Aminokislotalarning kalamushlar o‘sishiga ta’siri nuqtai nazaridan klassifikatsiyasi
Almashinadigan aminokislotalar
|
Almashinmaydigan aminokislotalar
|
Glitsin
Alanin
Sistein (sistin)
Glutamat kislota
Glutamin
Aspartat kislota
Asparagin
Tirozin
Prolin
Serin
Sitrullin
Arginin va gistidin (fakat o‘sayotgan
yosh hayvonlar uchun almashinmaydigan aminokislota)
|
Valin
Leysin
Izoleysin
Treonin
Metionin
Fenialanin
Triptofan
Gistidin
Arginin
|
Rouz o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan 19 aminokislotani dietaga qo‘shib berganda ham yosh kalamushlarning o‘sishi to‘xtadi, ular oriqlab ketdi. Bu hayvonlarga oqsil manbai sifatida kazein gidrolizati berilganda ular normal ravishda o‘sadi. Bu eksperiment kazein gidrolizatidan tayyorlangan sun’iy aralashmada yana qandaydir zarur modda bor degan fikrni tug‘dirdi. Haqiqatan ham Rouz kazein gidrolizatidan shu etishmagan moddani ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, U 20- aminokislota, α- amino-β- oksibutirat kislota — treonin ekan. SHunday qilib, protein gidrolizatining barcha komponentlari topildi va kalamushlarda o‘tkazilgan tajribalar asosida ular uchun zarur va zarur bo‘lmagan aminokislotalar ro‘yxati tuzildi.
19- jadvalda kalamushlarning o‘sishiga ta’siri asosida Rouz va boshqalar tuzgan aminokislotalarning klassifikatsiyasi berilgan. Bu klassifikatsiya odamlar uchun ham muvofiq keladi. Bir qator almashinmaydigan aminokislotalar ham organizmda boshqa aminokislotalardan ma’lum hajmda sintezlanishi
mumkin. Masalan, tirozin miqdori ovqatda etarli bo‘lganda u fenilalaninga bo‘lgan ehtiyojni 70—75 % ga kamaytiradi. Buning teskarisicha, tirozinning o‘zi organizmda fenilalaninning gidroksillanishidan hosil bo‘ladi. Dietada sistein ko‘p bo‘lsa, u metioninga bo‘lgan talabning 80—89 % ini ta’minlaydi.
Almashinmaydigan aminokislotalarning ko‘pchiligi tegishli ketokislotalardan aminlanish yo‘li bilan paydo bo‘lishi mumkin. Demak, aminokislotalarning α-keto hosilalari ovqatda ularning o‘rnini bosa oladi. Bu ma’noda hayvon organizmi uchun aminokislotaning uglerod skeleti almashinmaydigan, zarur aminokislota deb hisoblansa bo‘ladi. Faqat arginin, lizin, gistidin va treonin bundan, hech bo‘lmaganda, qisman mustasnodir. Bu fakt ularning α -ketokislotalari osonlik bilan pereaminlanish reaksiyasiga kirishmasligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, odamlarda o‘tkazilgan kuzatishlar ularning almashinmaydigan aminokislotalarga ehtiyoji kalamushlarnikidan bir oz farqli ekanligini tasdiqladi. O‘sayotgan kalamushlarning aksicha, odam azot
balansini saqlash uchun arginin va gistidinga muhtoj emas. Demak katta odam organizmida etarli miqdorda arginin va gistidin sintez qilinadi. Ammobunday aminokislotalarning biosintez yo‘li mikroorganizmlar uchun aniqlangan bo‘lsa ham, bu mexanizm odamlarda tasdiqlangan emas.
Quyidagi 20- jadvalda odam uchun almashinmaydigan aminokislotalar ro‘yxati, azot balansini saqlash uchun lozim bo‘lgan kundalik minimal talabi va ovqat bilan tavsiya qilinadigan miqdori keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |