Rivojlantiruvchi: Og’zaki nutqini o’stirish, fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Ifodali o’qish, guruhda ishlash.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish; Kun yangiligi
d) ingliz tili daqiqasi ; boldness- jasorat
O’qituvchi mavzuni e’lon qiladi.Shu vaqt sinfga “Bilag’on” “Bilmasvoy” ning qo’lidan tortib kirib keladi.”Bilag’on” toza kiyingan.”Bilmasvoy” tartibsiz kiyingan, qo’lida yirtilgan, ezilgan kitob. Bilag’onning qo’lidan chiqmoqchi bo’lib shovqin soladi.O’qituvchi : Nima gap tinchlikmi? Sizlar kimsizlar?
Bilag’on : Men Bilag’onman.
Bilmasvoy: Men Bilmasvoyman
O’qituvchi: Nima uchun urushyapsizlar?
Bilmasvoy: Men maktabga bormoqchi emasman.Mana bu esa meni sudrab olib kelayapti.
Bilag’on: Axir maktab bilim maskani . Bilmasvoyning o’zlashtirishi juda past.Yana dars qoldirsa, o’qishni o’rgana olmay qoladi-ku.
O’qituvchi: Juda to’g’ri, o’quvchi hech qachon sababsiz dars qoldirmaskligi kerak. Maktab bu - oftob demakdir. Xuddi shu bo’limda biz maktab haqida sher o’rgangan edik. Kelinglar shu she’rni yodga olamiz.
O’quvchilar “Maktab-oftob qo’shig’i”ni ashula qilib jo’r bo’lib kuylashadi.
Bilag’on: Bu she’r bilan biz ham o’qish darsida tanishganmiz.To’g’rimi,Bilmasvoy?
Bilmasvoy: Men bu she’rni o’qimaganman, chunki kitobimning shu varag’I yirtilib, tushib qolgan.
O’qituvchi: Kitob haqidagi suhbatni boshlashdan avval quyidagi testlarning to’g’ri javoblarini topishga harakan qilinglar-chi.
1.Eng sevgan joy qayer ekan?
a) maktab, oftob. b) bog’cha, ko’cha.
2. “Maktab-oftob qo’shig’i”ning muallifi kim?
a) Zafar Diyor. b) Q.Muhammadiy.
“Kitob mening do’stimsan” she’rini bir o’quvchi yoddan aytib beradi.
Kitob, bilim haqida topishmoq aytish o’yini o’tkaziladi. O’yinda“Bilag’on” “Bilmasvoy” ham qatnashadi. Bilmasvoy topishmoqqa noto’g’ri javoblar aytadi.
O’qituvchi: Kitob o’quvchilarning chuqur bilim egallashlariga yordam beradi. 2.Testlar yechish.
1.Yusuf Xos Hojib bilimni nimaga o’xshatgan?
a) Qorong’I tundagi mash’aladan taralayotgan nurga.
b)Yangilik yaratish uchun, kitob o’qishga.
2. Bilim nima beradi?
a)hech nima b) sharaf-shon.
3.Inson nima tufayli ofatlardan omon qoladi?
a) o’z bilimi tufayli b) obro’si tufayli
Bilmasvoy: Endi men ham kitobni asrab-avaylayman. Bugunoq borib, barcha kitoblarimni ta’mirlayman.
O’qituvchi: Kitob bizga bilim olishga, aqlimizni charxlashga…yordam beradi.Darslikdagi boshqotirma va rebusni yechish.2-boshqotirmaga o’quvchilardiqqatini qaratish. Bolalar mana bu bolaga maktabga borishga yordam bersangiz yana bir hikmatli gapni bilib olasiz.“Ilmli xor bo’lmas” gapi kelib chiqadi.
Hozirgi davrda bilim egallash uchun yana nima yordam berishi mumkin?
Bilag’on: Kompyuter.
O’qutuvchi: -Bunda bizning davrimizning mo’jizasi bo’lgan kompyuterlar yordam beradi.”Kompyuter” matni esga olinadi.
O’quvchilardan biri kompyuter haqida so’zlab beradi.
O’qituvchi: Oralaringizdan kim kompyuterni ko’rgan? Unda o’yin o’ynagan bo’lishi mumkin.
Bilag’on: Men kompyuterda turli o’yinlar o’ynaganman. Ammo kompyuterni yanada yaxshiroq o’rganish uchun “Yosh kompyuterchilar” to’garagiga a’zo bo’laman.
Bilmasvoy: Bilag’on, jon o’rtoqjon, meni ham shu to’garakka olib borgin.
Bilag’on: Albatta olib boraman. Axir sen ham a’lochi o’quvchilar safiga qo’shilsang, men faqat xursand bo’laman.
“Kim ko’p biladi” didaktik o’yinini o’tkazish.
-Kim kitob haqida maqol, hikmatli so’zlarni biladi?
Eng ko’p aytgan o’quvchi g’olib sanaladi.
O’qituvchi: Kitobni ko’p o’qigan o’quvchilar har qanday yaxshi niyatlariga yetadilar. O’quvchilardan biri Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat “ she’rini aytib beradi.
“Toshbaqa va quyon “ matni asosida ham testlar yechiladi.
III Y angi mavzu bayoni :
Yangi mavzu o`qituvchi o`quvchilarga tushuntiradi. Ko`rgazmali qurollar, slayddan foydalanadi va o`quvchilarga havoda yozish mashqi o`tkaziladi. Yozuv daftari bilan ishlash.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Boshqotirma katakchalarni to‘g‘ri to‘ldirsangiz, ilm manbayiga oid so‘z kelib chiqadi:
O’quvchilar topqirligini rivojlantirish maqsadida topishmoqlar topish.
Rebus Rebusni yechsangiz, kitob haqi dagi hikmatli gap kelib chiqadi:
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash..
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: O’qib o’rganish.
O`IBDO`:__________________________________
2020-2021 o`quv yili uchun
1- sinf o’qish fanidan dars ishlanmani asl holida sotib olish uchun
murojaat qiling
Biz bilan bog`lanish:
Telegram kanalimiz
@ Pedagog,
https://t.me/joinchat/AAAAAFMzVTrE88sw9b9RsA
Admin @Dilmurod_jon
T el
+998973354449
To'lov FAQAT klik yoki payme orqali OLDINDAN
Clik orqali to'g'ri kartaga tushirish
*880*8600050469771838*summa# terasiz va chaqiruvni bosasiz
Payme uchun karta raqam:
8600050469771838 (Uzcard)
Humo kartalari egalari uchun
9860030365169801(Humo)
Karta egasi: Raximov Dilmurod
To'lovdan keyin to'lovingizni ANIQ VAQTIni xabar berib qo'yishni unutmang!
(Masalan 12.52da 35ming so'm tashladim)
DIQQAT! Hujjatlar sizga faqat o'zingiz foydalanashingiz uchun beriladi. Iltimos tarqatmang!
Do'stlaringiz bilan baham: |