Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati.
O‘zbekiston
Respublikasining janubiy viloyati – Qashqadaryo viloyati sharoitida istiqomat
qilayotgan bog‘cha yoshidagi bolalar, maktab yoshidagi bolalar, katta yoshdagi
kishilar va keksalarning oqsillarga bo‘lgan fiziologik talabining qondirilishi
o‘rganildi.
Kishilarning
aniq
ovqatlanishini
o‘rganish
ular
ovqatlanishini
ratsionallashtirish borasida olib boriladigan ishlar uchun amaliy ahamiyat kasb
etadi. Biz olgan natijalar aholi orasida oqilona ovqatlanish prinsiplari bo‘yicha
tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishda, kishilar ratsional ovqatlanishi
uchun tavsiyanomalar berishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |