Periferiya shinalari bilan ishlash
Yuqorida keltirib o‗tilganidek periferiya shinalari kompyuterda ma‘lumot
almashmshga xizmat qiladi. Quyidagi rasmda ona plata va asosiy shinalar
raz‘yom(ulanadigan joy)lari tasvirlangan.
Rasmda ko‗rib turganingizdek zamonaviy kompyuterlarning shinalari turlari ham
turlichadir. Zamonaviy kompyuter shinalariga IDE, SATA, AGP, PCI, USB va
tezkor xotira shinalarini keltirish mumkin.
Hozirgi kunda keng qo‗llanilayotgan IDE interfeysi dastlab qattiq disklar
interfeysi sifatida ishlab chiqarilgan. Biroq bugungi kunda u nafaqat qattiq disklarni
balki magnit lentadagi to‗plagichlar, CD-ROM, DVD lar va Zip diskovodlarda
qo‗llanilmoqda.
Yuqoridagi rasmlarda IDE interfeysining kabeli, ya‘ni shleyf va IDE raz‘yomi
tasvirlangan. Shleyf uyachalardan iborat va o‗rtada bitta uya yo‗q, IDE raz‘yomi
bo‗lsa tishchalardan iborat bo‗ladi va o‗rtada bitta tishchasi yo‗q bo‗ladi. Shleyfga
bir tomondan IDE raz‘yomi va mkkmnchi tomondan qattiq disk yoki CD-ROM,
DVD lar va Zip diskovodlar ulanishi mumkin.
Biz ona plataga qattiq disk va CD-ROM qurilmasini ulash jarayonini ko‗rib
chiqamiz. Dastlab shleyfni IDE raz‘yomiga ulaymiz ulashda IDE raz‘yomi
tishchalariga extiyot bo‗lmoq lozim.
So‗ngra shleyfni qattiq disk va CD-ROM qurilmasini ulaymiz .
Shuning bilan qattiq disk va CD-ROM ona plataga ulandi. endi kompyuter uchun
muhim qurilmalardan biri bo‗lgan tezkor xotira shinasi bilan tanishamiz.
Tezkor xotira shinasi tezkor xotira uchun maxsus shina hisoblanadi va faqatgina
tezkor xotiga ulanadi. Quyidagi rasmda DDR tezkorkasining shinasi tasvirlangan.
Tezkor xotira raz‘yomi ikkita bo‗lishi xam mumkin. Bu qaysi kompaniya ishlab
chiqarganligi va versiyasiga bog‗liq.
Tezkor xotira raz‘yomga solinib sekinlik bilan bosiladi va ikki tomondagi
qisgichlar tezkor xotirani maxkam qimchib qoladi. Tezkor xotira raz‘yomga
maxkalanadigan tomoniga axamiyat bermoq lozim, teskari solishga urinishlik uni
yaroqsiz xolatga olib kelishi mumkin. AGP shinasi zamonaviy kompyuterlarda
videokartalar uchun 32 razryadli shina 66 MGs chastotada ishlab, videoadapterni
ulash uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi shina shina AGP shinasi hisoblanadi va videoadapter ulanadi. Quyida
bo‗lsa videoadapter rasmi tasvirlangan.
PSI shinasi. Bu 32 razryadli shina 33 MGs chastotada ishlab, 486 protsessorlar
asosida qurilgan sistemalarda ishlaydi. Sistema platasida razyomlar o‗rnatilib
(odatda 4 ta yoki undan ortiq), bu raz‘yomlarga tarmoq va videodapterlar hamda
shu interfeysni qo‗llaydigan boshqa qurilmalar ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |