Tarmoqga ulanish. Internetning kommunikatsion va axborot xizmatlaridan foydalanish
uchun foydalanuvchi kompьyuterning Internet bilan bog’langan, zarur servis va programma
ta’minotiga ega bo’lgan tarmoq bilan ulanishni ta’minlash talab qilinadi. Internetga kirish bilan
bog’liq xizmatlar servis markazlari yoki servis - provayderlar deb ataladigan tashkilotlar
tomonidan taqdim etiladi. Servis markazlar kompьyuter tarmog’iga ega bo’lib, Internet bilan doim
ulangan bo’ladi va tarmoqdagi kompьyuterlar orqali abonentlar, ya’ni alohida foydalanuvchilar
yoki lokal tarmoqlar Internetga ulanadi. Istagan foydalanuvchiga qulay bo’lgan servis
markazlarning ikki xili mavjud, ya’ni mustaqil servis markaz (mustaqil provayder)lari va tijorat
tarmoq xizmatlari. Mustaqil servis markazlari (MSM) regional kompaniya bo’lib, ular Internetga
ulangan xususiy tarmoqlariga ulanish va kirishni sotish bilan shug’ullanadilar. Bu markazlar hozirgi
paytda keng tarqalgan va ular rivojlanib borishida muhim ahamiyatga ega. Ulargacha son-sanoqsiz
foydalanuvchilar uchun Internetga oddiygina ulanish imkoniyati yo’q edi. MSMning xarakterli
xususiyatlari quyidagicha:
* Narxining arzonligi. Kupchilik MSMlar Internetga kirishning oylik xaqini belgilaydilar.
Agar siz Internetda ko’p vaqt ishlasangiz, u holda ancha-muncha pullaringizni tejab qolishingiz
mumkin bo’ladi;
* Tezorlik. Tijorat tarmoq xizmatiga nisbatan Internetga ulanish tezroq amalga oshiriladi;
* Epchillik. Mustaqil servis bilan Siz xohlagan mijoz-programmalarni tanlab olishingiz
mumkin.
Tijorat servis markazlari (TMS) orqali Internetga ulanish maxsus muassasa va tashkilotlar
yordamida pul to’lash asosida olib boriladi. Bunda Internetga ulanish MSMga nisbatan sekinroq
amalga oshiriladi, chunki Internet zaxiralariga kirish uchun maxsuslashgan programmavli
ta’minotdan foydalanishga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari, tarmoqga to’g’ridan-to’g’ri kirish shart emas. TSM mustaqil servis
markazlari kabi egiluvchan emas, chunki Siz qat’iy ko’rsatilgan programma ta’minotidan
foydalanishga majbursiz. Masalan, Siz elektron pochtaning eng yaxshi mijoz-programmasini yuklay
olmaysiz va undan foydalana olmaysiz. Uning asosiy kamchiligiga xizmat narxining balandligi
kiradi. SHu bilan birga TSMda soatbay haq to’lash joriy qilingan. Word Wide Web bilan doimiy
ravishda ishlovchilar uchun bu xizmat juda qimmatga tushishi mumkin (vaqt tez o’tishi tufayli).
Texnologik nuqtai nazardan va ish uslubi bo’yicha Internetga ulanishning har xil variantlari
mavjud. Ularni tanlash ko’p faktorlar bilan aniqlanadi, masalan, Internet xizmati servis
markazlarining fizikaviy aloqa liniyalari bilan, mavjud apparat-dasturiy ta’minoti bilan, servisning
201
zaruriy xillari bilan ma’lumotlarni uzatish tezligiga qo’yilgan talablar bilan va abonentning
moliyaviy imkoniyatlari bilan.
Hozirgi vaqtda Internetga ulanishning eng ko’p tarqalgan variantlari quyidagicha:
*
doimiy (o’zgarmas) IP-ajratilgan liniyalar bo’yicha ulanish.
*
kommutatsion liniya bo’yicha seansli ulanish (dial-UP IP)
Birinchi variant foydalanuvchilariga Internet xizmatining barcha xillarini va ajratilgan liniya
bo’yicha Internetga ulangan lokal tarmog’ida ishlovchilar uchun eng qulay komfort sharoitlarni
taqdim etadi. Bu holda tarmoqning kompьyuterlaridan biri (marshrutizator) ta’minotchining
marshrutizatoriga mahkam ulangan bo’lib, lokal tarmog’ining ishchi stantsiyalariga IP-paketlarni
uzatib turadi. Marshrutizator sifatida ko’pincha UNIX operatsion sistemali kompьyuterlar
qo’llaniladi. Kerakli programmavli ta’minotni o’rnatish va uni sozlashni, shu bilan birga IP-tarmoq
ishlarini kuzatib borishni ko’pincha tarmoq mutaxassisi-administrator amalga oshiradi. Bu
foydalanuvchining yakuniy ishlarini ancha osonlashtiradi. SHunday yo’l bilan ulangan lokal
tarmoq Internetning bir qismiga aylanib qoladi. Lokal tarmoqdan foydalanuvchilarning barchasi
Internetning hamma servis xillari bilan ishlash imoniyatiga ega bo’ladilar, masalan, elektron
pochtadan foydalanish, telekonfereniyalar, uzoqdagi kompьyuterlardan terminal orqali foydalanish
(Telnet), fayllarni uzatish (FTP), taqsimlangan axborot sistemalarga va ma’lumotlar bazasiga
kirish (Gopher, WWW). Bunda lokal tarmoqga har xil platformadagi kompьyuterlar ulanishi
mumkin, masalan, IBM PC (MS DOS
Windows), Microsoft oilasiga taalluqli shaxsiy
kompьyuterlar, har xil UNIX sistemali ishchi stantsiyalar. Hozirgi paytda foydalanuvchining
Microsoft Windows muhitida ishlashi eng ko’p tarqalgan, chunki bu dastur amaliy programma
ishlari va oddiy grafik zaxiralarga ega bo’lgan Internetning barcha servislari bilan ta’minlangan.
Ajratilgan liniya bo’yicha ulangan o’zgarmas IPning asosiy afzalligiga foydalanuvchilarga
o’z axborotlariga kirish (ega bo’lish)ni taqdim etish maqsadida lokal tarmoqda axborot serverni
o’rnatish imkoniyati mavjudligini kiritish mumkin.
Fizikaviy aloqa liniyasiga qarab ma’lumotlar uzatuvini har xil tezliklar orqali amalga oshirish
mumkin. Masalan, o’nlab K bit/s.dan bir M bit
s.gacha. Albatta, katta tezliklar fizikaviy liniyalarni
tashkil etish uchun, har xil jihozlar uchun ko’plab sarf - xarajatlar talab qilinadi. Yuqoridagilarga
asoslanib shunday deyish mumkin, ya’ni ajratilgan liniya bo’yicha doimiy ulanish Internetda
ishlash uchun juda qulay, lekin qimmat usuldir. Qoida bo’yicha, undan keng lokal tarmog’iga,
behisob foydalanuvchilarga va tarmoq axborot servisiga ega bo’lgan ulkan tashkilotlar
foydalaniladi.
SHu bilan birga o’zgarmas IP ni kommutatsiya qilinadigan liniyaga ulash ham yuqoridagi
usullardan biri hisoblanadi. Bunda abonent yolg’iz o’zi foydalanadigan ta’minotchi
kompьyuterining telefon raqami va mos keladigan portiga ega bo’ladi. Ammo, olinajak
ma’lumotlarni uzatish tezligi nuqtai nazaridan bunday ulanishning sifati, qoida bo’yicha past
bo’ladi.
Yakka tartibda ishlaydigan (uy kompьyuterlari ham) kompьyuterlarni Internetga ulash usuli
kommutatsiya qilinadigan liniya bo’yicha vaqtincha (seansli) IP-ulanish hisoblanadi.
Kommutatsion liniya bo’yicha IP-ulanishni (dial-UP IP) yakka kompьyuterlardan ham, ishchi
stantsiyalardan ham Internetga kirish uchun foydalanishni tavsiya qilish mumkin. (Internetga
doimiy ulanib turish talab qilinmasa). Bu usul oddiy telefon liniyasi bo’yicha ta’minotchi serverga
vaqtinchalik ulanishni nazarda tutadi. Foydalanuvchining nomi va parolini kiritish talab qilinadi va
u ketma-ket ro’yxatga olib boriladi. Natijada, foydalanuvchining kompьyuteri Internetga butunlay
ulanib qoladi. Foydalanuvchining kompьyuteri esa modem bilan va Dial-UP IP rejimida ishlash
uchun zarur programmaviy ta’minot bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Foydalanuvchi naqtai
nazaridan Internetda ishlash xuddi o’zgarmas IP-ulanish kabi olib boriladi, lekin amaliy
programmani ishga tushirishda avval telefon aloqa o’rnatiladi, bu esa bir qancha vaqtni talab qiladi,
bundan tashqari, raqam band bo’lishi ham mumkin.
10.
Seansli IP bog’lanish o’z kompьyuterida kerakli amaliy dasturlarni ishga tushirish orqali
Internetning barcha zaxiralariga kirish imkonini yaratadi. Seansli IP bog’lanishda Internetga ulanish
uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak.
202
486 protsessorli yoki undan yuqori IBM PC .
250 MB dan kam bo’lmagan operativ xotira.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi 14.400 bit/s dan past bo’lmagan modem.
Do'stlaringiz bilan baham: |