Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekistonning o‘simlik dunyosi
Respublikamiz hududida o‘simliklarning 3700 dan ziyod turi o‘sadi. Ulardan 20 foizi mahalliy o‘simliklar bo‘lib, boshqa joylarda uchramaydi. O‘simliklarning ko‘p qismi tog‘larda o‘sadi. Dasht, cho‘l o‘simliklari orasida butalar, daryolarning bo‘ylaridagi vodiylarda esa daraxtzor ko‘p bo‘ladi. Tog‘oldi tekisliklarida o‘t o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, lola, rovoch, gulsapsar, boychechak, momaqaymoq, kiyiko‘t, yovvoyi piyozning har xil turlari o‘sadi. Butasimon o‘simliklardan qiziltikan, kiyikpanja, zirk, na’matak kabilar ko‘p bo‘ladi. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, bodom, pista, yong‘oq, tog‘olcha, yovvoyi olma daraxtlari o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |