Voqeiy hikoyat. Shahardagi maktablardan birida o’ninchi sinf ota-onalar majlisida Dilbarning onasi yoniga turgan ayolga:
-O’g’lingiz qizimizni tinch qo’ysin, qachongacha mening qizimga gapiradi. Sizlar bizning tengimiz emassizlar, - dedi dabdurusdan jahl bilan.
-Nima o’g’lim biror yomon ish qilibdimi? –dedi uning yoniga turgan ayol, -gapirsa, gapirgandur.
-Eringiz katta bo’lsa o’ziga, menga nima!
Bunday vaziyatlarda sinf rahbari oilaviy odob qoidalari, o’spirinlik davrining o’ziga xos xususiyatlari, kuyov, kelin bo’lish odobi, mustaqil oila qurish, ro’zg’or tutish kabi haqida ota-onalarga to’g’ri maslahat berishi, ularni o’g’il-qizlarning tarbiyasiga oqilona qarashlari, ehtiyot bo’lishlari zarurligini o’qtirishi lozim edi. Afsuski, unday bo’lmadi. Vaholanki, bu maktabda shu sinf o’quvchilari orasida o’zaro muomala munosabatlar o’ta yomonlashib borayotgan edi. Buning oldini olish o’rniga sinf rahbari: sinfda Dilbar bilan K. O’rtasida “sevgi-muhabbat” boshlangani, ular yaxshi o’qimay qo’yganliklarini aytdi. “Buning oldini olmasangizlar, nevaralik bo’lib qolishlaringiz mumkin”, - dedi loqaydlik bilan. Ota-onalar majlisi dilsiyohlik bilan tugadi. Dilbar o’qishni bitirdi. Uni boshqa bir yigitga turmushga berishdi. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, Dilbarning hayoti fojea bilan tugadi.
Albatta hamma o’qituvchilarni muomala odobini buzishda ayblab bo’lmaydi, ko’pgina muallimlar ota-onalar majlisidan tarbiyaning vositasi sifatida o’rinli foydalanadilar. Maktab bilan oila o’rtasidagi muomala munosabatlar jarayonida konflektlar, nizolar sodir bo’lishi tabiiydir. Chunki bolalarning individual xususiyatlari, xarakteri juda xilma-xildir. Ular bilan muomalada hech ko’tilmagan hodisalarga duch kelinadi. Bola tajribasizligi tufayli hato qilishi mumkin. Bunday paytlarda maktab rahbari va pedagoglar muomala odobi qonuniyatlariga qat‘iy amal qilishlari talab etiladi.
Shunday vaziyatlar ham bo’ladiki, o’g’il yoki qiz bola maktabda o’zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo’pol, o’zboshimcha, maktabda esa o’zini xushmuomala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to’g’ri holatlarning hammasi uchun javobini topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablarini turlicha bo’lishi mumkin. Demak, o’qituvchi va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo’lsa ham ularning hamkroligi, bir-birini tushunishi, muomala-munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo’maydi. Shuning uchun ham bunday vaziyatlarda muallim ota-onalar bilan muomalasida qo’ydagi odob mezonlariga aml qilmog’i lozim: muallim ham, ota-ona ham bolad ruy berayotgan o’zgarishlarga befarq qaramasligi; bolaning hulqida uchragan nuqsoni yashirmasliklari; maktab bilan oila orasidagi muomala samimiy bo’lishi; bolaning xulqi maktabda ham, uyda ham, ota-ona ham bola haqida ko’proq bilishga intishlari; muallim ota-onalarning his-tuuyg’ularini e‘tiborga olishi, qadr-qimmatlarini e‘zozlash darkor.
Muallim bolaning ota-onasiga yolg’on gapirishi kerakmi. Yo’q albatta. Lekin Hadislarda ta‘kidlanganiede, foydali yolg’on joyi kelganda zararli haqgo’ylikdan afzaldir. Pedagogik jarayonda o’qituvchi bu muammoga bolani axloqiy tarbiyalash nuqtai nazaridan vaziyatga qarab yondoshmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |