Oqsillarning xossalari va ularni sinash usullari mavzusidagi amaliy mashg’ulotida guruhlarda hamkorlikda oq’ishning pedagogik texnologiyasi



Download 4,15 Mb.
Sana25.06.2017
Hajmi4,15 Mb.
#15505






Oqsillarning xossalari va ularni sinash usullari mavzusidagi amaliy mashg’ulotida guruhlarda hamkorlikda oq’ishning pedagogik texnologiyasi



1.1 Amaliy mashg`ulotni o`qitish texnologiyasi

Talabalar soni -15-20 nafar

Vaqti - 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha amaliy mashg’ulot


Amaliy mashg`ulot rejasi:


1. Ma’ruzada olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.

2. Reja:


- Oqsillarni tabiatda tarqalishi.

  • Oqsillarni klassifikasiyasi

  • Oqsillarning xossalari

  • Oqsillarni sinash usullari;

  • Oqsillarnig ahamiyati

O`quv mashg`ulotining maqsadi :

Oqsillarning xossalari va ularni sinash usullari haqida tushunachalarni shakllantirish


Pedagogik vazifalar:

  • fan bo`yicha ma’ruzada berilgan bilimlarni amaliy mashg`ulotda mustahkamlsh;

  • mavzu bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish;

Reja:

  • Oqsillarni tabiatda tarqalishi.

  • Oqsillarni klassifikasiyasi

  • Oqsillarning xossalari

  • Oqsillarni sinash usullari;

  • Oqsillarnig ahamiyati

O`quv faoliyatining natijalari:

O`qituvchi:

  • tarqatma materiallarni talaba tomonidan o`zlashtirilishini nazorat qilish va baholash;

  • o`quv jarayoni mobaynida har bir talaba tomonidan o`z ballarini egallashga imkoniyat yaratish.

Talaba:

  • yangi bilimlarni egallaydi;

  • so`zlab berishni o`rganadi;

  • o`rganilgan mavzuni yodda saqlab qolish;

  • fikrini erkin holda bayon etish;

  • qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi va o’zini baholay oladi.




O`qitish usullari:

Kichik guruhlarda ishlash,suhbat-munozara,video-namoyishi, tajriba namoyishi

O`qitish shakllari:

guruhlarda ishlash, individual

O`qitish vositalari:

Ma’ruza matni, slaydli taqdimot, qog`oz, marker, uslubiy qo`llanmalar, grafikli organayzerlar


O`qitish sharoitlari:

Tajriba jihozlari bilan ta’minlangan xona, reaktivlar;

Monitoring va baholash:

Reyting asosida baholash.



1.2. Amaliy mashg`ulotning texnologik xaritasi


Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

o’qituvchi

talaba

1-bosqich.

Kirish


(5 min.)

    1. Mavzuni, o’quv mashg’ulot o’tkazish rejasi va mashg’ulotdan kutiladigan natijalar rejasini ma’lum qiladi.

    2. Kichik guruhlarda ish davom ettirilishini ma’lum qiladi.

    1. Tinglaydilar, yozadilar.



    1. Eshitadilar

2-bosqich.

Bilimlarni tekshirish

(25 min.)


2.1.Talabalarni 3 guruhga bo’ladi Guruhlarda ishlash qoidalari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

Guruhlarda ish boshlanganini e’lon qilib, ularga savollar (2-ilova)beradi:

(1)«Glukoza» guruhi savollarga javobni klaster (3-ilova)chizmasida aks ettirishadi

(2)«Saxaroza» guruhi savollarga javobni venn diagrammasi(4-ilova) chizmasida aks ettirishadi

(3)«Kraxmal» guruhi savollarga javobni baliq skeleti (5-ilova) chizmasida aks ettirishadi

2.2.Talabalar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi”ni tayinlaydi. Guruh ishlarini baholash jadvali bilan tanishtiradi.(6-ilova)

2.3.Tuzilgan klaster,venn diagrammasi,baliq skeleti haqida jamoa muhokamasini tashkil etadi va to’ldiradi.


2.1 Guruhlarda ishlaydilar, qog’oz varag’ida klaster , venn diagramma, baliq skeletini to’ldiradilar.

2.2. Guruh hisobchisi guruhlar to’plagan ballarni hisoblaydi

2.3.Muhokama qiladilar .

Eshitadilar



3-bosqich.

Informatsion

(35 min.)


3.1. Yangi mavzuning slayd taqdimoti(7-ilova) ni namoyish qiladi.Tajribani video namoyishi(8-ilova)ni ko’rsatadi va amalda bajarib beradi.

3.2 Talabalarga tajriba-yo’riqnomalarini(9-ilova) beradi va tegishli me’yornoma asosida reaktivlar tarqatadi

3.3. Mavzu bo’yicha berilgan tajribalarning bajarilishi va tajribada olingan natijalarni kuzatadi.

3.4. Tajriba ishlarini bajarilishi bo’yicha bayonlarni rasmiylashtirish va olingan natijalarni baholashni tashkil etadi.

3.5. Olingan natijalarni umumlashtiradi, izohlaydi, tajriba bajarishi bo’yicha qilingan xulosalarga e’tibor beradi.

3.6. O’zlashtirishni darajasini aniqlash uchun har bir talabaga mavzu bo’yicha test savollari( 10-ilova) tarqatib, savollarga javob berishlarini so’raydi, o’zlashtirish darajasini aniqlaydi




3.1.Taqdimot bilan tanishadilar va video namoyishni ko’radilar.

3.2. Tajribalar bilan tanishadilar, reaktiv va oladilar

3.3.Tajribalarni bajaradilar , olingan natijalarni qayd etadilar

3.4 Tajriba ishlari bayonini to’ldiradilar.

3.5.Xulosa qiladilar.

3.6. Savollarga javob beradilar



4-bosqich.

Yakuniy


(15 min.)

4.1. Tajriba mashg’ulotini yakunlaydi, guruh hisobchilarini hisobotini tinglab har bir talabani bilikichik baholaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.

4.2. Kelgusi darsga uy vazifasini beradi.(11-ilova)



4.1. Tinglaydilar.

4.2. Yozadilar.




1-ilova


Guruhlarda ishlash qoidalari

- har bir talaba o`rtoqlarini hurmat va diqqat bilan eshitishi kerak;

- har bir talaba berilgan topshiriqqa jiddiy yondashib, birgalikda faol ishlashi lozim;

- har bir talaba lozim bo`lganda yordam so`rashi kerak;

- har bir talaba undan so`ralganda yordam ko`rsatishi kerak;


  • har bir talaba guruhning ish natijalarini baholashda ishtirok etishi lozim;

  • har bir talaba aniq tushunchaga ega bo`lishi kerak:

- boshqalarga yordam berib, o`zimiz ham o`rganamiz!

- biz bir kemadamiz: birgalikda suzamiz yoki birgalikda cho`kamiz.




Nazorat savollari

1.Oligosaxaridlar deb qanday turdagi uglevodlarga aytiladi, ular qanday sinflarga bo'linadi?

2.Disaxaridlar qanday formula bilan Ifodalanadi necha xil monosaxarid hosil bo 'ladi, reaksiya lenglamasifii yoking.

3.Qanday turdagi uglevodlar polisaxaridlar deb ataladi, ularning zanjiri qanday yo`l bilan o`sib boradi?

4.Gidrolizlanganda hosil bo`ladigan monosaxaridlar turiga qarab polisaxaridlar qanday turdagi pilosaxaridlarga ajratiladi



2-ilova

3-ilova

«ZIG-ZAG» USULI
Bu - o’zaro hamkorlikda (birgalikda) o’qish usuli bo’lib xisoblanadi. Uni

o’tkazish metodikasi quyidagicha:

matn uning xajmiga bog’liq holda qismlarga ajratiladi. Tinglovchilar (talabalar) ham matn qismlariga bog’liq bo’lgan holda 4-6 kishidan iborat kichikguruhlarga bo’linadi;

tinglovchilar o’z raqamlariga mos bo’lgan yangi (korporatsion) guruhlarga jamlanadilar. Har bir guruh a’zosi matnning o’z raqamlariga tegishli qiskichik (1 - raqamlilar birinchi qiskichik, 2- raqamlilar ikkinchi qiskichik va h.k.) o’qib chiqadilar va o’qilgan qismni bayon etishning umumiy strategiya (fikr)ni ishlab chiqadilar;

tinglovchilar o’zlarining dastlabki «qadrdon» guruhlariga qaytadilar va ularning har biri o’zi o’qigan matn qiskichik shunday bayon qilishi kerakki, guruh a’zolarida matnning to’la mazmuni bo’yicha yaxlit tasavvur hosil bo’lsin. Shundan so’ng bir talaba matnning to’la mazmunini bayon qiladi;

ayrim guruh a’zolari o’z fikrlarini bayon qilishlari mumkin.



4-ilova

Zig-zag”usuli bo’yicha kichik-guruhlarga vazifa qilib beriladigan



ma’ruza matnlari

I MATN

Oqsil haqida tushuncha. Barcha o'simlik, hayvon va kichikorganizmlar hayoti uchun zarur bo'lgan moddalar oqsil moddalar, ya'ni oqsillardir. Hayot oqsil rnoddalarning murakkab aylanish jarayoni bo'lib, bar qanday tirik organizm oqsil rnoddalarsiz yashay olmaydi,

Oqsil moddalarni kislotali yoki fermentativ gidroliz qilinganda aminokislotalar aralashmasi hosil bo'ladi. Ko'pgina oqsillar tarkibida 25 ta atrofida turli xil aminokislotalar mavjud bo'lib, ushbu aminokislolalardan 20 ga yaqini oqsillarning doimiy tarkibiy qiskichik tashkil qiladi. Oqsil molekulalarida aminokislotalar bir-birlari bilan bar xil miqdorda va turli tartibda birikadi.

Oqsillar tuzilishini o'rganishda, asosan, ikki xil usul qo’llaniladi:

1. O'qsillarning to'liq yoki qisman gidrolizini sinchiklab o'rganish;

2. Gidrolizning so'nggi mahsulotlari bo'lgan aminokislotalardan murakkab tuzilishli moddalar sintez qilish va ularni oraliq mahsulotlar bilan taqqoslash.

Rus biokimyogari A.Ya. Danilevskiy o'z tajribalari asosida 1888- yilda oqsil molekulasida aminokislotalar qoldiqlari orasida peptid bog'lanishiar borligi haqidagi gipotezani birinchi bolib ilgari surdi. Keyinroq, XX asrning boshlarida nemis olimi E. Fisher oqsil molekulasida peptid bog'lanish mavjudligini tajribada isbotladi. U 19 ta aminokislota qoldig'idan tarkib topgan polipeptidni sintez qilishga muvaffaq bo'ldi.

Hozirgi vaqtda bir qator oqsillarning tuzilishi aniqlangan. Tuzilishi aniqlangan birinchi oqsil insulin bo'lib, Lining tuzilishi Fromajo va Senjerlar tomonidan aniqlangan. Insulin molekulasi ikki polipeptid zanjiridan iborat bo'lib, ulardan biri 21 Ea, ikkinchisi 30 ta aminokislota qoldig'idan tashkil topgan. Bu polipeptid zanjirlar -S-S- disulfid bog'lar orqali birikkan. Ferment vazifasini bajaruvchi ribonukleaza oqsili molekulasi 124 ta aminokislota qoldig'idan iborat. Ovqat hazm qilish fermenti ximotripsinogen oqsili 246 ta aminokislota qoldig'idan iborat bo'lib, Lining molekulyar og'iriigi 27000 ga teng. Rus olimi, akademik Yu. A. Ovchinnikov tomonidan aspartat-ransaminaza fermenti 412 ta aminokislota qoldig'idan iborat ekariligi aniqlandi.

Hozirgi tasavvurlarga ko'ra oqsil molekulalari bir yoki bir nechta poiipeptid zanjirlardan tashkil topgan. Polipeptid zanjirlarda aminokislotalar bir-birlari bilan peptid (amid) bog'lar ( NH CO ) yoki disulfid bog'lar (-S-S-) orqali bog'langan bo'ladi. Har bir polipeptid zanjir ochiq, tarmoqlangan yoki siklik holatda bo'lishi mumkin. Ochiq polipeptid zanjirning bir uchida erkin holdagi karboksil guruhi tutgan aminokislota (C-uchli aminokislota) bo'lsa, ikkinchi uchida esa erkin holda aminoguruhi tutgan aminokislota (N-uchli aminokislota) bo'ladi. Siklik polipeptid zanjirlarda bunday aminokislotalar mavjud bo'lmaydi. Tarmoqlangan polipeptid zanjirlarda bir polipeptid zanjirdagi diaminokislotaning ikkita aminoguruhiga ikkita polipeptid zanjir birikkan bo'ladi.

Peptid bog'lar bitta aminokisfota karboksilining boshqa aminokislota aminoguruhi bilan o'zaro ta'sirlashishi natijasida hosil bo'ladi, masalan:




Peptidlardeb, oqsillar asosini tashkil qiluvchi hamda ikki yoki undan ortiq aminokislotalarning o'zaro polikondensatlanishidan hosil bo'lgan moddalarga aytiladi. Ikkita aminokislota qoldig'idan dipeptidlar, uchta aminokislotadan tripeptidlar, ko'p sonli aminokislotalardan polipeptidlar hosil bo'ladi.

Peptidlarning nomi aminoguruhidan boshlangan aminokislotalar nomlaridan oxirgi ,,in" qo'shimcha ,,H" qo'simchaga aimashtirilib, hosil bo'lgan nomlarga karboksil guruhi bilan tamomlangan oxirgi aminokislota nokichik qo'shib hosil qilinadi. Masalan:


Peptidlardan polipeptidlar, polipeptidlaidan pentonlar, penlonlardan oqsillar hosil bo'ladi. Demak, oqsillar -aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan murakkab tuzilishli yuqori molekulyar tabiiy birikmalardir.

4-ilova

Zig-zag”usuli bo’yicha kichik-guruhlarga vazifa qilib beriladigan



ma’ruza matnlari

II MATN

Oqsillarning tuzilishi. Organik kimyoda tadqiqotning tajribaga asoslangan yangi usullarining paydo bo'lishi va rivojlanishi oqsil tuzilishini o'rganishda ancha yutuqlarga erishilishiga sabab bo'ldi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi strukturalari aniqlangan bo'lib, ular bir-biridan farq qifadi.

Oqsilning birlamchi strukturasi Lining kimyoviy strukturasi, ya'ni ushbu oqsilning polipeptid zanjirida aminokislotalar qoldiqlarming navbatlashib kelishidir.

Oqsilning ikkilamchi strukturasi polipeptid zanjirning fazodagi shakli. Rentgcn-struktura analizi va tekshirishning boshqa fizikaviy usullari yordamida tabiiy oqsillarning polipeptid zanjirlari buralgan holatda-spiral ko'rinishida bo'lishi aniqlangan. Spiral strukrura spiralning yonma-yon o'ramlaridagi aminokislotalar qoldiqlaridagi CO va NH gunihlar orasida vujudga keladigan vodorod bog'lanishlar biian tutib turiladi. Bunday ikkilamchi struktura spiral deb ataladi. Unda vodorod bog'lanishlar spiralning uzun o'qiga parallel yo'nalgan bo'ladi.

Ogsilning uchlamchi strukturasi uch o'lchamli konfiguratsiya bo'lib, pofipeptid zanjirning buralgan spirali fazoda ana shunday shaklga kiradi. Bunday strukturada fazoda bo'rtib chiqqan va botiq joylari bo'lib, funksional guruhlari tashqariga qaragan bo'ladi. Oqsil molekulasining o'ziga xosligi, uning biologik faolligi uchtamchi struktura bilan tushuntiriladi. Oqsiilarda uchlamchi strukturani hosil qiluvchi va saqlab turadigan asosiy omillar aminokislotalar qoldiqlarining yonaki radikallari orasidagi bog'lanishlardir.

Oqsilning to'rtlamchi strukturasi — oqsillarda turli xil funksional guruhlar mavjud bo'igani uchun ularni organik birikmalarning birorta ham sinfiga kiritish mumkin emas. Oqsillarda turli xil sinflarning xossalari umumlashib butunlay yangi sifat paydo bo'ladi. Bir nechta uchlamchi tuzilishga ega bo'lgan polipeptidlardan tashkil topgan oqsillar to'rtlamchi tuzilishli oqsillar deyiladi. Oqsil molckulasidagi uchlamchi tuzilishli polipeptid zanjirlar birgalikda yagona oqsil moddaning xususiyalini namoyon etadi. Bunday to'rtlamchi tuzilishga ega bo'lgan oqsillar oligomerlar deb ataladi.

Oqsillar klassifikatsiyasi. Kimyoviy tarkibi jihatdan oqsillar ikki guruhga bo'linadi;

a) oddiy oqsillar-proteinlar, ular gidrolizlanganda faqat nminokis-lotalargaajraladi;

b) murakkab oqsillar-proteidlar, ular gidrolizlanganda aminokislotalar biian oqsilmas tabiatli moddalar (uglevodlar, nuklein kislotalar va boshqalar) hosil qiladi.

Proteinlar o'z navbatida uchga bo'linadi: albuminlar, globulinlar va proteinoidlar.

Albuminlar suvda yaxshi eriydigan oddiy oqsillar bo'lib, ularning eritmalariga (NH4):SO4 qo'shib to'yintirilganda cho'kmaga tushadi. Albuminlar tuxum oqida (tuxum albukichik), qon zardobida (zardob albukichik), sutda (sut albukichik) ko'p bo'lib, ularning molekula og'irligi kichik bo'ladi.

Globulinlar suvda erimaydigan oddiy oqsillardir, ular 8—10 % li NaCl va MgCO4 eritmalarida yaxshi eriydi. Globulinlar eritmasini suv qo'shib suyultirish yoki eritma konsentratsiyasini tuz qo'shib oshirish yo'li biian ularcho'ktiriladi. Globulinlar sutda (sut globulini), qon zardobida (zardob globulini), tuxumda (tuxum globulini), muskullarda hamda kanop va no'xot kabi o'simliklarda ko'p boladi.

Proteinoidlar suvda, tuzlar, ishqorlar, kislotalar eritmalarida erimaydi, gidrolizga chidamli bo'ladi. Ularga soch, tirnoq, shox tarkibiga kiruvchi keratin, ipak tarkibiga kiruvchi fibroin misol bo'ladi.

Proteidlar tarkibidagi oqsilmas tabiatli moddalar tabiatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: xromoproteidlar, nukleoproteidlar, fosfoproteidlar, glikoproteidlar, lipoproteidlar.

Xromoproteidlar tarkibi oqsil qism va biror bo'yoq moddadan iborat bo'lib, ularga gemoglobin misol bo'ladi. Gemoglobin organizmda kislorod tashish vazifasini bajarib, tarkibi globin oqsili va bo'yoq modda-gemdan iborat. Gem murakkab tuzilishga ega bo'lib, tarkibida azot va temir atomlari mavjud.

Nukleoproteidlar tarkibi oqsil modda va nuklein kislotalardan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va nuklein kislotalar hosil bo'ladi. Nuklein kislotalar gidrolizlanganda esa uglevod, fosfat kislota, purin va pirimidin asoslariga parchalanadi. Nukleoproteidlar ishqorlarda eriydi, kislotalarda esa erimaydi.

Fosfoproteidlar tarkibi oqsil modda va fosfat kislotadan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va fosfat kislota hosil bo'ladi. Fosfoproteidlarga sut kazcini misol bo'ladi.

Glikoproteidlar tarkibi oqsil modda va uglevodlardan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va uglevodlar hosil bo'ladi. Glikoproteidlar suvda erimaydi, suyultirilgan ishqor eritmalarida eriydi. Ularga so'lakda bo'ladigan mutsin misol bo'ladi.

Lipoproteidlar tarkibi oqsil modda va yog' yoki yog'simon moddalardan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va yog' yoki yog'simon moddalar hosil bo'ladi.

Bulardan tashqari, oqsillar shakliga qarab ikki guruhga ajratiladi: a) tolali yoki fibrillyar oqsillar, b) globulyar oqsillar.

.
4-ilova

Zig-zag”usuli bo’yicha kichik-guruhlarga vazifa qilib beriladigan



ma’ruza matnlari

III MATN

Oqsillar xossalari, Oqsillarning eruvchanligi turlicha; ba'zilari suvda eriydi, boshqalari neytral tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, ayrimlari esa umuman erimaydi.

Oqsillar tarkibida karboksil bilan aminoguruhi borligi sababli ular aminokislotalar kabi amfoter xossalarni namoyon qiladi. Masalan, ishqorlar ta'sir ettirilganda oqsil anion shaklida reaksiyaga kirishadi-ishqorning kationi bilan birikadi va albuminat tuzini hosil qiladi:


Kislotalar ta'sir ettirilganda esa oqsil kation sifatida bo'ladi va sintonin hosil qiladi:


Ayrim omillar ta'sirida oqsillarning ikkilamchi va uchiamchi struklurasi buziladi, yani oqsilningdenaturatsiyasisodirbo'lndi. Bunda ikkilamchi va uchiamchi strukturani hosil qiladigan vodorod bog'lanishlar uziladi, natijada oqsil molekulasi konfiguratsiyasi buziladi. Oqsiliarning dcnaturatsiyasiga turli xil reagentlar va sharoitiar: kuchli kislota va ishqorlarning, etil spinning, og'ir metallar tuzlarining ta'siri, radiatsiya, qizdirish, kuchli chayqalish va boshqaiarsabab bo'ladi.

Oqsil rnoddalarga xos xususiy cho'ktirish va rangli reaksiyalar mavjud bo'lib, ular yordamida oqsillami oson aniqlash mumkin:

1.Qaynatish bilan sinash. Kuchsiz kislotali muhitda oqsil eritmalari neytral tuzlar eritmalari ishlirokida qaynatilganda oqsil iviydi va cho'kmaga tushadi. Odatda, kuchsiz kislotali muhit hosil qilish uchun suyultirilgan CH^COOH eritmasi ishlatiladi.

2. Og'ir metall tuzlari yordamida cho'ktirish. Oqsillar mis sulfat CuCO4, qo'rg'oshin atsetat (CH3COO)2Pb, qo'rg'oshin gidro atsclat Pb(OH)(CH3COO), simob (II) xlorid HgCb, temir (III) xlorid FeCh eritmalari bilan reaksiyaga kirishganda cho'kmaga tushadi.

3.“Alkaloidlar” reaktivtari hilan cho'ktirish. Oqsillar tannin, pikrin kislota kabi reaktivlar bilan ta'sirlashganda cho'kmaga tushadi.

4.Biuretreaksiyasi. Ishqoriy muhitda CuCO4 eritmasi binafsha rangga bo'yaladi. Biuret reaksiyasi –CO – NH – bog`lar uchun xususiy reaksiya bo'lib, dipeptid ko'k, tripeptid binafsha, polipeptidlar qizil rang beradi.

5.Ksantoprotein reaksiyasi. Oqsillar konsentrlangan HNO3 ta'sirida sariq rangga bo'yaladi, 25 % li NH4OH ta'sirida esa to'q sariq rang hosil bo'ladi,

6.Milan reaksiyasi. Oqsillar (tirozin, triptofan) Hg(NO3)2 tuzining HNO2 yoki HNO3 lardagi eritmasi bilan qizdirilganda qizil-qo'ng'ir cho'kma hosil bo'ladi.

7.Ningidrin reaksiyasi, Oqsillar ningidrin eritmasi bilan qo'shib qizdirilganda ko'k bo'yalish hosil bo'ladi.


KLASTER

(Klaster-tutam, bog’lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li- barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.

Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.

Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qogoz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi

Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.

Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.

GURUHLI ISH UCHUN O’QUV TOPSHIRIG’I

Ekspert varaq №1 5-ilova


GURUHLI ISH UCHUN O’QUV TOPSHIRIG’I

Ekspert varaq №2 6-ilova

VENN DIAGRAMMASI

2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.

Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi

Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar

Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar

Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.

Venn diagrammasi

GURUHLI ISH UCHUN O’QUV TOPSHIRIG’i

Ekspert varaq 3 7-ilova

Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda yuqori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi

Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmlarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.

Baliq skeleti” chizmasi

Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi.

Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi

Ish natijalarining taqdimoti



8-ilova
Reyting bo`yicha baholash mezonlari

Guruh ishlarini baholash jadvali


Guruh

Javobning to`liqligi

(50)

Ma’lumotlar-ning aniq-ravshanligi

(25)

Guruhning har bir a’zosini faolligi

(25)


Jami ballar


Baho

1
















2
















3
















Har bir guruh boshqa guruhni ball mezonlari bo`yicha baholaydi. Guruh olgan baho guruhdagi har bir a’zoning bahosi hisoblanadi Reyting bo`yicha har bir amaliy mashg`ulotda olish mumkin bo`lgan ballar:

5 ball – “a’lo”
4 ball – “yaxshi”
3 ball – “qoniqarli”
2 ball – “qoniqarsiz”

9-ilova




















10-ilova



OQSIL ,MIS SULFAT,ISHQOR

OQSIL ERITMASIDAN QUYAMIZ


ISHQOR ERITMASIDAN QUYAMIZ



MIS SULFAT ERITMASIDAN QUYAMIZ


BIURET REAKSIYASI

HOSIL BO’LADI

11-ilova

Amaliy ish:Oqsillarning xossalari va ularni sinash usullari
Kerakli asbob va reaktivlar:tuxum oqsili,shisha tayoqcha,200ml suv

Ishni bajarish tartibi

Tuxum sarig’idan ajratiladi,so’ngra shisha tayoqcha yordamida kuchli aralshtiriladi va 200 ml suvda eritiladi



Oqsillarning issiqlik ta’sirida denaturatlanishi.(Cho’kishi)

Kerakli asbob va reaktivlar: Beshta probirka, 2 ml dan oqsilning neytral eritmasi, qizdirgich, sirka kislotaning 1 prosentli eritmasidan 1-2 tomchi, sirka kislotaning 5 prosentli eritmasidan 1 ml natriy xloridning to’yingan eritmasidan, 1 ml 5 prosentli ishqor eritmasi.

Ishni bajarish tartibi

Barcha oqsillar qizdirilganda cho’kmaga tushadi. Turli oqsillarning cho’kmaga tushish temperaturasi turlicha bo’ladi. Oqsillar isitilganda sekin – asta cho’ka borib, ma’lum temperaturaga yetganda butunlay cho’kib denaturatlanadi.

Turli oqsillarning temperatura ta’sirida cho’kmaga tushishida suyuqlikning pH i va elektrolitlarning konsentrasiyasi ham ahamiyatga ega.

Ko’pchilik oqsillar, odatda, manfiy (-) zaryadli bo’lgani uchun, ularning izoelektrik nuqtasi kislotali muhitda bo’ladi. Shuning uchun kuchli kislotali muhitda qayta zaryadlanib [musbat (+) zaryadli bo’lib] eritmaning turg’unligi ortadi.

Beshta probirka olib, ularning har qaysisiga 2 ml dan oqsilning neytral eritmasidan quyiladi va quyidagi tajribalar uchun ishlatiladi:


  1. Birinchi probirkadagi oqsil eritmasi qizdiriladi. Eritmaning muhiti neytral bo’lgani uchun oqsil tezda cho’kadi.

  2. Ikkinchi probirkadagi oqsil eritmasiga sirka kislotaning 1 prosentli eritmasidan 1-2 tomchi tomizib, eritma qaynagungacha qizdiriladi. Muhit kuchsiz kislotali bo’lganligi uchun oqsil cho’kadi.

  3. Uchinchi probirkadagi oqsil eritmasiga sirka kislotaning 5 prosentli eritmasidan 1 ml qo’shib qaynagungacha qizdiriladi. Muhit kuchli kislotali bo’lgani uchun oqsil cho’kmaga tushmaydi.

  4. To’rtinchi probirkadagi oqsil eritmasiga sirka kislotaning 5 prosentli eritmasidan 1 ml solinadi va unga natriy xloridning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi qo’shib qizdiriladi. Muhit kuchli kislotali bo’lishiga qaramay elektrolit (Na+ + Cl-) ishtirok qilgani sababli oqsil cho’kadi.

  5. Beshinchi probirkadagi oqsil eritmasiga 1 ml chamasi 5 prosentli ishqor eritmasidan solib qizdiriladi, cho’kma hosil bo’lmaydi.


Oqsillarni ammoniy sulfat yordamida cho’ktirish(tuzlanish).

Kerakli jihoz va reaktivlar: Probirka,pipetka, oqsil eritmasi, (NH4)2SO4 to’yingan eritmasi, suv

Ishni bajarish tartibi

Probirkadagi oqsil eritmasiga ammoniy sulfatning (NH4)2SO4 to’yingan eritmasidan qo’shilganda eritma loyqalanadi va oqsil cho’kmaga tushadi. Eritmaga suv qo’shsa cho’kma eriydi.Bu usul b-n bir qator oqsillarni o’zgarmagan holda ajratib olish mumkin.

Oqsilning cho’kmaga tushishiga sabab shuki, 96° li etil spirt va (NH4)2SO4 suvni o’ziga shimib oluvchi moddalar bo’lib, oqsil eritmasidagi suvni o’ziga biriktirib oladi,eritmada qolgan suv esa oqsilni eritma holida saqlay olmaydi va oqsil cho’maga tushadi.Bunday aralashmaga suv qo’shsa oqsillar cho’kmasi yana eriydi, bu nimani ko’rsatadi?Bu oqsillarning strukturasi o’zgarmaganligini ko’rsatadi
Biuret reaksiyasi.

Kerakli asbob va reaktivlar: 10% li NaOH eritmasi,5%li mis(II)sulfat CuSO4,tuxum oqsili, probirkalar, pipetkalar,shisha tayoqcha

Ishni bajarish tartibi

5-6 tomchi tuxum oqsili eritmasiga 5-6 tomchi NaOH eritmasidan qo`shamiz.So`ng devor bo`ylab 1-2 tomchi mis(II)sulfat eritmasidan qo`shamiz.Qizg`ish binafsha rang hosil bo`ladi. Bu reaksiya yordamida (qizg`ish binafsha rang) oqsildagi qanday bog`lar aniqlanadi? Bu bo’yalish oqsil moddasi tarkibida (-NH-CO-) peptid bog’i borligini ko’rsatadi.




Test savollari

1. Quyidagi birikmaning qaysilari monosaxaridlar hisoblanadi?

1) saxaroza 2) glukoza 3) laktoza 4) fruktoza 5) kraxmal 6) riboza

A) 2,4 va 6 B) 4,5 va 6 C) 2 va 4 D) 2,3 va 4 E) 2,4 va 5

2. Quyidagi uglevodlarning qaysi biri “ kumush ko`zgu” reaksiyasiga kirishadi?

A) Glukoza B) Fruktoza C) Saxaroza D) Kraxmal E) Selyuloza



3.Glukozaning kislotali bijg’ ishi natijasida qanday kislota hosil bo’ ladi?

A) vino kislota B) sut kislota C)olma kislota D) glikol kislota E) etan kislota



4.0,25 mol saxaroza to`liq oksidlanganda qancha hajm uglerod (IV) oksid hosil bo`lishini (n.sh) da xisoblang?

A) 22,4 l B) 44,8 l C) 67,2 l D) 89,6 l E) 112 l



5. 33,1 mol glyukoza to`liq oksidlanishi uchun qancha havo (n.sh) da zarur?

A)67,2 l B) 33,6 l C) 336 l D) 6,72 l E) 672 l



6.Disaxarid vakillarini aniqlang

A) laktoza,galaktoza B) saxaroza,maltoza C)fruktoza,glukoza D) glukoza, kraxmal

E) fruktoza, selluloza

7 Eng ko’ p ishlatiladigan o’ simlik uglevodi qaysi?

A) kraxmal B) selluloza C) dekstrin D) saxaroza E) maltoza

E)selluloza

8.Kraxmalni gidrolizlab glukoza olishni kim kashf etgan?

A)1812 Kirxgof B) 1811 Kirxgof C) 1813 Kirxgof D) 1814 Kirxgof E) 1815 Kirxgof


12-ilova
13-ilova


Uyga vazifa

1.Masharipov. «Kimyo» 2. Abdulhayeva "Kimyo" 3. Abdusamatov "Organik kimyo",3.Sh.Sobirov "Organik kimyo" darsligidan Yog’lar va moylar mavzusini o’qib topshiriqlarni bajarib kelish

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish