Oqsillar biosintezini boshqarilishi


Eukariotlarda oqsil biosintezining boshqarilish sxemasi



Download 242 Kb.
bet6/19
Sana31.12.2021
Hajmi242 Kb.
#222991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1Oqsillar biosintezini boshqarilishi jarayoni.

5. Eukariotlarda oqsil biosintezining boshqarilish sxemasi. Eukariotlardagi oqsil sintezining boshqarilishi transkriptsiya va translyatsiya darajasida amalga oshadi. Transkriptsiya darajasida turli xil boshqaruvchilar ayrim genlarga tanlab ta’sir qiladi, bu esa ularga mos oqsillar to`plamini belgilab beradi. Translyatsiya darajasida boshqarilish ularning tarkibi emas, balki ribosomalarda ayrim oqsillarning sintezlanish tezligida namoyon bo`ladi.3

Induktorlarning ta’sir etish mexanizmi quyidagicha boradi. Induktorlar, masalan, gormonlar yadroga kiradi va transkriptsiyani boshqaruvchi molekulalar bilan o`zaro ta’sirlashadilar yoki ularning modifikatsiyasini faollaydilar. Shu bilan birga turli xil induktorlar gistonlarning repressor ta’sirini inaktivatsiyalash yoki giston bo`lmagan oqsillarni modifikatsiyalash, vektor RNP bilan o`zaro ta’sirlashish yo`llari bilan xromosomaning turli qismlariga “o`zining” genlarini kiritishi mumkin. Bunday mexanizmlardan istalgan biri RNK-polimerazaning promotor bilan bog`lanishi va transkriptonning RNK li nusxasining hosil bo`lishini yengillashtiradilar.

Oqsil sintezining induktorlari, masalan gormonlar ta’sirida rRNK va tRNK genlarining transkriptsiyasi spetsifik oqsillar strukturasi to`g`risida axborot saqlovchi DNK ning qismlaridan transkriptsiyasiga nisbatan ilgarilab ketadi. Bunda o`ziga xos maqsadga muofiqlik mavjud: oldin oqsil sintezi uchun kuchli apparat (tRNK, rRNK va ribosomalar) yig`iladi, keyin esa oqsil sintezini amalga oshirish uchun mRNK sintezlanadi.

Induktor ta’siri tugaganidan keyin gistonlardan modifikatsiyalovchi guruhlar ajralishi ro`y beradi va gistonlar yangidan DNK bilan bog`lanib, transkriptsiyani to`xtatadilar.

Prokariotlardan farqli ravishda eukariotlarda transkriptsiyaning blokadasi oqsil sintezining to`xtashini anglatmaydi. Eukariotlarda mRNK molekulalari ancha turg`un bo`lib, prokariotlarda ular tez gidrolizlanadi. Eukariotlardagi mRNKning yangi nusxalarini hosil qilish blokirlangan taqdirda ham undan matritsa sifatida ribosomalarda oqsil sintezi uchun foydalanish imkonini beradi.

Translyatsiya darajasida oqsil sintezini boshqarish ribosomalarda initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiyani nazorat qiluvchi oqsil faktorlarga va ribosomaning turli xil funktsional qismlariga ta’sir etish usullari bilan amalga oshishi mumkin.




Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish