Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana18.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#384428
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

Azot  balansi.

  Ovqatda  azotning  birdan-  bir  manbai  oqsil  bo‘lganligi  tufayli 

oqsil  almashinishini  azot  almashinishi  bo‘yicha  tekshirish  mumkin.  Organizmga 

ovqat  bilan  tushadigan  va  axlat,  ter  bilan  ajraladigan  azot  miqdori  nisbati 

nisbatlanish deyiladi. 

Har  jihatdan  sog’lom  o‘smirlar  organizmidan  chiqariladigan  azot  miqdori, 

qabul  qilingan  azot  miqdoriga  teng  bo‘ladi.  Bu  azot  muvozanati  deyiladi.  Agar 

kishi  ovqat  bilan  ko‘p  miqdorda  azot  iste’mol  qilsa,  organizmdan  chiqariladigan 

azot  miqdori  ham  ortadi,  azot  muvozanati  yuqori  pog’onada  saqlanadi. 

Organizmda  azot  zahirasi  deyarli  yo‘q.  Keragidan  ortiqcha  iste’mol  qilingan 

oqsillar  energiya  manbai  bo‘lib  saqlanadi.  Oqsil  yetishmovchiligi,  oqsillarni 

o’zlashtira olmaslik, manfiy azot muvozanatiga olib  keladi. 




16 

 

Organizmdagi  muhim  moddalardan  biri  bo‘lgan  oqsillarga  bo‘lgan  talab 



odamning yoshi, jinsi, kasbi, turar joyining ob-havosi va boshqa omillarga bog‘liq. 

Chet  ellarda  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  katta  odamlar  kuniga  55-60  g  oqsil  iste’mol 

qilganda  organizmda  azot  muvozanati  saqlanishi  mumkinligini  ko‘rsatdi.  Shu 

miqdorda  oqsil  iste’mol  qilishni  Jahon  Sog’likni  Saqlash  tashkiloti  (JSST) 

mutaxassislari  xavfsiz  miqdor  deb  hisoblashadi.  Ammo  stress  (iztirob  chekish) 

holatida,  bemorlikda,  og’ir  jismoniy  ish  qilganda,  55-60  g  oqsil  iste’mol 

qilinganida ham organizmning ehtiyojini qondira olmasligi mumkin. 

Biz  o’z  sharoitimizni  inobatga  oladigan  bo‘lsak,  bunda  oqsillarga  bo‘lgan 

ehtiyoj  yana  ham  o’zgacharoq  bo‘ladi.  Ya’ni  issiq  iqlim,  shu  bilan  ekologik 

nomutanosiblik  sharoiti,  turli  aqliy  va  jismoniy  yo‘qlamalar  va  boshqalar  oqsilga 

bo‘lgan  ehtiyojni  oshirib  yuboradi.  Atrof  muhitimizda  mavjud  bo‘lgan  har  xil 

ekstremal  omillar  organizmdagi  oqsillarning  parchalanishiga  olib  keladi.  Ana  shu 

tariqa  organizmning  oqsillarga  bo‘lgan  ehtiyoji  oshib  ketadi.  Shuning  uchun  eng 

ma'qul miqdor kuniga 85-90 g bo‘lishi kerak. Iste’mol qilinadigan oqsillarning 55 

foizini hayvon oqsillari tashkil qilishi kerak.  

Umuman olganda demak, oqsillar to‘la sifatli ovqatlanishning asosini tashkil 

etadi.  Organizmning  oqsilga  bo‘lgan  ehtiyojining  50  foizini  o‘simliklardan 

olinadigan  oziq-ovqatlar,  non,  yorma,  sabzavotlar,  dukkakli  o‘simliklar,  asosan 

kartoshka,  ho’l meva hisobiga ta’minlanadi. 

Hozirgi  zamon  nutritsiologiya  ilmining  (ovqatlanish    haqidagi  fan) 

ta'kidlashicha,  odam  organizmining  me'yoriy  o‘sishi,  rivojlanishi  va  turli-tuman 

ishlarni  bajarishi  uchun  doimiy  sur'atda  tashqi  muhitdan  ovqat  bilan  tegishli 

miqdorda  karbonsuvlar,  oqsillar  va  yog’lar  qabul  qilib  turishi  kerak.  Bu  oziq 

moddalardan karbonsuvlar va yog’lar tanaga energiya (quvvat) berib tursa, oqsillar 

zarurat  tug’ilganda  energetik  manba  bo‘lishidan  tashqari  ko‘pincha  “qurilish” 

(plastik)  materiali  bo‘lib  xizmat  qiladi,  ya’ni  ular  hisobidan  yangi  hujayra  va 

to‘qimalar  (qon,  muskul  va  nerv  hujayralari)  hamda  bir  qator  biologik  faol 

suyo‘qliklar  (gormonlar,  fermentlar  va  boshqalar)  hosil  bo‘ladi.  Tanada  hech  bir 




17 

 

a'zo  yo‘qki,  undagi  hujayralar  va  to‘qimalar  to’xtovsiz  yangilanib  turmasa.  Yosh 



organizmlarda  esa  buning  ustiga  bevosita  o‘sish  ham  asosan  mana  shu  oqsillar 

hisobidan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  yosh  o‘suvchi  organizmlarda  oqsilga 

bo‘lgan  sutkalik  ehtiyoj  katta  odamlarnikiga  qaraganda  bir  necha  barobar  ziyod, 

agar o’rtacha odam bir kecha-kunduz davomida har bir kg tana og’irligiga nisbatan 

1,0 - 1,2 g oqsil talab qilsa, bu ko‘rsatkich o‘smirlarda 1,5 - 4,0 g gacha, ba'zan esa 

bundan  ham  yuqori  bo‘ladi.  O‘smir  organizmining  o‘sishi,  undagi  a'zolarning 

shakllanishi  qancha  jadal  bo‘lsa,  uning  oqsilga  bo‘lgan  ehtiyoji  ham  shuncha 

yuqori bo‘ladi. Ma'lumki, odam tanasining o‘sishi asosan 25-30 yoshgacha davom 

etadi,  shuning  uchun  bu  davrda  kishining  oqsilli  ovqatga  bo‘lgan  ehtiyoji  qolgan 

davrlarga nisbatan doim o‘sib boradi.  

Bizning  organizmimiz  uchun  zarur  bo‘lgan  oqsillarni  biz  ikki  xil  oziq- 

ovqat,  ya’ni  hayvon  va  o‘simlik  mahsulotlari  bilan  olamiz.  Ovqat  bilan  iste’mol 

qilinadigan  oqsillarning  shunday  xususiyati  borki,  ular  tanada  yog’  va  uglevodlar 

singari  zahira  saqlanmaydi,  qancha  yeyilsa  ham  tegishli  qismi  hujayra  va 

to‘qimalarning  yangilanishi  uchun  sarf  bo‘lib,  qolgan  qismi  esa  parchalanib 

organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladi. 

Ta'kidlab o‘tganimizdek, yuqorida aytganimizdek, oqsillar faqatgina qurilish 

materiali bo‘lish bilan birga, qisman energetik manba sifatida ham muhimdir. Agar 

odam  yeydigan  ovqatning  kaloriyasi  yetarli  bo‘lmasa,  ya’ni  uning  tarkibida 

oqsildan tashqari vitamin, uglevod va yog’larning nisbati kam bo‘lsa, unda oqsillar 

birinchi  galda  organizmning  energetik  ehtiyoji  uchun  sarflanib,  plastik 

maqsadlarda  foydalanilmay  qoladi,  bu  esa  o’ziga  xos  kasalliklarga  olib  kelishi 

mumkin.  Ratsionda  karbonsuvlar  bilan  yog’lar  bo‘lmasa,  azot  muvozanatiga 

erishish  uchun  oqsillar  5  marta  ko‘proq  talab  qilinadi.  Chunki  moddalar 

almashinuvi jarayonida oqsillardan yog’lar va karbonsuvlar sintezlanadi. 

Ovqatlanishning  qabul  qilingan  fiziologik  me'yorlarida  umumiy  quvvatning 

o’rtacha  14  foizi  oqsillar  hisobiga  qoplanishi  lozim.  Oqsillar  shuningdek, 

biriktiruvchi  to‘qimaning  ham  asosiy  qurilish  materialidir,  keratin,  kollagen, 




18 

 

elastin  ana  shular  jumlasidan.  Lekin  oqsillar  hujayra  skeleti,  xromosomalar, 



membrana,  ribosomalar,  retseptorlar  tarkibida  boshqa  moddalar  bilan  birgalikda 

qatnashadilar.  Bu  ko‘rsatib  o‘tilgan  funksiyalardan  tashqari,  oqsillar  yana  juda 

ko‘p  biologik  faol  strukturalarning  tuzilishida  va  funksiyasida  ishtirok  etadilar. 

Masalan,  hayvon  zaharlarining  aksari  ham  oqsil  tabiatiga  ega,  ko‘rish  pigmenti 

rodopsin,  informatsiyani  hujayra  ichiga  uzatadigan  membrana  yuzasidagi  maxsus 

tuzilma  retseptorlar  oqsillarni  boshqa  molekulalar  bilan  bergan  kompleksidir,  qon 

oqsili  fibrinogen  qon  ivishida  qatnashadi.  Shuning  uchun  oqsillar  bir  necha  ichki 

sekretsiya  bezlari  ishlab  chiqaradigan  gormonlarning  asosiy  qismini  tashkil  etadi. 

Masalan, insulin, o‘sish gormonlari va boshqalar. 

 

Yana  shu  narsani  ham  qayd  qilish  lozimki,  oqsillar  energetik  manba  bo‘lib 



xizmat qiladi. Lekin ularning bu xususiyati plastik material sifatida qo’llanilishidan 

keyin  turadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  oqsillarning  energetik  sifati  odam  va 

hayvonlar  organizmida boshqa energiya beruvchi oziq  moddalar  (karbonsuvlar  va 

yog’lar) nihoyatda kamayib qolganida kuzatiladi. Oqsillar ham karbonsuvlar kabi  

quvvatga ega bo‘lib, 1 g oqsil parchalanganda o’rtacha 4,1 kkal energiya ajraladi. 

Oqsillarning  energetik  quvvati  deganda,  tana  ko‘ndalang-targ’il  muskullarida 

qisqarish  tufayli  ma'lum  bir  ish  bajarish  tasavvur  qilinadi,  lekin  bunda  muskullar 

tarkibida bo‘ladgan sarkolemma va miozin, aktin tolalarining qisqarib ish bajarishi 

asosan adenozintrifosfat kislotasi hisobidan bo‘ladi (ATF → ADF + energiya). 

Olimlar  tomonidan  har  xil  hayvonlar  va  odamlar  ustida  olib  borilgan  bir 

qator  kuzatishlar  shu  narsani  tasdiqlaydiki,  odam  uzoq  vaqt  surunkali  och  qolsa, 

uning  tanasidagi  asosiy  va  umumiy  almashinuv  uchun  birinchi  navbatda 

karbonsuvlar, keyin yog’lar va bu energetik manbalar nihoyasiga yetganidan keyin 

tanadagi  muskullar  tegishli  energiya  hosil  qilish  uchun  parchalana  boshlaydi. 

Tanadagi  oqsillarning  energiya  berish  nuqtai  nazaridan  parchalanishi  shu  bilan 

harakterlanadiki,  bunday  biokimyoviy  jarayon  ko‘pincha  organizm  uchun  zaharli 

moddalar  sifatida  ta’sir  qiladigan  birikmalar  hosil  bo‘lishiga  olib  keladi.  Shuning 

uchun ham surunkali och qolish natijasida inson va hayvonlar organizmining halok 




19 

 

bo‘lishi,  quvvat  beradigan  manbaning  tamoman  tugashidan  emas,  balki 



zaharlanishi oqibatida ro’y beradi.  

 

Oqsillarning  energetik  xizmati  haqida  fikr  yuritilganda,  xalq  orasida  keng 



tarqalgan  tushuncha,  ya’ni  go‘shtli  ovqatning  energiyaga  boy  deb  aytilishi 

haqiqatga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Aslida  sergo‘sht  ovqatning  qiymati  uning  tarkibidagi 

umumiy  energiya  bilan  emas,  balki  almashtirib  bo‘lmaydigan  aminokislotalari 

bilan,  to‘la  qiymatli  oqsillari  bilan  o’lchanadi.  Chunki  oqsillardagi  potensial-

kimyoviy energiya  miqdor jihatidan  uglevodlardagi energiya bilan bir-biriga teng, 

boshqacha  aytganda,  100  g  non  energetik  nuqtai  nazardan  bemlol  100  g  son 

go‘shtining o’rnini bosa oladi. 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish