Bog'liq Raqamli multimedia axb nashr qilish 11 texn
O„rnatishga tayyorgarlik. Bu holda «toza» qattiqdiskka o‗rnatish kompyuterni yuklovchi
kompakt-diskdan yuklash bilan boshlanadi (masalan, Windows XPning distributiv kompakt-diski
yuklovchi hisoblanadi).
Distributiv kompakt-diskda mavjud bo‗lgan Setup dasturi o‗rnatishni boshlash uchun xizmat
qiladi. Agar yuklanish kompakt-diskdan bajarilsa, bu dastur avtomatik yuklanishi mumkin. Xuddi
shunday holat Windowsning oldingi versiyalaridan birini yangilashda bo‗ladi: CD-ROM
jamlagichiga kompakt-diskning qo‗yilishi bilan o‗rnatish dasturi avtomatik ishga tushirish vositasi
yordamida yuklanadi.
Agar avtomatik yuklash vositasi o‗chirilgan yoki ishlatish mumkin bo‗lmasa, o‗rnatish dasturini
distributiv kompakt-diskning o‗zak katalogidan topish va mustaqil ravishda ishga tushirish kerak.
Operatsion tizimni qattiq diskdan o‗rnatish Ko‗p foydalanuvchilar operatsion tizimni o‗rnatishning o‗ziga xos usullarini afzal ko‗radilar.
Ular dastlab distributiv kompakt-diskning tarkibidagi barcha ma‘lumotlarni qattiq diskga nusxa
ko‗chiradilar.
So‗ngra ular o‗rnatishni kompakt diskdan emas, balki qattiq diskka ko‗chirilgan nusxadan
bajaradilar. O‗rnatishning bunday usuli muhim xususiyatlarga ega.
Nusxa olish jarayonida axborot tashuvchining o‗qish xususiyati avtomatik tarzda tekshiriladi.
Agar ma‘lumotlar qattiq diskka muvaffaqiyatli ko‗chirilgan bo‗lsa, ularning keyingi o‗qilishiga
ishonch hosil qilish mumkin. Agar ba‘zi bir sabablarga ko‗ra distributiv axborot tashuvchi barqaror
ishlab chiqarilmasa, bu holat juda muhimdir.
Qattiq diskdan o‗rnatish CD-ROM jamlagichdan o‗rnatishga nisbatan ancha tez bo‗ladi. Agar
keyinchalik distributiv kompakt-diskdan o‗rnatishga zaruriyat tug‗ilsa, har doim qattiq diskdagi
nusxasidan foydalanish mumkin bo‗ladi. Bu drayverlarni o‗rnatish, operatsion tizimning
komponentlarini qo‗shish yoki olib tashlash, muhim bo‗lgan sozlash kalitlarini almashtirish
jarayonini osonlashtiradi.
Agar tizimning dastlabki yuklanishi tizimli yumshoq diskdan bajarilgan bo‗lsa, operatsion tizim
o‗rnatilgandan so‗ng CD-ROM jamlagichining harfli belgilanishi o‗zgaradi. Shuning uchun
distributiv kompakt-diskka keyingi murojaat qilinganda har doim manbaning qaerda joylashganiga
aniqlik kiritish kerak bo‗ladi. Qattiq diskdan o‗rnatilganda bunday muammolar kelib chiqmaydi.
Windows tizimining oxirgi versiyalarida o‗rnatish dasturining o‗zi o‗rnatilishi kerak bo‗lgan
fayllarning nusxasini qattiq diskka ko‗chiradi.