4. Gen faolligining boshqaruvchilari. Ma’lumki, xromatin strukturasining tuzilishida DNK gistonlar, giston bo’lmagan oqsillar va kam miqdorda RNK bilan kompleks holida uchraydi. Mulohazalarga ko’ra, xromatin oqsillari faqat struktura emas, balki DNK ga bog’liq RNK-polimeraza yordamida xromatinning ma’lum bir genlarining transkriptsiyasini yengillashtirib yoki qiyinlashtirgan holda boshqaruvchi vazifasini ham bajaradi.
Gistonlar transkriptsiyaning salbiy boshqaruvchilari bo’lib hisoblanadi (bakteriyalardagi repressorlarga o’xshash). Ular musbat zaryadga ega bo’lgan holda DNK ning manfiy zaryadlangan fosfat qoldiqlari bilan bog’lanadi va transkriptsiyani blokirlaydi, ya’ni nusxa ko’chirish uchun DNK qismlarini matritsa sifatida ishlatilishiga yo’l qo’ymaydi. Transkriptsiyaning deblokirovkasi yoki derepressiyasi DNK bilan gistonlarning bog’i kuchsizlanganda ro’y beradi.
Gistonlar xromatin transkriptoni boshqarilishida ishtirok etadi, ammo ular gen boshqarilishining o’ziga xosligi (spetsifikligi)ni ta’minlay olmaydilar.
Giston bo’lmagan oqsillar judayam xilma-xil, shuning uchun ular transkriptsiyaning o’ziga xos boshqaruvchilari vazifasini bajaradi deb hisoblanadi. Bunday oqsillar o’zida manfiy zaryad saqlab, DNK ning istalgan qismi bilan emas, balki spetsifik qismi bilan bog’lanadi. Giston bo’lmagan oqsillar ijobiy boshqaruvchilar hisoblanib, DNK bilan bog’langan joylarida transkriptsiyani yengillashtiradilar. Ammo bunday oqsillarning transkriptsiyaga ta’sir mexanizmi aniqlanmagan. Bunda ayniqsa, fosforillangan giston bo’lmagan oqsillar samarali ravishda transkriptsiyani faollaydilar.
Shunday qilib transkriptsiyani boshqarilishida gistonlar RNK sintezini ingibirlaydilar, giston bo’lmagan oqsillar esa bunga qarshilik qiladilar.
Transkriptsiyani uchinchi tur boshqaruvchilari past molekulali turg’un yadro RNK si (vektor RNK) ning molekulalari bo’lib, doimo yadroda joylashadi va oqsil bilan kompleks holda uchraydi (RNP). Bunday ribonukleotid transkriptonlarning aktseptor qismiga komplementar o’zaro ta’sir yo’li bilan genlarga tanlab ta’sir o’tkazadi. Bunday molekulalarning boshqaruvchilik vazifalari o’rganilmoqda.
Translyatsiyadan so’ng boshqarilish initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya bosqichida bo’lib, ular har xil oqsil faktorlari va mRNK ga translyatsiya protsessingiga ta’sir etuvchi ingibitorlar ta’siri ostida bo’ladi.
Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida odam organizmiga ta’sir etmay, bakteriyalarda nuklein kislota va oqsil biosintezi jarayonini tormozlovchi ko’pgina antibiotiklar qo’llaniladi. Antibiotiklar nuklein kislotalar va oqsil biosintezining muhim reaktsiyalariga ta’sir etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |