'ladi. Tabletka kattalarga har 3 kunda bittadan ichirib turilada. Bolalarga esa suyuq bakteriofag shu muddatlarda 5-10 ml dan ichiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |