„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020


GLOBALLASHUV: TILLAR TARAQQIYOTI VA TANAZZULI



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/111
Sana21.07.2021
Hajmi5,29 Mb.
#125078
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111
Bog'liq
ona tili 10 uzb

GLOBALLASHUV: TILLAR TARAQQIYOTI VA TANAZZULI

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  o‘tgan  asrda  rasman  2976  tilni  qayd 

etgan  bo‘lsa-da,  sohaning  yetakchi  mutaxassislari  hozirgi  paytda  jami  

6809 ta  til  mavjud  ekanligini  ta’kidlashmoqda.  2005-yilda  tuzilgan 

YUNESKO  ro‘yxati  6912  tilni  qamrab  oladi. 

Dunyodagi  eng  katta  tillar  olinadigan  bo‘lsa,  statistik  ma’lumotlarga 

ko‘ra,  200  tilning  har  birida  1  milliondan  ortiq,  70  tilning  har  birida  

5  milliondan  ortiq,  faqat  13  tilning  har  birida  50  mlndan  ortiq  kishi 

muloqot  qiladi. 

Til  moddiy,  ma’naviy  merosni  saqlash  va  boyitishning  eng  kuchli 

vositasi  hisoblanadi.  YUNESKO  hisob-kitobiga  ko‘ra,  mavjud  7  mingga 

yaqin  tilning  yarmi  joriy  asrda  o‘zining  oxirgi  sohiblaridan  ajralishi 

mumkin.  Ba’zi  farazlarga  ko‘ra,  asr  oxiriga  kelib  mavjud  tillarning 

95  foizi  o‘lik  tilga  aylanadi.  Har  oyda  dunyo  miqyosida  ikkitadan  til 

o‘layotganligi  –  dahshatli  hodisa!

6 – Ona tili, 10-sinf

http://eduportal.uz



82

YUNESKOning    2017-yil  15-iyundagi  xabariga  ko‘ra,  o‘lim  yoqasida 

turgan  2,5  ming  tildan  15  tasi  Markaziy  Osiyo  xalqlariga  to‘g‘ri 

keladi.  Jumladan,  Markaziy  Osiyo  arablari  tili,  Buxoro-Samarqand 

yahudiylari  tili,  Markaziy  Osiyo  lo‘lilari  (paryo)  tili  O‘zbekiston 

hududidagi  o‘layotgan  tillardir.  O‘lik  tilga  aylanayotgan  tillarni  saqlab 

qolish  insoniyat  oldidagi  o‘tkir  muammolardan.  Shuning  uchun  1999-yil 

17-noyabrda  YUNESKO  Bosh  Anjumani  21-fevralni  Xalqaro  ona  tili  kuni   

(Международный  день  родного  языка,  International  mother  languare 

day)  sifatida  e’lon  qilib,  2000-yilning  fevralidan  boshlab  bu  sana  har  yili 

lisoniy,  madaniy  taraqqiyot  va  ko‘p  tillilikni  ta’minlashga  ko‘mak  berish 

maqsadida  nishonlab  kelinadi.

Til  nega  o‘ladi?  Chunki  odamlar  undan  foydalanmay  qo‘yishadi,  keng 

qo‘llanishdagi  va  „obro‘li“  tillarga  ustuvorlik  berilishi  natijasida  bolalar 

bu  tilda  ta’lim  olmaydi. 

Tillar  ham  odamlarga  o‘xshaydi:  yonma-yon  yashaydi,  bir-biriga  ta’sir 

qiladi,  o‘zgaradi  –  rivojlanadi.  Ammo  taraqqiyot  tezlashishi  natijasida 

dunyoning  yagona  axborot  makoniga  aylanib  borishi  tillar  taqdirida 

ham  katta  rol  o‘ynaydi.  Masalan,  o‘tgan  ming  yillikda  dunyo  tillarining  

500 tasi  o‘lik  tilga  aylangan  bo‘lsa,  oxirgi  yuz  yillikda  esa  1000  ta  til 

tarix  qa’riga  singib  ketdi.

Yuqorida  aytilganidek,  tillar  xavfsizligi  alifbo-imlo,  ko‘p  sonli 

so‘zlashuvchilarga egalik, davlat tili maqomi va axborot-kommunikatsiyalari 

sohalari,  Internet  tili  ekanligi  omillari  bilan  ta’minlanadi.  Bular  tillar 

yashovchanligi  uchun  yaxlit  mezondir.  Albatta,  bizning  ona  (o‘zbek) 

tilimizning  ham  o‘z  alifbo  va  imlosiga,  davlat  tili  maqomiga  egaligi, 

30  milliondan  ortiq  so‘zlashuvchisi  borligi  kishini  xushnud  qiladi.  Biroq 

achchiq  bo‘lsa-da,  ta’kidlash  kerakki,  uning  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari,  Internet  tili  darajasiga  ko‘tarilmayotganligi  va,  ayniqsa, 

bu  borada  hech  qanday  na  nazariy,  na  amaliy  va  na  tashkiliy  ishlar 

olib  borilmayotganligi  uning  ham  mazkur  xavfdan  butkul  xoli  emasligini 

ko‘rsatadi.



Baxtiyor Mengliyev

filologiya  fanlari  doktori,  professor 


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish