4. Gen faolligining boshqaruvchilari. Ma’lumki, xromatin strukturasining tuzilishida DNK gistonlar, giston bo`lmagan oqsillar va kam miqdorda RNK bilan kompleks holida uchraydi. Mulohazalarga ko`ra, xromatin oqsillari faqat struktura emas, balki DNK ga bog`liq RNK-polimeraza yordamida xromatinning ma’lum bir genlarining transkriptsiyasini yengillashtirib yoki qiyinlashtirgan holda boshqaruvchi vazifasini ham bajaradi.
Gistonlar transkriptsiyaning salbiy boshqaruvchilari bo`lib hisoblanadi (bakteriyalardagi repressorlarga o`xshash). Ular musbat zaryadga ega bo`lgan holda DNK ning manfiy zaryadlangan fosfat qoldiqlari bilan bog`lanadi va transkriptsiyani blokirlaydi, ya’ni nusxa ko`chirish uchun DNK qismlarini matritsa sifatida ishlatilishiga yo`l qo`ymaydi. Transkriptsiyaning deblokirovkasi yoki derepressiyasi DNK bilan gistonlarning bog`i kuchsizlanganda ro`y beradi.
Gistonlar xromatin transkriptoni boshqarilishida ishtirok etadi, ammo ular gen boshqarilishining o`ziga xosligi (spetsifikligi)ni ta’minlay olmaydilar.
Giston bo`lmagan oqsillar judayam xilma-xil, shuning uchun ular transkriptsiyaning o`ziga xos boshqaruvchilari vazifasini bajaradi deb hisoblanadi. Bunday oqsillar o`zida manfiy zaryad saqlab, DNK ning istalgan qismi bilan emas, balki spetsifik qismi bilan bog`lanadi. Giston bo`lmagan oqsillar ijobiy boshqaruvchilar hisoblanib, DNK bilan bog`langan joylarida transkriptsiyani yengillashtiradilar. Ammo bunday oqsillarning transkriptsiyaga ta’sir mexanizmi aniqlanmagan. Bunda ayniqsa, fosforillangan giston bo`lmagan oqsillar samarali ravishda transkriptsiyani faollaydilar.
Shunday qilib transkriptsiyani boshqarilishida gistonlar RNK sintezini ingibirlaydilar, giston bo`lmagan oqsillar esa bunga qarshilik qiladilar.
Transkriptsiyani uchinchi tur boshqaruvchilari past molekulali turg`un yadro RNK si (vektor RNK) ning molekulalari bo`lib, doimo yadroda joylashadi va oqsil bilan kompleks holda uchraydi (RNP). Bunday ribonukleotid transkriptonlarning aktseptor qismiga komplementar o`zaro ta’sir yo’li bilan genlarga tanlab ta’sir o`tkazadi. Bunday molekulalarning boshqaruvchilik vazifalari o`rganilmoqda.
Translyatsiyadan so`ng boshqarilish initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya bosqichida bo`lib, ular har xil oqsil faktorlari va mRNK ga translyatsiya protsessingiga ta’sir etuvchi ingibitorlar ta’siri ostida bo`ladi.
Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida odam organizmiga ta’sir etmay, bakteriyalarda nuklein kislota va oqsil biosintezi jarayonini tormozlovchi ko`pgina antibiotiklar qo`llaniladi. Antibiotiklar nuklein kislotalar va oqsil biosintezining muhim reaktsiyalariga ta’sir etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |