O‘quv – uslubiy majmua


Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Kontsentrator



Download 1,49 Mb.
bet204/225
Sana14.07.2022
Hajmi1,49 Mb.
#798675
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   225
Bog'liq
3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1)

Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Kontsentrator – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.Ular 8, 12. 16 ta kompyuterni o’zaro bog’lashi mumkin.
Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o’rnatilishi kerak.
Internet'>Internet va uning imkoniyatlari
Xalqaro kompyuter tarmog’i-Internetning tarkibiga texnik vositalar, dasturiy ta’minot, kompyuter tarmoqlari bilan bog’lanishni amalga oshiradigan standartlar va shartnomalar kiradi.
Internet ning paydo bo’lishi 70-yillarda AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan taklif qilingan elektron tarmoq tuzish g’oyasi bilan bog’liq. *80- yilarga kelib AQSH milliy fondini yaratish g’oyasi asosida Internet ning keyingi taraqqiyot etishi vujudga keldi. Xuddi shu davrga kelib kommersiya tashkilotlari mahalliy tarmoqlar yarata boshlaydi. SHunday qilib, Internet tarmog’i jahon bo’ylab tarqala boshladi. Bugun Internetdan istagan kishi foydalanishi mumkin. Buning uchun nima kerak?
1. Provayder bilan shartnnoma tuzish zarur. Odatda, provayder kompaniyalari-bu kommersiya tashkilotlari bo’lib, o’z regionida Internet bilan hamkorlik qilishni yo’lga qo’yadi. Buning uchun qimmatbaho texnik vositalar-serverlar, marshrutizatorlar, kommutatorlar, tezkor modemlar, ofis texnikasiga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, provayderlar Internet va mahalliy tarmoqlar bilan bemalol ishlay oladigan mutaxassislarga va bir qator telefon tarmoqlariga ega bo’lishi ham shart.
Bugun O’zbekistonda O’zPAK davlat provayderi va uning ta’sir doirasida 40ga yaqin kommersiya provayderi mavjud.
2.Raqamli telefon kanali yoki yaxshi ishlayditgan telefon kommunikatsiyasi bo’lishi kerak. Odatdagi telefon kanalida axborot uzatish 2,5 kGts tezlikda, raqamli telefon kanalida 20112 kbit/sek. Internetda normal ish yuritish uchun 28-33,6 kbit /sek. tezlikda axborot uzatiladi. 3. Operatsion sistemasi Windows 98 va undan yuqori versiyali shaxsiy kompyuter bo’lishi shart.

  1. Modem (modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmasiga ega)raqamli signallarni uzluksiz signallarga aylantirib telefon orqali uzatadi. Provayderdagi modem tezkorligi 33,6 kbit/sek.

bo’lshi kerak.

  1. Programma ta’minoti (modemni ishlatadigan va bog’lanishni tashkil etadigan) lazerli diskda bo’ladi.

  2. Internetdan olingan axborotlarni o’qiydigan maxsus programma –brauzer (Internet Explorer, Netscape Communicater, Opera).

  3. Multimedia vositalari – DVD proigrivatellari, teskari bog’lanishli djoystiklar va Windows standartlari-kodeklar (kodlaydigan va uning teskarisini amalga oshiradigan qurilmalar bo’lib, ular-audio va video yozuvlar uchun) va tovush kartasi.

Ma’lumki, Internet-tarmoqlar tarmog’i bo’lib, unda ish yuritish uchun asosan yagona qaydnoma –TCP/IP zarur. Bu qaydnomaga asosan barcha ma’lumotlar paketlarga joylashtiriladi. Har bir paket o’z ichidagi ma’lumotlardan tashqari 20 baytli sarlavhaga ega. Internet-xuddi tirik organizm kabi o’zini tashkil etadi, o’z-o’zini davolaydi va takomillashadigan strukturaga ega.CHunki jahonda halqaro tarmoqning ishlashiga javobgar na shaxs, na tashkilot bor. U xuddi ko’zga ko’rinmaydigan «efir»dek tashkilot. Tarmoqdagi axborotning harakatini esa faqatgina TCP/IP boshqaradi. TCP/IP qaydnomasi ikki qismdan iborat :
TSR–axborotlarni paketlar(bloklar)ga bo’linishini va keyin tiklanishini ta’minlasa, IP– tarmoq orqali paketlar uzatilishi va foydalanuvchiga yetib borishini amalga oshiradi. IP–adresi odatda raqamlar bilan aniqlanadi (masalan, 193.205.31.47). Bunday ifodalanish kompyuter uchun qulay, ammo foydalanuvchi-mijoz uchun noqulay. SHuning uchun domen(DNS) nomi tizimi kiritilgan.
Masalan, WWW. TIU. UZ
bunda birinchi belgi shu domenga qarashli kompyuter ismi, ikkinchi belgi serverning
domen nomi, uchinchi belgi esa domenga tegishli suffiks (mamlakat nomi).
Ma’lumki, «so’rov» mijozlardan serverga (paketlarga bo’lingan holda) chiqib keladi, serverlardan esa mijozlarga so’ralgan kerakli ma’lumotlar keladi. Halqaro tarmoqqa ta’sir o’tkazadigan yagona tashkilot–bu Internet axborot markazi–Inter NIC bo’lib, u tarmoq serverlariga adres jo’natish bilan shug’ullanadi.
SHuni qayd etish lozimki, o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuasi «Net»(tarmoq) deb yuritiladi. Internet tarmog’iga kirgan har bir kompyuter 4 qismdan iborat o’z manziliga ega bo’lib, ushbu manzil IP (Internet Protocol) deb ataladi. Yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi esa Web(to’r) deb yuritiladi. Internet informatsion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri o’zining takrorlanmas, unikal URL (Uniform Resource Locator) adresiga ega.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish