O’qituvchi: Mirzayeva sh tasdiqlayman O’ibdo’ Fizika 6-sinf



Download 100,36 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2022
Hajmi100,36 Kb.
#448690
1   2
Bog'liq
viloyat ochiq dars

Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi:matematika, chizmachilik fanlari bilan aloqadorligi
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Namoyish-tajriba jihozlari
3. Proeksion apparat, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar:
-massa markazi;
-tayanch yuza;
-turg'un va turg'unmas,farqsiz muvozanat
Darsning blok-chizmasi



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 minut

2

O’tilgan mavzuni so’rash

15 minut

3

Yangi mavzu bayoni

12 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 minut

5

O’quvchilarni baholash

3 minut

6

Uyga vazifa

2 minut

 
Darsning borishi:
1.Darsning tashkiliy qismi
1.O’quvchilar bilan salomlashish.
2.Ular bilan tanishib olish.
3.Yo’qlama qilish
4.O’quvchilarni darsga tayyorlash
2.O’tilgan mavzuni so’rash:O’tilgan mavzuni so’rash uchun “klaster” metodidan foydalaniladi. Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
O’tgan mavzu II-bob takrorlash bo’lgani uchun klaster markazidagi aylanaga II-bob nomini kiritamiz.Atrofidagi kichik aylanachalarga esa bobning asosiy tayanch tushunchalari kiritiladi.Bu tayanch tushunchalarga ta’rifni o’quvchilar berib boradi va bu orqali ular baholanadi.Agar o’quvchilar ta’rif bera olmasa yoki noto’g’ri ta’rif berilsa o’qituvchi orqali to’g’rilanadi va bu bob to’laqonli ravishda takrorlanadi
3.Yangi mavzu bayoni O’tilgan mavzu sorab bo’lingach, jismlarning massa markazi ma'nosini ochadigan tajriba-namoyishlar o'tkaziladi. Shundan so'ng jismlarning massa markazi tushuntiriladi.
Kartondan qirqilgan varaq olib uning ixtiyoriy nuqtasidan igna yordamida ip o'tkazaylik. Ipning ikki uchini shtativlarga bog'laylik. Uni o'z o'qi atrofida biroz burib qo'yib yuborilsa, yana dastlabki holatiga qaytadi. Endi varaqning o'rtasidan ip o'tkazib yana shtativga bog'laylik. Bu holda varaqni qancha aylantirib qo'ymaylik, qo'yilgan holatida o'zgarishsiz qolganligini ko'ramiz. Shu holatda topilgan nuqtaga jismning massa markazi deyiladi.

Jismning bu nuqtasida xuddi barcha massa to'plangandek bo'ladi.


Shunga o'xshash tajribalar yordamida aniqlanishicha, turli geometrik shaklga ega bo'lgan jismlarning massa markazlari quyidagicha bo'lar ekan:
Bir jinsli jismlarning (masalan, shar, sfera, doira va shu kabilarning) massa markazlari ularning geometrik markazlari bilan ustma-ust tushadi.



Agar jismlar ixtiyoriy yassi shaklga ega bo'lsa, uning massa markazini ikki nuqtasidan osish usuli bilan aniqlash mumkin. Bunda massa markazi, A va B nuqtalardan o'tgan vertikal chiziqlar kesishgan nuqtada bo'ladi.

Jism massa markazidan o'tgan o'qqa osib qo’yilsa u muvozanatda uzoq muddat davomida qoladi. Agar jism muvozanatda bo'lsa, unga ta'sir qilayotgan barcha kuchlarning yig'indisi nolga teng bo’ladi.
Jism muvozanat holatidan chеtga chiqarilganda uni dastlabki vaziyatiga qaytaruvchi kuch hosil bo`ladigan muvozanatga turg`un muvozanat deyiladi(1-shakl).
Jism muvozanat holatidan chetga chiqarilganda uni muvozanat holatidan yanada ko'proq uzoqlashtiradigan kuch hosil bo'ladigan muvozanatga turg’unmas muvozanat deyiladi (2-shakl).
Jism muvozanat holatidan chetga chiqarilganda uning holatini o'zgartiradigan hech qanday kuch hosil bo'lmasa, farqsiz muvozanat deyiladi (3-shakl).
Shunday tajriba o'tkazaylik. Fizika darsligini olib, uning tagiga chizg'ichni qo'yaylik. Chizg'ichni bir uchidan sekin ko'tara boshlaylik. Shunda chizg'ich stol bilan ma'lum bir burchak hosil qilganda kitob ag'darilib tushadi. Demak, jismning muvozanatda bo'lishi tayanch holatiga ham bog'liq ekan.
Tayanch yuzasiga ega bo'lgan jismning og’irlik markazidan o'tkazilgan vertikal chiziq tayanch yuzasidan chiqib ketsa, jism ag'dariladi.
Demak, tayanch yuzasi qancha katta bo'lsa, muvozanat shunchalik barqaror bo'ladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun ”Meni tushun” metodidan foydalaniladi.Bunda o’quvchilarga rasmlar ko’rsatiladi.O’quvchilar esa bu rasm orqali fizikadagi qaysi vaziyat yashiringanini topishlari kerak.
5.O’quvchilarni baholash:Dars jarayonida faol qtnashgan o’quvchilar faolligiga qarab baholanadi.
6.Uyga vazifa:Uyga vazifa sifatida darslikdagi mavzuni o’qib kelish.Muvozanat turlariga hayotiy misollar topib kelish
Download 100,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish