“Millat ruhiyatining ko’zgusi – onatilimga alyor!...”deb nomladik
(Tadbir o’tkaziladigan faollar zali bayramona bezatilgan: Ushbu kun munosabati bilan tayyorlangan devoriy gazetalar burchagi, rasmlar, adiblar, shoirlarning suratlari, shiorlar, insholar tanlovida g`olib o`quvchilarning insholaridan namunalar osilgan.Kuy navolari ostida o’quvchilar ona tili haqida she`rlar aytib sahnaga chiqishadi.)
Og`zimdagi novvotim, Tanglayimni ko`targan,
Boshimdagi davlatim. Kindik momom qo`lisan!
Bobokalonlarimdan “Besh kecham”da sirlashgan
Meros ulug` davlatim. Shamchirog`im tilimsan.
Onamning oq sutisan, Bahorda boychechagim,
O`chog’imnin go`tisan. Tiramohda turnamsan.
Sen ruhimning sahrosi, Kashtamdagi palagim,
Asli toza yurtimsan! Yoqamdagi yo`rmamsan!
Senda qimiz ta’mi bor, Shavqimsan shukuhimsan,
Mo`miyo malhami bor! Ko`z yoshim anduhimsan!
Ohangrabo afsuni, O`zligim tog`laringda,
Qilichlaring dami bor. Qadab qo`ygan tug`imsan!
Zamonlar elagida Tuproq olsang oltin-u
Saralangan bug`doyim! Kul olsang, kumush bo`lsin!
Mehroblar poygagida, Seni tinglab ulg`aygan,
Qolgan unut Xudoyim. Ular Alpomish bo`lsin!...
1 – boshlovchi: - Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli o’quvchilar.
2 – boshlovchi: - Bugun Ona yurtimizning har bir go`shasida katta tantana. Ona tilimizga “Davla ttili” maqomi berilganiga roppa-rosa 31 yil to’ldi.
1 – boshlovchi: - Ona tiliga e`tabor va ehtirom bilan qaramoq har bir so`zning qatiga yashiringan ma`no jilolari-yu mazmun teranliklarini idrok etib, ulardan huzurlanmoq bizning burchimiz.
2 – boshlovchi: - Bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va fidoyilik bilan qo`rimoqqa hamisha hozir bo`lmoq Vatan farzandining oily farzidir.
1-boshlovchi: - Jahondag ijuda ko`p mamlakatlar o`z davlat tiliga egadir. Shu jumladan bizning Ona tilimizga 1989- yil 21-oktyabrda “Davlat tili to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
2-boshlovchi: - Shu bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida: “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiliuvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi.Ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”hamda “Davlat tili to`g`risida”gi qonunining 1-moddasida O`zbekiston Respublikasining Davlat tili o`zbek tili ekanligi belgilab qo`yilgan.
1 – boshlovchi: - Bugungi tantanamizda biz ona tilimiz haqida she’r, maqol va qo`shiqlar aytamiz. Tilimizning uzoq va boy tarixini eslab uni rivojlantirishga hissa qo`shgan yozuvchi-yu shoirlar, olimlar xotirasini yodga olamiz.
2-boshlovchi: - Sinfimiz o`quvchilari e’tiboringizga Sa’dulla Hikmatning “Ona tilim” she’rini yoddan o`qib berishadi. Marhamat!
1 – o`quvchi: Do`stga do`st-u dugona tilim,
Do'stlaringiz bilan baham: |