Darsning maqsadi
|
|
Tinglovchilarga umumiy o’rta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalarining o’rni haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash.
|
Darsning rejasi
|
|
Reja
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalarining o’rni
Maktabda o’qitishni komputerlashtirish
Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish
|
Dars turi
|
|
Ma’ruza, seminar, bahs-munozara, aralash.
|
Dars bosqichlari
dars taqsimoti
|
va
|
Tashkiliy qism
Yang mavzu bayoni
III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
Baholash: reyting tizimda.
|
Uyga vazifa
|
Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir
|
|
adabiyotlar bilan tanishish.
|
Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari keng ko’lamda rivojlanmoqda.
Shubhasiz, ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanishni yo’lga qo’yish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog’idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi. Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AKT ni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi.
Bugungi kunda barcha sohalar kabi o’quv jarayonini ham kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Bu esa kompyuter va axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish barcha masalalarning yechimini hal qiladi, ya’ni axborotlarni uzatish va qayta ishlash- bu bilim, malaka va ko’nikmalarni to’liq shakllantirishni kafolatlaydi degani emas, chunki bularning barchasi faqatgina o’qitishning samarali qo’shimcha vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi xolos.
Ana shuning uchun ham zamonaviy axborot-texnologiyalardan ta’lim tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’rganish ob’ekti sifatida, ya’ni talabalar bilim olish jarayonida yangi axborot texnologiyalar, shu jumladan kompyuter, multimediya, masofadan o’qitish, Internet texnologiyalari va ularning tarkibiy qismlari hamda foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni zamonoviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga bilim beriladi, ya’ni umumta’lim hamda mutaxassislik fanlarini o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida tashkil etiladi, shu bilan birga fanlararo integratsiya amalga oshiriladi;
ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasining o’quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tatqiqot ishlari faoliyati samaradorligini oshirishda axborotkommunikatsion texnologiyalar asosida axborotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish hamda uni amaliyotga jalb etish.
Maktabdagi ta’lim jarayonida o’quvchilar AKT yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob’yektlarni va ma’lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o’rganadi. O’quvchilar axborot yig’ishning yangi usullarini, ulardan foydalanishni o’rganishadi, ularning dunyoqarashi kengayadi. Darslarda AKT ning ishlatilishi o’qishga bo’lgan motivatsiyasini, o’quvchilarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter AKT bilan birgalikda ta’lim sohasida, o’quvchilarning o’qish va ijodkorligida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ilk bor ta’lim AKT shaxsning bo’lajak kasbining asosiy instrumenti bo’ladigan vaziyat vujudga keladi. Ta’lim haqiqatdan ham hayotimizga butun hayot faoliyati davomida kirib kelaveradi.
AKTni qo’llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-ahloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar keraklicha yuqori darajada ro’yobga chiqishi uchun pedagogogning AKT sohasidagi bilimdonligi zarur. Pedagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o’quv yurtlaridagi o’qish davomida boshlash kerak. AKT sohasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo‘ladi: zamonaviy axborot muhitida tajribani baholash va faoliyatda qo’llash qobiliyati: shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish: umumiy kommunikativ madaniyatning, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi: axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o’zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo’llash madaniyatini o’zlashtirish.
Bugungi kunda bola har qadamda – uyda, internet klublarida kompyuter bilan to’qnash kelayotgani barchaga ayon. Tabiiy savol tug’iladi: barcha bola ham ushbu zamonaviy texnologiyadan o’z o’rnida maqsadli foydalanyaptimi? Buning uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi?
Ma’lumki, yurtimiz umumta’lim maktablarida o’quvchilar, asosan, 5 – 7-sinfda, ya’ni 12 – 16 yoshida axborot texnologiyalarini o’rganishlari uchun maxsus o’quv fani joriy etilgan. Bu borada 2002 yil 30 maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi Farmoni ta’lim-tarbiya sohasi oldiga yangi vazifalarni qo’ygandi.
Xususan, ta’limni kompyuterlashtirish faqat maktabni zarur texnika va kompyuter bilan ta’minlashdangina iborat emas, birinchi navbatda, o’qituvchi va o’quvchilarning ish mahsuldorligi, ta’lim samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi.
Hozirgi kunda aynan aqliy tarbiyaga psixologik-pedagogik jihatdan yangicha yondashuvlarni izlab topishning ahamiyati ortib bormoqda. Ta’lim jarayonida bolalar aqliy faolligini rivojlantirish ta’limning turli shakl va metodlaridan foydalanish bilan bevosita bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |