O’zbyekiston Ryespublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar
O’zbyekiston Ryespublikasining mustaqil davlat maqomiga yega bo’lishi, o’ziga xos va o’ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta ko’rib chiqish zaruratini tug’dirdi. SHu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko’lami va hususiyatlarini o’zida aks yettirdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g’oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog’liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal yetmay turib tub o’zgarishlar samarasi haqida gap bo’lishi ham mumkin yemas. Mana shunday muammolardan biri «Informatika» yo’nalishini tashkil yetuvchi «Informatika va hisoblash tyexnikasi asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot tyexnologiyalari» kabi kurslarni o’qitish muammosidir.
«Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko’rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamyental o’zgarishlar sodir bo’layotgan hozirgi jarayonning o’ziga xos xususiyatlaridan kyelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o’zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o’sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o’z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kyelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb yegalari soni tobora ortib bormoqda.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amal oshirishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
«Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruratining zamini, asosi bo’lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:
kompyutyerlar, axborot va kommunikatsion tyexnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;
O’zbyekiston Ryespublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyutyerlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo’llarini izlash zarur;
kompyutyer ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o’quv axborotlarini sifatli yetkazish imkoniyatlarini kyengaytiradi, fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kyengaytiradi, o’quv faoliyatini boshqarish usullarini o’zgartiradi, o’qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi va hokazo;
zamonaviy kompyutyerlarda grafik intyerfyeys, «do’stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga komp’yutyer bilan byemalol muloqot qilish imkonini byeradi;
kompyutyer savodxonligi natijasida bolalar rivojlanib borayotgan dunyoda kyelajak hayotga va moddiy farovonlikka yerishishga yaxshiroq tayyor bo’lishlari mumkin;
zamonaviy kompyutyer tyexnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.
Maktabgacha tarbiya, umumo’rta ta’lim, o’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi va undan kyeyingi ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga mo’ljallangan «Informatika» fani pyedagogikamiz uchun yangi bo’lgan nizom va qarashlar sistyemasiga asoslangan:
kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kyerak;
informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni aks yettirishi kyerak;
informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga dasturlashni o’rgatish zaruriyatidan voz kyechish lozim;
informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kyerak;
ishlab chiqilayotgan o’quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u byerish asosidagina amalga oshirish mumkin;
shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo’naltirilganlik;
o’qish vaqti ryesurslarini o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o’quv ijodiy faoliyatini tashkil yetish foydasiga qayta taqsimlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |