Begonaga begona tilim.
Beshigimda, yagona tilim
Ona tilim!
2 – o`quvchi: “Lug`otit turk”, “Qutadg`u bilig”,
O`zbegimni o`stirganidek.
Odamiyga, odamgarchilik,
Ona tilim!
3 – o`quvchi: Qizlariday iffatli tilim,
Qardoshiga izzatli tilim,
Tilim, tilim va yana tilim,
Ona tilim!
4 – o`quvchi: Ulug` tilim, elat xalq tilim,
Ulug` tilim, abad haq tilim.
Navoiyga zoril haq tilim,
Ona tilim!
5 – o`quvchi: Ota bo`li botlangan tilim,
Ona bo`lib shodlangan tilim.
Bola bo`lib yodlangan tilim,,
Ona tilim!
6 – o`quvchi: Boshimda bosh bor ekan – borsan,
Ko`zimda yosh bor ekan – borsan.
Toki quyosh, bor ekan – borsan,
Ona tilim!
1-boshlovchi: Har bir millat o`z hayoti davomida aloqa quroli sifatida, asosan bitta tildan foydalanadi.
2-boshlovchi: - Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o`rni beqiyos. Bola ilk tovushlarni, so`zlarni onasidan eshitib, o`rgangani bois, ona tili deyiladi.
1-boshlovchi:Til shaxsni o`zini o`ziga tanitadi, milliy iftixor tuyg`usini kamol topdiradi.
2 – boshlovchi: - Bunga quyidagi rivoyat ham yaqqol misol bo`ladi:
(“Til qudrati” nomli rivoyat sahnalashtirilib ijro etiladi).
Qadim zamonda bir chekka qishloqda ikki oqil, dono do`stlar yashar ekanlar.Ular bilimdon, olim kishilar bilan suhbatlashishni yoqtirishar ekan.
Bir kuni ikkalasi uchrashib dildan suhbat qurishibdi va bahslashibdi.
- … Ey do’stim, agar farzand ko`rsam riyoziyotdan, falakiyotdan saboq bermoqchiman, xorijiy tillarni o`rgatmoqchiman ,-debdi birinchi oqil kishi.
- Men farzand ko`rsam, unga avloddan avlodga meros qoladigan asosiy boylik til ekanini tushuntirmoqchiman. Ona tili uchun jonini ham fido qilishni o`rgatmoqchiman, tilga xiyonat qilmasligi uchun qo`shiq, ertak, dostonlar aytib bermoqchiman, - debdi ikkinchi dono kishi.
Shunda bu ikki do`stni suhbatlari qizg`in bahsga aylanib, oxiri bir donishmand huzuriga borib, qaysi birimizning fikrimiz to`g`ri ekanligini aytib berishini so`rabdi. O`ylab qolgan donishmand shunday javob beribdi:
- Farzandga bilim o`rgatishdagi sening fikrlaring menga ma`qul deb, ikkinchi dono kishiga yuzlanibdi…
Shunday qilib ikki do`stning bahslashuvi ochiq, aniqlik bilan hal bo’libdi.
(Qizlar ijrosida “Munojot” raqsi ijro etiladi).
1-boshlovchi:Til, ona tili haqida mutafakkirlar va davlat arboblari bildirgan fikrlardan ham xabardormisiz? Marhamat sinf o`quvchilarimiz misolida tinglang:
1-o`quvchi:-“Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki,u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni jipslashtiradi”.
Islom Karimov
2 – o`quvchi: - “Zakovat, bilimning tarjimoni til
Erni ulug`lovchi ravon til deb bil”.
Yusuf XosHojib
3-o’quvchi: - “Til insonning xulq-atvorini ma’naviy qiyofasini ko`rsatadigan omillardan biri”.
4–o`quvchi:- “Har bir millatning dunyoga borligini namoyon etadigan, xalqni xalq, millatni millat sifatida ko`rsatadigan omillardan biri bu – milliy tildir”.
Abdulla Avloniy
5 – o`quvchi: - “Ona tilimizga g`amxo’rlik qilish, uni avaylab – asrab tinmay uning sofligi, boyligi to`g`risida qayg`urish faqat mutaxassis olimlar yoxud yozuvchilarninggina ishi emas, butun xalqning ishi. O`zini o`zbek ziyolisi deb hisoblagan har bir inson ona tilimiz bayrog’imiz yuksak va pokiza bo`lishi to`g`risida qayg`urmog`i ham farz, ham qarzdir”.
ErkinVohidov
1–boshlovchi: - Bobokalon shoirimiz Navoiy so`zning yumshoq go`zal nafisligi va inson ruhiyatiga ta`sirini shunday tasvirlagan edi:
“Til va ko`ngil xo`proq a`zodir insonda
Til insonning asosidir agar nutq nopisand zohir, ya`ni noo`rin bo`lsa tilning ofatidir”.
2–boshlovchi:O’zbek tili o’zida olam-olam ma`noni jamlagan maqol va iboralarga boy. Hozir ushbu maqollardan namunalar tinglaysiz. Marhamat:
1 – o`quvchi: - “Tili boynin go`zi boy”.
2 – o`quvchi: - “Tilni bilish – dilni bilish”.
3 – o`quvchi: - “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”.
4 – o`quvchi: - “Tilingda bo`lsa boling, kulib turar iqboling”.
5 – o`quvchi: - Yaxshi so’` – jon ozig`i,
Yomon so`z bosh qozig`i.
(O`g`il bolalar ijrosida “Andijon polkasi” raqsi namoyish etiladi).
1–boshlovchi: Marhamat, navbatni yana ona tilimizni madh etuvchi she’rlarga beramiz, Tursunboy Adashboyevning “Ona tilim” she`ri:
1–o`quvchi:- Buyuk Temu rjahon bo`ylab,
O`z dovrug’in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan,
Meros bo`lib qolgan tilim.
2–o`quvchi:- Bobu rMirzo she’rlaridan,
Rang va qiyos olgan tilim.
Shoh Mashrabni bulbuldayin,
Sayratgan ham ona tilim.
3–o’quvchi:- Mirtemirni shoir qilib,
Sayratgan ham ona tilim.
Shunday tildan tonar bo’lsam,
Qiyma-qiyma bo`lsin tilim.
Hamma: – Alla bo`lib jaranglagan
Ona tilim jon-u dilim.
Boshlovchi: - Ona tilim – onajonim tilibu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim xonumonim tili bu,
Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.
E`tiboringizga Xurshid Davronning “Ona tilim” she’rini o`qib berishadi.
1 – o`quvchi: - Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot yig`ladi olim.
Sen deb, qurbon bo`ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding tilim.
2 – o`quvchi: - Belanchagim uzra Qoshg`ariy,
Kuylab o`tdi qadim Navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.
3 – o`quvchi: - Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo`g`ib hasrat sa’sini.
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.
4 – o`quvchi: - Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so`yilgan.
Hoziqningmas, sening ey tilim,
Boshing ayr-u, ko`zing o`yilgan.
5 – o`quvchi: - Ammo dushman o`ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga.
Mangu borsan va mangu qodir,
To`ldirmoqqa yerni ovozga.
6 – o`quvchi: - Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga.
Farzandlaring to`kkan har qonni,
Simirding sen o`xshab giyohga.
7 – o`quvchi: - Ona tilim, omon bo`l mangu,
Sen borsanki ,men ham o`lmayman.
Tildan qolsam seni Oybekday,
Men ko`zlarim bilan so`ylayman.
Boshlovchi: - Farzand dunyoga kelib birinchi eshitgan so`zi kuyi ona allasidir. Tilimizning musaffoligi ana shu ona allasida yaqqol ko`rinadi.Navbat ona allasi qo`shig`iga tinglab dam oling.
(Ona beshik tebratib alla aytadi).
1 –boshlovchi: - Aziz o`quvchilar! Mana e’tiboringizga“Millat ruhiyatining ko`zgusi – ona tilimga alyor!...” deb nomlangan tadbirimizni havola qilmoqdamiz. Haqiqatan ham, til – millat ruhiyatining ko`zgusi hisoblanadi.
2–boshlovchi:Ona tilimizni asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Tilimizni sof saqlashingiz va unga hurmatda bo`lishingizni istar edik.
1-boshlovchi:Ona tilimizni birgalikda go`zal so`zlarimiz bilan chiroyli ta’rif etaylik. Marhamat. (Hamma)
Ona tilim onajonim tili bu
Ne ajdodlar so`ylab kelgan onajonim tili bu
Avlodlarim kuylab o`tsin onajonim tili bu
Tili shirin tiniq zabon onajonim tili bu
Istaymizki ,olam kezsin onajonim tili bu
Lek kechmasman o`tkir tilim onajonim tili bu
Inshoollo boqiy bo`lsin onajonim tili bu
Mening ona tilim bu – onajonim tili bu.
1–boshlovchi:Aziz o`quvchilar, hurmatli ustozlar shuning bilan bugungi ona tilimizni madh etuvchi tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi.
2 – boshlovchi: - Ona tilimizni doimo hurmat qilib avaylab-asrash har birimizning burchimizdir. Burchimizga sodiq qolgan holda sizlar bilan xayrlashamiz.E’tiboringiz uchun katta rahmat. Xayr sog` bo`ling, salomat bo’ling!
“NAVOIY YOD-ILA YASHAYMIZ MUDOM!”
Do'stlaringiz bilan baham: |