O’qitish metodikasi Ishning maqsadi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana06.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#533011
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-laboratoriya mashg’uloti Mavzu khk larda Shaxsiy kompyuterlar

Motivlash
(
frans
. qo‘zg‘atish) organizm faolligini uyg‘otuvchi va uning 
yo‘nalishini belgilovchi turtki, motivlovchi omillarning nisbati mustaqil 3 sinfga 
farqlanadi. Faollik manbai bo‘lib, ehtiyoj va instinktlar hisoblanadi”
4
.
Motiv
– grekcha so‘z bo‘lib “
movere
” – siljitish, harakatga keltirish
ehtiyojga yo‘naltirish ma'nosini beradi
5
.
Motiv - kishining ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan 
kishining ichki faoliyat mazmuni
6
.
Q.Turg‘unovning “Ruscha-o‘zbekcha psixologiya terminlarining izohli 
lug‘ati”da motiv (lat. 
moveo 
- harakatlantiraman) odamni muayyan xatti-
harakatlarga undaydigan bosh sabab sifatida ko‘rsatiladi. Motiv alohida 
harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita mos keladi. Ko‘pincha 
murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni 
amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi deb ta'rif 
beriladi. 
Motivatsiya – motivlashtirish: shaxsning nima uchun ma'lum vaqtda boshqa 
fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilinganligini 
asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya
7
.
Motivlar shaxs faolligini, uning faoliyatini boshqarib turuvchi, tartibga 
soluvchi muhim omil sifatida qadimdan olimlarimizni qiziqtirib kelgan. Buyuk 
mutafakkirlarimizning asarlarida ham inson va uning ruhiyati, kechinmalari, 
maqsadli faoliyatlari yuzasidan qarashlari bayon etilgan. 
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va 
o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot 
texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon 
beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo 
bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini 
amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot 
4
M.H. Saidov va boshqalar. Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug’ati. 238-239 betlar.
5
J. Yo‘ldoshev, F. Yo‘ldosheva, G.Yo‘ldosheva. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008 y. 114 b.
6
N. N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006 y. 153 b.
7
Q. Turg’unov. Ruscha-o’zbekcha psixologiya terminlarining izohli lug’ati. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti, 1975-yil, 
94 b.


qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. 
Kompyuter va axborot texnolo
giyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli 
vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon 
(salohiyatli) bo‘lishi kerak. 
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-Toporkova va 
boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar 
bilan baholaydilar: 
1)
zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik; 
2)
shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish; 
3)
umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi; 
4)
axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy 
tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo
‘lishi; 
5)
o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi; 
6)
axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni 
o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish. 
Pedagog-olim V. K. 
Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli 
texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni 
kiritadi: 

informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish; 

kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish; 

zamonaviy operatsion tizimlarni bilish; 

umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion 
vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda 
ular
ning vazifalarini o‘zlashtirish; 

hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik; 

dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi bosh
lang‘ich 
tasavvurlarining bo‘lishi; 

utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan 
foydalanishning boshlang‘ich tajribasi. 
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan 
rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli 
ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar 
o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham 
qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini 
o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning 
texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning 
imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. 
O‘qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — 
avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron 
darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi 
kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test 
topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga 
informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid 
ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologik-pedagogik asos yetakchi o‘rin 
tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin 
egallaydi. Yangi axborot texnol
ogiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta 
ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot 
texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib 
esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. 
Kompyuter vositalari o‘quv-
tarbiya jarayonining turli bosqichlarida: 

o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida; 



kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv 
materiali
ni o‘zlashtirishda; 

o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va 
mustahkamlashda; 

o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-o‘zini 
nazorat qilish bosqichida; 

o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni 
takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar 
kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin. 
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan 
o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda o‘qitishni 
individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o‘qishdagi mustaqil 
faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. Maktab pedagogik jarayonida kompyuter 
o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti 
xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. 
Selefko). Kompyuter o‘qituvchi sifatida — o‘qituvchini 
va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini bosadigan o‘quv axboroti manbai; multimediya va 
telekomunikatsiya imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita; 
individual va axborot muhiti; trenajyor; o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning 
vositasi vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter 
— matnlarni tayyorlash va 
ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash 
mashinasi vazifalarini bajaradi. O‘qitish obyekti sifatidagi xizmatini kompyuter-
dasturlashtirish; dasturli mahsulotlarni tayyo
rlash; har turli axborot muhitlarini qo‘llash 
moboynida bajaradi. Hamkorlik qiluvchi jamoa 
— keng auditoriya bilan muloqot qilish, 
Internetda bog‘lanish orqali vujudga keltiriladi. Bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti o‘yin dasturlari, 
tarmoq bo‘yicha kompyuterli o‘yinlar, kompyuterli video yordamida tashkil qilinadi. Axborot 
muhiti zamonaviy darajadagi axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion o‘qitish, 
elektron kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi. Hozirgi kunda kompyuter o‘qitishning 
qudrat
li vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng ishi, V. K. Selefko 
ta’kidlaganidek, quyidagilardan iborat: 
1. 
a)
butun sinf o‘quv predmeti darajasida o‘quv jarayonini tashkillashtirish (o‘quv 
jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat); 
2. 
b)
sinf ichida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish, ish 
o‘rinlarini joylashtirish, yo‘riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni boshqarish 
kabilar; 
3. 
v)
o‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, bolalar bilan 
individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual o‘qitishning ko‘rish 
va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal variantiga erishiladi; 
4. 
g)
axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma’lum bir o‘quv fani 
mazmuni bilan 
bog‘liqligidan iborat. 
Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o‘tkazish yaxshi 
samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, 
o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular 
har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o‘quvchilarga 
o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular 
savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq 
anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga 
keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi, 
birgalashib, 
hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o‘quvchi 
darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir — birini o‘qitadi. 
Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining 
va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter 


o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga 
interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan 
ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi 
axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, 
formulalar ovoz jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib
o‘qituvchining izohlari bilan beriladi. 
Xulosa qilib aytganda, multimediaviy texnologiya asosidagi interfaol darslar tayyorgarlik 
darajasi har xil bo‘lgan bolalarning dars materialini yaxshi o‘zlashtirilishiga, olgan bilimlarini 
yanada kengaytirishga bo‘lgan istaklarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi. 
- Zamonaviy kompyuter uchun eng muhim atrof-muhit qurilmasi. Printer bo'lmasa, 
kompyuterdagi ish joyingiz to'liq bo'lmaydi. Shuning uchun printerlar odatda ofislarda ham, 
oddiy uy kompyuterlarida ham xuddi shunday tarzda topiladi. 
Foydalanuvchilar ulamolar bilan ta'minlangan asosiy muammolardan biri o'rnatish 
qiyinlishuvi. Ehtimol, bu printer printerni sichqoncha yoki klaviatura sifatida saqlamasligi 
mumkin. Ushbu maqolada, printerni kompyuter yoki noutbukda qanday o'rnatishni 
muhokama qilamiz. 
Ulanish Umumiy Tasavvur 
Yaxshiyamki, printerning ko'pchiligi printerni printerdan ishlab chiqaruvchilardan onlayn 
ravishda va maxsus disk mavjud bo'lsa 
dasturiy ta'minot
siz printerni ishga tushirishingiz 
kerak, kerakli fayllarni olish uchun optik diskni boshqa kompyuter bilan almashishingiz 
mumkin. 
Ko'p printer drayveri operatsion sistemangiz bilan birga keladi va printerni avtomatik 
ravishda ulab, uni avtomatik ravishda o'rnatadi. Agar haydovchi yo'q bo'lsa, uni 
kompyuteringiz uchun yangilanib yuklab olishingiz mumkin. Yangilash tugagandan so'ng, u 
o'rnatilishi kerakmi yoki yo'qligini ko'rish uchun kompyuterni printerga ulang. To'g'ri 
haydovchilarni topish uchun siz printer modelingizni kiritishingiz kerak bo'ladi. Haydovchi 


faylini tushirgandan so'ng, uni kompyuteringizdan boshqaring va ekrandagi ko'rsatmalarga 
rioya qiling. 
Kompyuterga printerni o'rnatish jarayoni uch bosqichga bo'linadi: 

Printerni quvvat manbaiga ulash; 

Printerni kompyuterga ulang; 

Drayvni o'rnatish; 
Printerni o'rnatish uchun sizga hech qanday muammo tug'dirmasligi uchun, ushbu 
bosqichlarning uchtasini iloji boricha batafsilroq ko'rib chiqamiz. 
Odatda ulamo uskunalarini ulaganda printerni ulashingiz kerak emas, lekin eng yaxshi 
natijalar uchun printer ishlab chiqaruvchining ko'rsatmalariga amal qiling. Chalg'ichni 
printerni o'rnatmoqchi bo'lgan kompyuterga ulang va ishga tushiring o'rnatish fayli. Printerni 
o'rnatayotgan kompyuter uchun to'g'ri haydovchi fayllarini yuklab qo'yganingizga ishonch 
hosil qiling. Faylni yuklab olayotgan kompyuterda emas. 
Almashish funktsiyasini o'rnatganingizda, printerni yuklash diskini kompyuterning umumiy 
diskida joylashtiring va printerni o'rnatmoqchi bo'lgan kompyuterdan diskdan foydalaning. 
Sizning xizmatingizning raqamlari ushbu holatda avtomatik ravishda ko'rsatilmasligi sababli, 
drayv yoki dasturiy ta'minot avtomatik ravishda ko'rsatilmaydi, tanlash uchun ochiladigan 
menyudan foydalaning kerakli dastur  kategoriya ostida, keyin esa to'liq ro'yxatni olmaslik 
uchun tanlang. 

Sizning xizmat raqamingizni kiriting. 

Eslatma: mahsulotlarni ko'rish. 

Printerlarni bosing yoki bosing. 

Mono-lazer printerlari yoki rangli lazer printerlarini bosing yoki tanlang. 
E'tibor bering. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish