O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash Uyga vazifa berish:”Yangi yil rejalarim”mavzusida kichik matn tuzish.
NI-4. Test sinovi.(1-soat).
Xatolar ustida ishlash.(2-soat).
O`zbek tili o`qituvchisi;Sulaymonova R.
IY chorak
Mavzu:Dam olish kuni(Hozirgi zamon fe’llari,ularning tuslanishi).1-dars
Darsning ta`limiy maqsadi:
-“Dam olish kuni” mavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og‘zaki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
-Yangi o‘rgangan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini shakllantirish.
-O‘z nutqlarida hozirgi zamon fe’llarini mustaqil ravishda qo‘llashga o‘rgatish.
-Mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
-Savodxonlik ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dam olish kunini to`gri tashkillashtirish ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Bilim olishga qiqiztirish,mustaqil va tanqidiy fikrlash ko`nikmasini orttirish,ijodiy yondashishni shakllantirish.
-Yozma va og‘zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatish.
- O`quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish.
-Nutqiy koqnikmalarni shakllantirish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor, kompyuter.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism-2 daqiqa.
Uygа vazifasini tekshirish-5 daqiqa.
Yangi mavzuni “Dam olish kuni”-10 daqiqa
Grammatika: Hozirgi zamon fe’llari,ularning tuslanishi-5 daqiqa
Mustahkamlash-10daqiqa
Mashq va topshiriqiar -10 daqiqa
O‘quvchilar bilimini bahоlash, uуgа vazifa berish - 3 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish, sinf o'quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish.(Sinf o`quvchilarini uch guruhga bo`lish).
Uy vazifasini so'rash "Mini test" usulida amalga oshiriladi. Ushbu test savollari II chorakda o`tilgan mavzularni qamrab oladi.
Mini test
No
|
Berilgan jumlalar
qaysi mavzuga
tegishli
|
Rang-tus
bildiruvchi
sifatlar
|
Oshxo-
nada
|
Kiyim do`konida
|
Harakat nomi
|
Sport
|
Ko`pchilik bilan bajaril-gan ish-hara- katni if.fe`l
|
Qish o`yinlari
|
|
1.
|
Katta bolalar yaxma-lak uchishdi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Arqon o`ynaganda sakraysiz
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
Suzish,chopish ,sak-rash.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4.
|
Biz archani bezadik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5.
|
Menga oq ko`ylak va qora shim berishdi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
Tushlikda mastava yedim,sharbat ichdim
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Milliy va zamonaviy kiyimlarni ko`rib havasim keldi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8.
|
Ertalab badantarbiya qilaman
|
'
|
|
|
|
|
|
|
|
O`quvchilar uyga berilgan vazifani javob berganlaridan so`ng,dars mavzusi,borishi bilan tanishtirib,ularning faoliyatini o`quv topshiriqlarini bajarishga yo`llash. O`quvchlarning fikrini jamlash maqsadida“ Navbatchi harf ” mashg’ulotini o’tkazish.Navbatchi harf “O”( tezkor savol – javob ):
1.Barchaga birdek yoqadigan tartibli bola qanday bola? (odobli) 2.Daraxtda sakrab yuradigan, yong’oqni sevuvchi hayvon (olmaxon) 3.Shifokor kasal …………kimlarni davolaydi? (odamlarni) 4.Vatan……………dan boshlanadi (ostonadan) 5.2013-yil -………….. turmush yili (obod) 6.O’tkir so’zining ruscha tarjimasi (ocтрый) 7.O’zbekiston xalq artisti ……………(Ortiq) Otajonov 8.O’zgalar diliga ………..(ozor) yetkazmang. 9.Sof tilla – bu …….(oltin) 10.Qozog’istondagi shahar nomi …..(Ostona) 11.Inson o’z kasbi, mehnati ortidan ……….-e’tibor topadi (obro’) 12.O’zbekiston paxtasi bu – oq ……………(oltin) dir 13.SNG davlatlariga kiruvchi mustaqil suverent davlat nomi… (Ozarbayjon) 14.Saranjom-sarishta qizlar ….. (orasta qizlar)
15. Toshkent viloyatidagi tuman (Ohangaron) 16.Kuzda pishadigan meva (olxo`ri) 17.Inson so’zining sinonimi (odam) 18.Qarindosh, jigar, o’rtoq (og’ayni) 19. Quyosh – so`zining sinonimi (oftob) Yangi mavzu:1-topshiriqda berilgan suhbat asosida mavzuga kirish.”Bilib oling!”ruknidan foydalanib,hozirgi-kelasi zamon fe’li,uning tuslanishi haqida ma’lumot berish. Bilib oling! Hozirgi-kelasi zamon fe’li hatakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajaril- ishini va undan keyin ham davom etishini ifodalaydi.Hozirgi-kelasi zamon fe’llari –a; -y qo`shimchalari va shaxs-son qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil bo`ladi. Masalan:Men maktabda o`qiyman. Quyidagicha tuslanadi: Birlik Ko`plik I shaxs -man I shaxs -miz I I shaxs yoz+a+ -san II shaxs o`qi+y+ -siz I II shaxs -di III shaxs -dilar Mustahkamlash: “Dam olish kuni” matni ustda ishlash.Buning uchun guruh- larga topshiriqlar beriladi. 1-guruhga topshiriq: 1 Berilgan matnni o‘qing.Berilgan lug ‘at yordamida uni ona tilingizga tarjima qiling.2.Yashamoq,ekmoq, dam olmoq fe’llarini hozirgi-kelasi zamonda qo`llab gaplar tuzing. 2-guruhga topshiriq: 1.Matnga savollar tuzing va ularga yozma ravishda javob tayyorlang. 2.parvarish qilmoq, yordam bermoq, yumshatmoq fe’llarini hozirgi-kelasi zamonda qo`llab gaplar tuzing. 3-guruhga topshiriq: 1.Matn mazmunini o`z so‘zlaringiz bilan so‘zlab bering. 2.suv quymoq, tugatmoq, cho`milmoq fe’llarini hozirgi-kelasi zamonda qo`llab gaplar tuzing. Mashq va topshiriqlar bajarish:1,-2-mashqlarni, shartiga ko`ra bajarish. O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash. Uyga vazifa berish:3-topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.
Mavzu:Dam olish kuni(Hozirgi zamon fe’llari,ularning tuslanishi). 2-dars
Darsning ta`limiy maqsadi:
-“Dam olish kuni” mavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og‘zaki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
-Yangi o‘rgangan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini shakllantirish.
-O‘z nutqlarida hozirgi zamon fe’llarini mustaqil ravishda qo‘llashga o‘rgatish.
-Mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
-Savodxonlik ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dam olish kunini to`gri tashkillashtirish ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Bilim olishga qiziqtirish,mustaqil va tanqidiy fikrlash ko`nikmasini orttirirsh,ijodiy yondashishni shakllantirish.
-Yozma va og‘zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatish.
- O`quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish.
-Nutqiy koqnikmalarni shakllantirish.
Darsning turi: Mustahkamlovchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor, kompyuter.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism-2 daqiqa.
Uygа vazifasini tekshirish-10 daqiqa.
Mustahkamlash-20daqiqa
Mashq va topshiriqiar -10 daqiqa
O‘quvchilar bilimini bahоlash, uуgа vazifa berish - 3 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish, sinf o'quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish.(Sinf o`quvchilarini uch guruhga bo`lish).O`quvchilarni darsning maqsadi va borishi bilan tanishtir- ish.Uyga berilgan vazifani so`rash.O`quvchilarning “Oilamiz dam olmoqda”mavzusida tuzib kelgan matnlarini o`qittirish, tahlil qilish va baholash.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun 2-topshiriqda berilgan “Madaniy dam olish odobi” matni yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarishda“Charxpalak” usulidan foydalaniladi. Bu mashg`ulotni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish, erkin va mustaqil fikrlashga o`rgatish, bilimlarini og`zaki va yozma nutqda qo`llay olish.Sinf o ‘quvchilari uch guruhga bo‘linib,har bir guruhga uchta flipchat (vatman),uch xil rangdagi marker va ikki xil muammoli savol beriladi.Har guruh belgilangan vaqt ichida flipchatlarni o‘zaro almashib,o‘z fikrlarini yozadilar.Flipchatlar uch yoki to`rt marta almashtiriladi.Vaqt tugaganda, har bir guruhning o‘z flipchati o‘zi- da bo‘lishi kerak.So‘ng yozuvlarning rangiga qarab har bir guruh qancha fikr yoza olganligi aniqlanib, o‘quvchilabaholanadi, rag‘batlantiriladi.Bu usul orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga,yozma nutq larini rivojlantirishga,bir-birining fikrini to‘ldir ishga,butun sinfning bilimini tekshirishga imkon yaratiladi.
1.Matnning tayanch so`zlarini toping va ularning lug`tini tuzing. 2.Matn mazmunini ochuvchi savollar tuzing. 3. Madaniy,toza havo,sayohatlar ,tashkil qilinmoq so`zlarini qatnashtirib gaplar tuzing.
Taqdimot: Har bir guruh bajargan ishlarini himoya qiladilar.Ularning ishlari tahlil qilinadi.
Mashq va topshiriqlarni bajarish:1-topshiriqni,1-2-3-mashqlarni shartiga ko`ra bajarish.
O`quvchilar bilimini baholash:Guruhlardagi ishlariga ko`ra baholsh.
Uyga vazifa:Dam olish kuni haqida 4-5-ta dialog tuzish.
Darsning mavzusi: Ona shahrim(-moqda qo`shimchali hozirgi zamon fe’lining ishlatilishi)1- soat
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarning “Ona shahrim” mavzusidagi tayanch so`z boyligini o`stirish. Shu mavzuda yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarni shakillantirish. O`z nutqida -moqda qo`shimchali hozirgi zamon fe’lini mustaqil ravishda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni Ona shahrimiz Toshkentga muhabbat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning ma`naviy ongini o`stirish, mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish, yozma va og`zaki nutqini o`stirish.
Darsda olgan bilimlarini mustaqil ravishda nutqiy vaziyatlarda qo`llashga yo`naltirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Flipchart, marker, kitoblar, rasmlar, grammatik mavzuga oid ko`rgazmali qurollar, video lavhalar. Darslik, matnga oid qo`shimcha materiallar, ona yurt posbonlari haqida video lavhalar, O`zbekiston xaritasi;
Darsda foydalanadigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi(kichik guruhlarda o`qitish texnologiyasi)
Dars rejasi:
Tashkiliy qism – 4 daqiqa
O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash – 6 daqiqa
Yangi mavzu: Ona shahrim – 10 daqiqa
Grammatik mavzuni tushuntirish – 5 daqiqa
Mashq va topshiriqlar bajarish – 15 daqiqa
O`quvcnilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 5 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Bugungi darsning mavzusi va maqsadi bilan o`quvchilarni tanishtirish. Frontal suhbat o`tkazish.
Uy vazifani tekshirish: O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash.
Yangi mavzu: Ona shahrimiz Toshkent mavzusida suhbatlashish. -moqda shaklli hozirgi zamon fe’lining ishlatilishi haqida ma’lumot berish. Bu jarayonda rangli rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.Shuningdek,savol-javoblar
Toshkent shahar ,Sergeli tumani
3-o`rta ta’lim maktabining
o`zbek tili fani o`qituvchisi
_____________________________ning
3,-4,- 6,-sinflar uchun o`zbek tili fanidan
yozgan dars ishlanmasi
( 2017-1018 o`quv yili uchun)
TOSHKENT SHAHAR CHILONZOR TUMANIDAGI
178-MAKTABNING
O`ZBEK TILI FANI O`QITUVCHISI
DILFUZA TURDIYEVANING
2,-3,-4,-5-SINFLAR UCHUN O`ZBEK TILI FANIDAN
YOZGAN DARS ISHLANMASI
(2017-2018-O`QUV YILLARI UCHUN)
Yakkasaroy tumanidagi
91-o`rta ta’lim maktabining
o`zbek tili fani o`qituvchisi
_______________________________ning
2,-3,- 4-sinflar uchun o`zbek tili fanidan
yozgan dars ishlanmasi
( 2017-1018 o`quv yili uchun)
Do'stlaringiz bilan baham: |