Voqeiy hikoyat. Beshta bolasi bor oila boshlig’i bunday degan edi: “Katta o’g’limiz birinchi sinfda o’qiganda uning muallimasi juda yaxshi kishi bo’lib chiqdi.”U mudom o’g’limizni o’y-ro’zg’or ishlariga jalb etishni va bu haqda har kuni uning kundalik daftariga yozib borishimizni talab qilardi. Hatto bir kuni, ikkinchi sinfda o’tgan kezlari edi, muallima rafiqamga o’g’limiz bajarayotgan ishlarni ko’paytirish zarurligini jon kuydirib tushuntirayotganining guvohi bo’lganman. Biz o’g’limiz uyda muntazam bajarishi lozim bo’lgan ishlarni belgilab qo’ydik. U magazinga borib non va sutni har kuni o’zi olib kelishga, yotayotgan joyini yig’ishtirib qo’yishga, oyoq kiyimini o’zi tozalab, moylab, yamoqchiga yamatib kelishga ham odatlanadi.keyinchalik unga uyni yig’ishtirish, hovlini tozalash, gullarni, ekinlarni sug’orish, parvarish qilish kabi ishlarni ham topshiradigan bo’ldik.ukalariga ham o’zi qaraydigan bo’ldi.muallima uyimizga ko’p kelmasa ham, vaqti-vaqti bilan telefon qilib turardi. O’g’limiz yaxshi o’qigani uchun bo’lsa kerak ko’proq bolanining uy ishlariga onasiga qanday yordamlashayotgani haqida maslahatlashardik. Natijada maktabni bitrguncha o’g’limiz ukalariga g’amxur, mehnatsevar bo’lib qoldi. Aksidan urnak olib, boshqa bolalarimiz ham kattasi kichiklariga qaraydigan, ishlarni ham o’zlari bilib, o’z vaqtida bajaradigan bo’lishdi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi boshlagan ish chxshi natijalar beradi”.
Afsuski, keyingi o’n yilliklarda ayrim ota-onalar o’zlari Ikkinchi jahon urushi yillarida va undan keyingi davrda urush yillarida va undan keyingi davrda boshdan kechirgan qiyinchiliklaridan noto’g’ri xulosa chiqarib “Biz kurgan qiyinchiliklarni bolamiz ko’rmasin”, deb hamma narsani muhayo qilish yo’liga o’tib oldilar. Ayrim oilalarda bolalarni mehnatga jalb etishga e‘tibor kamayadi. Hatto bolasi 17-20 yoshga kirsa ham, go’dak o’rnida ko’rib muomala qildilar. Hali katta bo’lsa ishlashga ulguradi, deb o’ylaydilar, erkatoy qilib ustiradilar. Bu bilan ayrim ota-onalar o’z bolalarini o’zini-o’zi eplay olmaydigan, oilasini tebrata olmaydigan, boqimanda- “uy qurib ber, mashina olib ber, ishga joylashtirib qo’y, nabiralarnga ham o’zing qaray ber” deydigan qilib qo’ydilar.
Bunday pedagogik xatolarning oldini olishda, maktab bilan oilaning o’zaro hamkorligi, munosabatlarini yaxshilashda ota-onalar majlislarini, o’qituvchilarning uyiga muallimninng borishi, ota-onalarning pedagogik bilimi va axloqiy madaniyatni oshirish muhim rol o’ynaydi. Buning uchun maktab rahbarlari, muallimlar pedagogik muomala odobi qoidalarini o’zlari yaxshi egallagan bo’lishlari va targ’ibot qilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |