15. Toksigenlik vazifasi – organizmlar, asosan mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilgan ayrim oqsillar va peptidlar boshqa organizmlar uchun zaharli hisoblanadi. Masalan botulinik toksin – botulizm tayoqchasi tomonidan ishlab chiqariladigan peptid.
16. Zararsizlantiruvchi vazifasi – oqsillar funktsional guruhlari hisobiga zaharli birikmalar bo`lgan og`ir metallar, alkoloidlarni bog`lash yo`li bilan zararsizlantiradi. Albuminlar og`ir metallar va alkoloidlarni bog`laydi.
17. Gemostatik vazifasi – tromb hosil bo`lishi va qonning to`xtashida ishtirok etadi. Fibrinogen – qon zardobining oqsili bo`lib, trombning asosini tashkil etuvchi to`rni hosil qiladi.
Bu ko`rsatib o`tilgan asosiy vazifalardan tashqari oqsillar yana juda ko’p biologik faol strukturalarning tuzilishida va funktsiyasida ishtirok etadilar. Maslan hayvon zaharlarining aksari ham oqsil tabiatiga ega, ko`rish ‘igmenti rodo’sin va xokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |