O’qituvchi Talaba 1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish


Global tarmoqning yuqori darajadagi xizmatlari



Download 12,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/251
Sana05.09.2021
Hajmi12,43 Mb.
#165637
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   251
Bog'liq
'BSAT UMK

 
Global tarmoqning yuqori darajadagi xizmatlari 
 
Global tarmoq foydalanuvchilarga axborot xizmat ko’rsatish uchun yaratilgan. Uning xizmat 
turlari nihoyatda ko’p va xilma xildir. Global tarmoqda uning xizmatlari bo’yicha o’tishning yagona 
xaritasi yoki yo’l ko’rsatkichi yo’q. Mavjud xizmatlarni bilish, shartnoma xizmatlarga murojaat qila 


 
195 
bilish  va  qo’yilgan  masalani  yechish  usullarini  to’g’ri  tanlash  tarmoqda  ishlash  samarasini 
belgilaydi. 
Internet–global tarmoq xizmatlarni quyidagi sinflarga ajratish mumkin: 

  interaktiv xizmatlar; 

  to’g’ri murojaat qilish xizmatlari; 

 
o’qishga mo’ljallangan xizmatlar. 
Keyinchalik  o’qishga  mo’ljallangan  xizmatlar  ko’p  tarqalgan  bo’lib,  ularning  universal  va 
kompьyuter resurslariga hamda aloqa tizimlariga bo’lgan talablari kamroq hisoblanadi. Bu sinfning 
asosiy  belgisi  axborot  olishga  berilgan  talab  bilan  uni  olish  vaqti  orasidagi  tafofvt  katta  bo’lishi 
mumkin. 
To’g’ri murojaat  qilish  xizmatlari  berilgan talab bo’yicha axborot o’sha  vaqtning o’zidayoq 
qaytarilishi bilan harakatlanadi, biroq, bunday xizmat axborot oluvchidan o’sha paytning o’zidayoq 
qaror qabul qilishni talab qilmaydi. Axborot olingandan so’ng tezda qaror qilib, javob berilishi talab 
qilinadigan xizmatlar interaktiv xizmatlar deyiladi. 
Interaktiv  xizmatni  telefon  xizmatiga,  to’g’ri  murojaat  xizmatlarini  faks  va  keyinchalik 
o’qishga mo’ljallangan xizmatlarni xat orqali aloqaga o’xshatish mumkin. 
Global tarmoqning xizmatlariga asosan quyidagilar: 

  axborot uzatish tarmoq tizimlari (FTP, Gopher); 

  axborot qidirish tizimlari (Yahoo, hycos, Alta – Vista, Ramler va h.k.). 

  kommunikatsion xizmat, telekonferentsiyalar (E – mail, Telnet, UseNet va boshqalar); 

  mulьtimedia va axborot tizimlar (World Wide Web); 

  TRC xizmati yoki Chat – konferentsiya. 
File  Transfer  Protocol–FTP–fayllarni  uzatish  protokoliga  asoslangan  axborot  xizmati 
Internetda  birinchi  yaratilgan  tizimlardan  hisoblanadi.  Bu  xizmat  kompьyuterdagi  FTP–dasturidan 
foydalanilgan  holda  masofadagi  kompьyuterlarga  ulanib,  kirish  mumkin  bo’lgan  fayllar  ro’yxati 
bilan  tanishadi  hamda  ulardan  o’z  kompьyuterlariga  nusxa  ko’chiradi.  FTR  tarmoq  bo’yicha 
istalgan shakldagi  fayllarni  yuborish mumkin.  FTP  “mijoz  - server” arxitekturali tizimlarga misol 
bo’la  oladi.  Bunday  tizimlarda  bir  kompьyuterda  “mijoz”  deb  nom  oluvchi  maxsus  dasturdan 
foydalaniladi.  Foydalanuvchi  ish  dastur  yordamida  masofadagi  server  deb  nom  olgan 
kompьyuterdagi boshqa dastur bilan bog’lanadi. 
Gopher  ham  Internetning  axborot  tizimi  hisoblanadi.  Uning  afzalligi  shundaki,  u 
foydalanuvchi  ulangan  Gopher  –  serverdagi  menyuga  kirib,  tanlangan  punkti  (bandi)  bo’yicha 
Internetning boshqa Gopher – serverlariga yuborish mumkin. 
Masalan,  “A”  mashinadagi  Gopher  serverdan  “V”  mashinadagi  Gopher  –  serverga  ishorat  
bo’lishi mumkin. U holda birinchi server menyusida tanlangan Gopherning “mijoz” qismi ikkinchi 
server manziliga o’tkaziladi. Foydalanuvchi uchun bu vazifa go’yoki u “A” “mijoz” Gopherni ishga 
tushirib, “V” server Gopheri bilan ulangandek bo’ladi. 
Ish jarayonida Gopher “mijozning” boshqa serverlar bilan ulana olish imkoniyati faqat bitta 
serverdagi  fayllarni  ko’rish  va  boshqa  kompьyuterdagi  serverlar  bilan  yengil  bog’lanish 
imkoniyatini beradi. 
Umumiy holda ba’zi serverlar “boshqalariga murojaat qilish” tizim menyusini o’rnatish yo’li 
bilan  barcha  Gopher  serverlari  bilan  o’zaro  ulanishlari  mumkin.  Serverlarning  bunday  tarmog’i 
Gopher–makon deb aytiladi. 
Global  tarmoqda  ma’lumotlarni  topishning  qulay  usullari  mavjud.  Bu  vazifani  qidirish 
tizimlari  bajaradi.  Bu  qidirish  tizimlari  ma’lumotlar  katalogiga  va  maxsus  qidirish  tizimiga  ega. 
Ular yordamida ma’lumotni tezda topish mumkin. Quyida ommabop qidirish tizimlari keltirilgan: 

Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish