O'qituvchi kasbining pedagogik va psixologik xususiyatlari



Download 68,5 Kb.
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi68,5 Kb.
#85282
  1   2   3   4   5
Bog'liq
file 1


O'qituvchi kasbining pedagogik va psixologik xususiyatlari
O'qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tiborga loyiq e'zozlab kelingan kasbdir.

«O'qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini toia va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli

nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi iozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi.

Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino fikricha, «O'qituvchi matonatli, sof vijdonii, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidaiarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim».

Nosiriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tanbiyalash to'g'risida»
asarida shunday deydi: «O'qituvchi munozaralarini olib borishda
isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandalik, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».

Yusuf Xos Hojib Qoshg'ariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davoiashni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo'lsalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo'ladilar».

Jomiy bola dunyoqarashirung kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlami mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.

Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy ham o'qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila, aylamak bo'lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan.

Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimmatli fikrlari hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Shuningdek, ta'hm jarayonida o'qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fiKrlar atroflicha bayon qilingan.

O'qituvchining o'rni va uning vazifalari o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o'qituvchilar


o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga solish, bolalar jamoasida vjtimoi> ,p»»g&0k mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.

O'qituvchi pedagogik jamoa a'zosi sifatida pedagogik faoiiyatni uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o'qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o'qituvchi o'quvchilaming ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ruzalar o'qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ'ibotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko'pligi uchun ham jamiyatning o'qituvchilar oldiga qo'yadigan talablari xilma-xildir.

Ma'lumki pedagogik faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.

Jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablardan eng muhimi o'qituvchi shaxsi va uning kasbi bilan bog'liq xislatlarga qaratilgan.



O'qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir:

- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;

- oliyjanobligi, aql-farosati, ma'naviy рок va ma'rifat bo'yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo'yicha bolalarga singdirib berishi;

- o'zini qo'lga ola bilishi, sabr-toqatli, imX- atligidir.
Jamiyatning o'qituvchilik kasbiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagichadir:


  • shaxsni ma'naviy-ma'rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o'z vatani, tabiatiga va oilasiga bo'lgan muhabbati;

  • keng bilim saviyasiga ega bo'lish, barcha sohalarga doir bilimlar bilan qurollanishi;

  • yosh pedagogik psixologik, ijtimoiy psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;

- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;

Ko'pchilik psixologlar shu bilan birga o'zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda zamonaviy o'qituvchilar uchun zarur xislatlami aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rus psixologlaridan N.V. Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin o'zbek psixologlaridan RZ.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, AJabborov, M.Qoplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o'qituvcbilik kasbining turli jihatlarini atroflicha keng batafsil ko'rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bevosita o'qituvchi shaxsiga taalluqli bo'lgan professiogrammaga asosiy e'tibor qaratilgan. Professiogramma - ma'lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o'rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydaianishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko'rsatib berilgan hujjat. Professiogramma psixologik jihatidan ishlab chiqarilgan faoliyatni tavsifnomasining kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo'lgan barcha tomonlarini o'z ichiga olishi kerak.

M.G.Davletshin rahbarligida psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o'zbek tili va adabiyoti, o'zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o'qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo'yicha o'qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.

Har bir mutaxassislik bo'yicha o'qituvchining ixtisoslashgan tavsifnomasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi, Jumladan, maktabning o'qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlar borgan sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda o'qituvchining quyidagi xislatlarini ko'rsatib o'tish lozim:


Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish