Mavzuni tushuntirishda qisman foydalanishga mo’ljallangan multimediali dars ishlanmasida monitorda dars xaritasi, mavzuga oid tushunchalar, tasvirlar ketma-ketligi namoyish etiladi, o’qituvchi tushuntiradi, o’quvchi kuzatadi, tushunchalarni, bilimlarni an’anaviy tarzda idrok etadi, mavzuga oid ma’lumotlarni har bir o’quvchi tomonidan o’zlashtirilishi nazorat qilinadi. Dars uchun tarqatma materiallar tayyor holda chop ettiriladi va foydalaniladi. Egallangan bilimlar mustahkamlanadi va umumlashtiriladi
Pirovard natijada, darsda vaqtdan tejaladi, o’quvchida fanga bo’lgan qiziqishi ortadi, axborot-texnologiyalari bilan ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi bilim samaradorligi ortadi.
Zamonaviy didaktikada o‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili – o`qitish jarayonida mavzuni yoritish uchun turli tuman mos ko`rgazma vositalardan foydalanishdir.
Ko`rgazma vositalarining yangi funksiyasi - o`quvchilarning tushunish faoliyatini boshqarish deb aytish mumkin. Ko`rgazmali vositalar yordamida o`quvchilarni olgan bilimlarini umumlashtirishga va ularni kerakli yerda tatbiq etishga o`rgatish mumkin.
Demak, ko`rgazma vositalardan foydalanishning talablaridan biri ularning didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlarini tatbiq etishdir.
Ko`rgazmalilik shakllaridan foydalanish nafaqat matnli ma’lumotlarni to`ldiradi, balki ularning o`zi ham ma’lumot tashuvchi bo`lib, o`quvchining fikrlash faolligi darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Tasviriy (rasm, fotoportret, fotoreproduksiyalar, tabiat manzarali suratlar, arxitektura va boshqa atrof - muhitning fototasvirlari) va shartli-grafik (jadvallar, sxemalar, blok-sxemalar, grafik chizmalar, diagrammalar, kartalar, kartasxemalar va boshqalar) ko`rgazmali vositalar va zamonaviy multimediya dasturlar (audio va videofragmentlar, animatsiya), kitoblar va elektron kitoblar uchun ham yaxshi natija beruvchi didaktik vositalar sanaladi, hamda o`quvchilarning intellektual ong faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko`rgazmali materiallar turlarini va ularning hajmini quyidagi tamoyilga asoslanib tanlanadi. Tajribalarning ko`rsatishicha ko`pincha illyustrativ ma’lumotlar quyidagi holatlarda ishatiladi:
o`quv materiallarining tushunilishi qiyin bo`lgan, qo`shimcha ko`rgazmali tushuntirish talab etiladigan joylarda;
biror bir bo`lim bo`yicha fikrlarni umumlashtirish, bo`lim mazmunini tizimlashtirish (modul, mavzu yoki paragraf yakunida) maqsadida, o`quv materiallarini umumiy jonlantirish va motivatsiyani kuchaytirish maqsadida;
Ko`rgazmali materiallar hajmi o`quv materiallari mazmuni va o`quvchilar yoshining psixologik o`ziga xosligiga qarab olinadi.
Pedagogik psixologiya tadqiqotlariga ko`ra bilimni shakllantirishda ko`rgazmali vositalarning hissasi quyidagicha:
matn 25-30 % gacha,
ko‘rgazmali material 10-15 % gacha, amaliy mashg`ulotlar va treninglar 35 % gacha, o`qitishning to`g`ri tanlangan uslubi va vositalari 25 % gacha, testlar 5 % gacha.
Ko`rgazmali vositalar uch guruhga bo`linadi:
Tasviriy ko`rgazmali vosita:
Shartli-grafik ko`rgazmali vosita (mantqiy-strukturali sxemalar va modellar):
Multimediya ko`rgazma vositalari:
Bundan tashqari boshqa klassifikatsiyalar ham mavjud. Masalan ko`rgazma vositalarning o`quv materiallarini qabul qilish belgilariga ko`ra klassifikatsiyasi. Ma’lumotlarni qabul qilish deganda axborotni tushunish jarayoniga sezgi a’zolari:
eshitish , ko`rish, harakatlanish a’zolarini qo`shish tushuniladi.
O`quv ma’lumotlarni qabul qilganda qanchalik ko`p sezgi a’zolari ishtirok etsa, u shunchalik oson tushuniladi. Albatta, o`quv matnini o`zlashtirish jarayonini faollashtirish uchun undagi ko‘rgazmali materiallardan tashqari uning tushunarli, qiziqarli va mantiqiy o`zaro bog`liq, dolzarb bo`lishi muhimdir. Shu maqsadda aniq ko`rsatmalardan, jadval, sxema, rasmlar reproduksiyasi, animatsiya, audio-videofilmlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ma’lumotlarni qabul qilish va tushunishning quyidagi turlari mavjud:
Ko`rish.
Eshitish.
Ko`rib-eshitish.
Ta’sirchan-emotsional.
Materiallarning qulay shaklda taqdim etilganligi – o`qitish uslubining to`g‘ri tanlanganligi o` qituvchining qo`llab quvvatlashi (interfaollikning mavjudligi) o`quvchini quyidagilar bilan ta'minlaydi: ko‘rgazmali material 10-15 % gacha, amaliy mashg`ulotlar va treninglar 35 % gacha, Bundan ko`rinib turibdiki, asosiy yuk ko`rish a’zolariga tushadi. Psixologlar tadqiqotlariga ko`ra inson axborotning ko`p qismini ko`rib qabul qilishi isbotlangan. Turli baholashlarga ko`ra matnli axborotlarni 10-20 % insonlargina tez tushunib oladilar, qolganlarda esa bu jarayon ba’zi qiyinchiliklar tug`diradi.
Demak, o`quv matnlarini tayyorlashda turli ko`rgazmali vositalardan foydalanibgina qolmay, balki o`quv matnlarining sifatiga va mazmuniga ahamiyat berish muhim.
Chiroyli ko‘rgazmalar audio-video elementlari, ovozli izohlar bilan bezatilgan nazariy o`quv materiallarini o`quvchilarning qabul qilishi osonlashadi. Uni tushunish va eslab qolishga yordam beradi. Predmetlar, hodisalar, vaziyatlar haqida aniq va yorqin tasavvur beradi, fikrlash jarayonini faollashtiradi. Shuning uchun darslarni slaydlar tayyorlab, kompyuter yordamida o‘tilsa yaxsh bo‘ladi. Darsni slaydlar yordamida o‘tish yo‘llarini bilish kerak. Buning uchun -darsning qaysi qismlarni slaydlarda ko‘rsatishni aniqlash;
-ularning ko‘rsatish ketma-ketligini aniqlash; -ko‘rsatiladigan qismlar qisqa va aniq bo‘lishi; -animasiyaning maqsadga mosligini tanlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |