Periferiya shinalari bilan ishlash
Yuqorida keltirib o‗tilganidek periferiya shinalari kompyuterda ma‘lumot almashmshga xizmat
qiladi. Quyidagi rasmda ona plata va asosiy shinalar raz‘yom(ulanadigan joy)lari tasvirlangan.
Rasmda ko‗rib turganingizdek zamonaviy kompyuterlarning shinalari turlari ham turlichadir.
Zamonaviy kompyuter shinalariga IDE, SATA, AGP, PCI, USB va tezkor xotira shinalarini
keltirish mumkin.
Hozirgi kunda keng qo‗llanilayotgan IDE interfeysi dastlab qattiq disklar interfeysi sifatida
ishlab chiqarilgan. Biroq bugungi kunda u nafaqat qattiq disklarni balki magnit lentadagi
to‗plagichlar, CD-ROM, DVD lar va Zip diskovodlarda qo‗llanilmoqda.
Yuqoridagi rasmlarda IDE interfeysining kabeli, ya‘ni shleyf va IDE raz‘yomi tasvirlangan.
Shleyf uyachalardan iborat va o‗rtada bitta uya yo‗q, IDE raz‘yomi bo‗lsa tishchalardan iborat
bo‗ladi va o‗rtada bitta tishchasi yo‗q bo‗ladi. Shleyfga bir tomondan IDE raz‘yomi va mkkmnchi
tomondan qattiq disk yoki CD-ROM, DVD lar va Zip diskovodlar ulanishi mumkin.
Biz ona plataga qattiq disk va CD-ROM qurilmasini ulash jarayonini ko‗rib chiqamiz.
Dastlab shleyfni IDE raz‘yomiga ulaymiz ulashda IDE raz‘yomi tishchalariga extiyot bo‗lmoq
lozim.
So‗ngra shleyfni qattiq disk va CD-ROM qurilmasini ulaymiz .
Shuning bilan qattiq disk va CD-ROM ona plataga ulandi. endi kompyuter uchun muhim
qurilmalardan biri bo‗lgan tezkor xotira shinasi bilan tanishamiz.
Tezkor xotira shinasi tezkor xotira uchun maxsus shina hisoblanadi va faqatgina tezkor xotiga
ulanadi. Quyidagi rasmda DDR tezkorkasining shinasi tasvirlangan. Tezkor xotira raz‘yomi ikkita
bo‗lishi xam mumkin. Bu qaysi kompaniya ishlab chiqarganligi va versiyasiga bog‗liq.
Tezkor xotira raz‘yomga solinib sekinlik bilan bosiladi va ikki tomondagi qisgichlar tezkor
xotirani maxkam qimchib qoladi. Tezkor xotira raz‘yomga maxkalanadigan tomoniga axamiyat
bermoq lozim, teskari solishga urinishlik uni yaroqsiz xolatga olib kelishi mumkin. AGP shinasi
zamonaviy kompyuterlarda videokartalar uchun 32 razryadli shina 66 MGs chastotada ishlab,
videoadapterni ulash uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi shina shina AGP shinasi hisoblanadi va videoadapter ulanadi. Quyida bo‗lsa
videoadapter rasmi tasvirlangan.
PSI shinasi. Bu 32 razryadli shina 33 MGs chastotada ishlab, 486 protsessorlar asosida qurilgan
sistemalarda ishlaydi. Sistema platasida razyomlar o‗rnatilib (odatda 4 ta yoki undan ortiq), bu
raz‘yomlarga tarmoq va videodapterlar hamda shu interfeysni qo‗llaydigan boshqa qurilmalar
ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |